67
Nigohingiz bemorda bo‘lsin. Suhbat davomida sabab topib,
uni rag‘batlantiring. Keyinchalik bemor davolashida yordam
beradigan ma’lumotlarni olishga harakat qiling.
4. Suhbatni ijobiy kayfiyat bilan boshlang
. Muloqotni
«
O‘zingizni qanday his qilayapsiz?
»
,
«
Sizni ko‘proq nima be-
zovta qilayapti?
»
kabi savollar bilan boshlab, bemorni o‘zini
qanday qis qilayotganini aniqlab oling. Bu orqali bemorning
ruhiy holatiga ham baho berishingiz mumkin. Bemordan olgan
ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmang. Bemorni erkin
gapirishiga yordam bering. O‘zingiz murakkab tibbiy terminlarni
qo‘llamasdan, sodda tilda gapiring. Bemor javoblariga e’tibor
bering. Bemor his-tuyg‘ularini anglab, u haqida ko‘proq ma’-
lumotlarga ega bo‘lasiz.
5. Aniq savollar berishga harakat qiling
. Muloqotni yopiq
savollar bilan boshlab, ochiq savollar berib davom ettiring.
Bemor shikoyatlaridan asosiysini ajratib olishga harakat qiling.
Jumlani takrorlab, uni tushunganingizni ko‘rsating. Tavsiyalar
berganingizdan so‘ng qayta bog‘lanib, tushunganini tekshiring.
6. Natijalarni qayd qiling
. Bemordan olgan hamma ma’lu-
motlarni yozib olishga harakat qilmang. Buning o‘rniga qisqa
sanalarni, vaqtni, asosiy ma’lumotlar yozib, ular asosida
keyinchalik suhbatni to‘liq qayd eting.
Dostları ilə paylaş: