INFEKSION JARAYONIGA TEGISHLI TUSHUNCHALAR
Infeksiya manbayi turli yo‘llar bilan yuqib, kasallikka sabab
bo‘ladi:
1. Kontakt yo‘l
(bevosita, bilvosita, qo‘llardan, buyum-
lardan). Kontakt yo‘l orqali asosan pedikulyoz, gonoreya, zaxm,
jarohat infeksiyasi, ichak infeksiyalari, gepatit A yuqadi.
2. Havo-tomchi
yo‘li.
Meningokokk meningiti, gripp, bo‘g‘-
ma, suvchechak, sil, qizamiq va boshqalar shu yo‘l bilin yuqadi.
3. Transmissiv yo‘l
(qon orqali, bemorning qoni tekkan jihoz-
larni ishlatganda, hasharotlar chaqqanda) OITS, gepatit B, virusli,
gemorragik lixoradkalar va boshqalar shu yo‘l bilan yuqadi.
4. Tirik tashuvchi orqali.
Brutsellyoz, kuydirgi, quturish va
boshqa kasalliklar shu yo‘l bilan yuqadi.
Har doim odamda infeksiya agenti ta’sirida kasallik kelib
chiqavermaydi. Odamning infeksiyaga moyilligi quyidagi fak-
torlarga bog‘liq:
Yoshi
(
bolalar va keksalar ko‘proq moyil).
Immun holatining buzilishi
(leykemiya, immunodep-res-
santlar qabul qilganda, nur bilan davolanganda).
Surunkali kasalliklar
(qandli diabet, rak, o‘pkaning surun-
kali kasalliklari, buyrak
у
etishmovchiligi).
Sifatsiz ovqatlanish.
Davo tashxislari, muolajalari, jarrohlik aralashuvlari.
Teri butunligining buzilishi
(kuyish, yotoq yaralar, jarohat).
Odamning me’yoriy mikroflorasining buzilishi
(antibiotik-
larni betartib qo‘llash).
Atrof-muhitning yomonlashuvi.
Infeksiya yuqish yo‘llari
Infeksiya yuqish yo‘llari
Qaysi kasalliklarda
1.
Kontakt yo‘l.
Bevosita.
Ortirilgan immunitetining tan-
qisligi virusi (OIV – VICH in-
feksiya, pedikulyoz, gonoreya).
Sifilis va jinsiy yo‘l bilan yu-
qadigan infeksiyalar.
Dostları ilə paylaş: |