81
asboblarini, kichik plastmassa buyumlarini yoki jarroh
barmoqlarini dezinfeksiya qilinadi.
Kimyoviy sterilizatsiya
deb,
etilen oksid hamda kuchli
antiseptiklar (0,2% li paraatsetat kislota eritmasi, 6% li vodorod
peroksid eritmasi, 0,1 li tergitsid, 0,5%
li spirtli gibitan, say-
deks, uchlamchi eritma va boshqalar)ni qo‘llashga aytiladi.
Sovuq sterilizatsiyada oqsillar koagulatsiyasi 45
0
C dan 60
0
C
gacha bo‘lgan harorat atrofida bajariladi. Amaliyotda hajmi 2 –
3 litrli portativ gaz sterilizatorlari keng foydalaniladi.
Programmali boshqaruv sterilizatorida 750 – 1000 mg/1
etilen oksididan 55
0
C da foydalaniladi. Bu holda etilen oksidi
uchib ketmaydi. Gazli sterilizator uchun katta xona kerak emas,
faqat xona ventilatsiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Bu usul bilan avtoklavda yoki havo sterilizatorida katetrlar,
jarrohlik qo‘lqoplar, tomir protezlari, endoskoplar, respirator va
sun’iy qon aylanish apparatlari sterilizatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: