O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102
BEMORLAR TAGINI YUVISH 
 
Uzoq muddat o‘rinda yotgan va har haftada gigiyenik vanna 
qabul qila olmaydigan, shuningdek, siydik va axlat tuta olmay-
digan bemorlar tagini kuniga bir necha marta yuvish zarur, 
chunki chov buyrmalari sohasida siydik va axlatni yig‘ilishi teri 
butunligini bichilishiga va yotoq yaralar paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Bemorning tagi kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi 
yoki boshqa zararasizlantiradigan modda bilan yuviladi. Eritma 
30 – 35

C bo‘lishi kerak. Buning uhcun ko‘za, kornsang va 
steril paxta sharchalar ishlatiladi. Aksariyat hollarda ayollar tagi 
yuviladi. Tibbiy-ijtimoiy xodim qo‘llarini yuvib, qo‘lqoplarini 
kiyadi. Dumbalar ostiga sudno qo‘yiladi. Ayollar oyoqlarini 
tizzasini bukib va sonlarini bir oz kerib chalqancha yotishi kerak. 
Iliq zararsizlantiruvchi eritmali ko‘za chap qo‘lda ushlanadi va 
suvni tashqi jinsiy a’zolarga quyib turiladi, kornsangga qisib 
olingan paxta tampon esa jinsiy a’zolardan orqa chiqaruv teshigi 
sohasiga, qovuqqa va tashqi jinsiy a’zolarga infeksiya tushmasligi 
uchun xuddi shu yo‘nalishda artiladi va qo‘lqoplar yechiladi. 
Erkaklar tagini yuvishda bemor chalqancha vaziyatda yo-
tadi, oyoqlari tizzasidan bukilgan, dumbalari tagiga sudno 
qo‘yiladi. Qo‘llariga qo‘lqop kiygan tibbiy ijtimoiy xodim be-
morning chov va oraliq burmalariga suv quyadi. Kornsangga 
qisib olingan paxta bilan oraliq va chov burmalari artiladi, 
shundan so‘ng bichilishni oldini olish uchun vazelin moyi 
surtiladi va qo‘lqoplar yechiladi.
KO‘ZLARNI PARVARISH QILISH 
 
Bemorlar ko‘zini parvarish qilish tibbiy ijtimoiy-xodimdan 
katta e’tibor talab etiladi. Ko‘zda hosil bo‘lgan yiringli ajratma-
lar natijasida bemorning kiprik va qovoqlari yopishib qoladi. Bu 


92 
holda tibbiy-ijtimoiy xodim qo‘llarini yuvib, qo‘lqoplarini 
kiyadi. Steril lotokka antiseptiklar 0,02% li furetsellin yoki 1 – 
2% li Na gidrokorbanat eritmasi solib, steril paxta sharchalarni 
shu eritmada ho‘llab, ko‘zni tashqi burchagidan ichki burchak 
tomonga qaratib, 4 – 5 marta artiladi. Ishlatilgan sharchalar bosh-
qa lotokka tashlanadi. Ikkinchi tomon ham yuqoridagi tartibda 
artiladi. Eritma qoldiqlari quruq paxta sharcha bilan artiladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin