QULOQLAR VA BURUNNI PARVARISH QILISH Yuradigan bemorlar har kuni ertalab quloqlarini mustaqil
yuvadilar, o‘rinda uzoq muddat yotadigan bemorlar qulog‘ini
tibbiy-ijtimoiy xodim (quloq kiri yig‘ilib qolmasligi uchun) vaqti -
vaqti bilan tozalaydi, aks holda eshitish qobiliyati pasayib ketishi
mumkin. Muolajadan oldin bemorga muolaja mohiyatini
tushuntirib uni roziligini oladi. Quloq kiri quyidagicha chiqa-
riladi, qo‘llar yuvilib, qo‘lqoplar kiyiladi. Bemorga yarim o‘tirgan
holat beriladi. Salfetkani sovunli eritmada ho‘llab, quloq supralari
artiladi. Ustidan quruq salfetkada artiladi. Doka trundani pinset
yordamida olib, bir necha tomchi 3% li vodorod peroksid
eritmasida ho‘llab, o‘ng qo‘lda ushlab quloq suprasini yuqoriga
va orqaga tortib tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanib olinadi. Trundani
aylanma harakatlar bilan 1 sm chuqurlikkacha tashqi eshituv
yo‘liga 2 – 3 daqiqaga tiqiladi, so‘ngra yig‘ilib qolgan kir aylan-
ma harakat yordamida chiqariladi. Kir ko‘p yig‘ilib qolganda
quloqni katta shprits (sig‘imi 150 ml gacha bo‘lgan Jane shprits)
yoki rezina nokcha bilan shprinsovka qilinadi. Yorug‘lik manbayi
quloqni yaxshi yoritib turishi uchun bemorni ro‘paraga boshini
yon tomonga qiyshaytirib o‘tkazib qo‘yadi. Bemorning qo‘liga
lotok berilib va uni bo‘yniga, quloq suprasi ostiga bosib turadi.
Tibbiy-ijtimoiy xodim chap qo‘li bilan quloq suprasini orqaga va
yuqoriga tortib turadi, eritma oqimida uning yuqori orqa devor
bo‘ylab bosim bilan yo‘naltiriladi.
Agar bemor burun yo‘llarini o‘zi tozalay olmasa, tibbiy-ijti-
moiy xodim tozalab qo‘yishi lozim, buning uchun - tibbiy-ijti-
moiy xodim qo‘llarini tozalab yuvadi. Bemorning boshini orqa-
ga egib, burun yo‘llariga vazelin moyi, glitserin yoki istalgan
moyli eritmaga ho‘llangan paxta pilik kiritiladi va 2 – 3 daqiqa-
dan so‘ng aylanma harakatlar bilan qatqaloqlar chiqariladi. Bu
94
muolaja nihoyatda oddiy, biroq e’tibor va sabr - toqatli bo‘lish-
ni talab etadi.