96
BEMORLAR HOLATINI KUZATISH VA PARVARISH
QILISH. TANA HARORATINI O‘LCHASH
Tana haroratini bir maromda saqlanishi fiziologik jarayon
bo‘lib, termoregulatsiya deb nomlanadi.
Sog‘lom odamlarda harorat kechqurundagiga nismatan, odat-
da ertalab bir necha gradusga past bo‘ladi. Harorat qayerdan
o‘lchanganligiga qarab, ko‘rsatkichlar ham har xil bo‘ladi.
Chunonchi, og‘iz bo‘shlig‘i, qin, to‘g‘ri ichak shilliq qavatining
harorati qo‘ltiq va chov sohalari terisining haroratidan 0,2 –
0,4
0
C
yuqoridir. Katta odamning qo‘ltiq sohasida o‘lchangan
o‘rtacha harorat 36,5 – 37
0
C
ga teng deb qabul qilinsa, bolalar-
da u 0,5 – 1
0
C yuqori (37 – 37,5
0
C)
keksalarda esa pastroq
(35,5–36,5
0
C) bo‘ladi. Biroq haroratning fiziologik o‘zgarishlari
nimalarga bog‘liq bo‘lishidan qat’i nazar, normada 1
0
C dan
oshmasligi kerak.
Tana haroratini o‘lchashda Selsiy bo‘yicha darajalangan
maksimal tibbiy termometrdan foydalaniladi. Tana haroratini
eng to‘g‘ri ko‘rsatadigan joy – to‘g‘ri ichak yoki og‘iz bo‘shlig‘i
97
hisoblanadi. Bundan tashqari, haroratni qo‘ltiq
sohasi va kam
hollarda chov burmasidan o‘lchanadi. Harorat o‘lchanadigan
joylarda yallig‘lanish jarayoni bo‘lmasligi kerak, chunki bunday
joyda harorat baland bo‘ladi. Agar bemor sovuq yoki issiq
ichimlik ichadigan bo‘lsa, tana harorati 15 daqiqadan keyin
o‘lchanadi. Termometrni ishlatishdan
oldin yuqoridan pastga
qarab silkitiladi va ko‘rsatkichi aniqlanadi. Termometrdan qayta
foydalanish uchun belgilangan qoidaga asosan zararsizlantirib,
toza holatda saqlash zarur.
Tana haroratni o‘lchashdan oldin bemorga qulay sharoit
yaratiladi. Muolaja mohiyatini va maqsadini bemorga tushun-
tiriladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida o‘lchanayotganda termometr til ham-
da orqa til osti cho‘ntagiga qo‘yiladi va bemorga og‘zini 2 daqi-
qa davomida yopib, tish bilan termometrga zarar yetkazmasdan
ushlab turish tayinlanadi.
Orqa chiqaruv teshigidan harorat o‘lchanganda
tibbiy-
ijtimoiy xodim qo‘llarini yuvib, qo‘lqoplarini kiyadi. Bemor
oyoqlarini bukkan holda yonboshi bilan yotqiziladi. Termometr
rezervuariga vazelin surtiladi va orqa chiqaruv yo‘liga 2 – 3 sm
kiritiladi. O‘lchash vaqtida dumbalarini qisib turishi kerakligi
tushuntiriladi va 2 daqiqadan so‘ng termometr chiqariladi, so‘ng
qabul qilingan gigiyenik qoidalar asosida tozalanadi. Orqa chi-
qaruv teshigi shikastlanishlarida va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda
to‘g‘ri ichak sohasida o‘lchanmaydi.
Chaqaloqlarda haroratni chov burmasidan o‘lchanadi.
Sohani sochiq yoki salfetka bilan quritib artiladi va termometrni
chov burmasiga qo‘yib, oyoqni chanoq son bo‘g‘imidan bukiladi
Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash usuli eng noaniq hisoblanadi,
chunki u teri haroratini ko‘rsatadi. Qo‘ltiq
sohasida haroratni
o‘chashdan oldin u yerni sochiq yoki salfetka bilan quritib artiladi
va yallig‘lanish jarayonlari bor-yo‘qligi ko‘zdan kechiriladi. Ter-
mometrni simob rezervuari teriga hamma tomondan tegib
turadigan qilib, pastki uchi bilan qo‘ltiq sohasiga qo‘yiladi. Bemor
qo‘lini ko‘kragiga yaqinlashtirib, termometrni qo‘ltig‘ida qisib
turadi. Behush yotganlar, notinch bemorlarni va yosh bolalarning
qo‘lini tibbiy ijtimoiy xodim ushlab turadi.
Uxlab yotganda
haroratni o‘lchash mumkin emas, chunki termometr sirg‘alib
98
tushishi, bemor uni bexosdan bosib olishi, bundan tashqari uning
ko‘rsatkichlari to‘g‘ri chiqmasligi mumkin.
Hozirgi vaqtda harorat quloq nog‘ora pardasida ham aniq-
lanadi. Buning uchun yechiladigan uchlikni termometr voron-
kasiga kiydiriladi va ehtiyotkorlik bilan quloq yo‘liga kiritiladi.
O‘lchash natijasini 1 – 2 soniyadan so‘ng o‘qiladi.
Dostları ilə paylaş: