OG‘IZ BO‘SHLIG‘INI PARVARISH QILISH Kuchsiz bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘iga mikroorganizmlar
yig‘ilib, ular badbo‘y hid hosil qiladi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq pardasining yiringli kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Mana shuning uchun ham og‘ir yotgan bemorning og‘iz
bo‘shlig‘ini parvarish qilish zarur.
Yuradigan bemorlar har kuni ertalab va kechqurun ovqatdan
keyin tishlarini yuvadilar va og‘iz bo‘shlig‘ini kuchsiz (1 stakan
suvga ¼ choy qoshiqda osh tuzi solinadi) namokob yoki kaliy
permanganatning kuchsiz eritmasi bilan chayadilar. Og‘ir
ahvoldagi bemorlar tishlarini o‘zlari yuva olmaydilar, shuning
uchun tibbiy ijtimoiy xodim har gal ovqatdan so‘ng bemorning
og‘zini, tilini, tishlarini parvarish qiladi. Buning uchun 2% li
natriy gidrokorbanat eritmasi yoki kuchsiz kaliy permanganat
eritmasini menzurkaga quyadi va qo‘lqoplarni kiygan holda
bemorni yon tomonga qaratishga yordam beradi, tish protezlari
bo‘lsa yechishga yordam beradi. Oldiga klyonka sochiq yozib,
daxani ostiga lotok beradi. Pinset yordamida paxta sharchani
antiseptik eritmada ho‘llab, tishlarini har birini milkdan boshlab
artib chiqadi, vaqti-vaqti bilan sharchani almashtirib turiladi.
Chap qo‘l bilan steril salfetka yordamida til uchidan ushlab,
tilni og‘iz bo‘shlig‘idan chiqariladi va steril salfetkani shpatelga
o‘rab antiseptik eritmaga botirib, tildagi karashni oladi.
Shundan keyin bemor tanglaylarini, lunjining ichki tomonlarini,
til ostini artib, og‘zini yaxshilab chayishga yordam beriladi.
Ba’zi kasallarda lab quriydi, og‘iz burchaklari yoriladi. Bu
og‘zini ochganda og‘riqqa sabab bo‘ladi. Bemor ahvolini
yaxshilash uchun labiga suvga ho‘llangan doka salfetka bosiladi,
so‘ng lablariga yumshatuvchi moy surtiladi. Og‘zini katta ochish
93
yoriqlarga qo‘l tekkizish va hosil bo‘lgan po‘stloqchalarni shilish
mumkin emas. Tish cho‘tkasidan foydalanish man qilinadi.
Agar bemorda tish protezlari bo‘lsa, kechqurun ularni olib
qo‘yish, sovunlab yuvib, ertalabgacha quruq va toza stakanda
saqlash, ertalab yana yuvib, keyin taqish kerak.