BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI VA O‘RINDAGI HOLATI. BEMORLARNING FAOLLIK TARTIBI Kasalliklarning turi va og‘ir-yengilligiga qarab to‘rt xil faol-
lik tartibi bo‘ladi.
1.
Faol –bemorning harakati chegaralangan.
2.
Yarim yotish – bemor faqat xona ichidagina shifokor
ruxsat bergan harakatlarni bajarishi mumkin.
3.
Yotish – bemor ma’lum sabablarga ko‘ra faqat o‘rinda
yotadi.
4.
Qat’iy yotish – har qanday harakat yotgan holatda ham
chegaralanadi.
Shifokor ushbu tartiblarni tayinlash va bekor qilish mud-
datlarini kasallikning kechishiga qarab belgilaydi.
BEMORNING O‘RINDAGI HOLATI Ko‘pgina kasalliklarda bemorlar holati turlicha ko‘rinishga
ega –
to‘la faol, sust faol, majburiy bo‘ladi. Bemorlar qoniqarli
holatda faol harakatga ega bo‘lib, ular barcha ehtiyojlarni o‘zlari
qondira oladilar (mustaqil ravishda o‘tirib, turib, ovqatlanib,
yuvinib va h.k.). Sust holatdagi bemorlar kam harakat, mustaqil
o‘girilib bosh va qo‘llarini ko‘tara olmaydilar. Ko‘pincha be-
morlar behush holda bo‘ladilar. Ayrim kasalliklarda bemorlar
og‘riq hissini kamaytirish maqsadida majburiy holatni egallay-
dilar, masalan, yo‘talda, nafas qisganda, og‘riqda. Nafas qisgan-
da bemor o‘tirgan holatni egallaydi, bu esa nafas olishni yen-
gillashtiradi.
Bemor holati buyurilgan harakatga har doim ham mos
kelavermaydi. Masalan, miokard infarkti bilan og‘rigan bemor-
lar hatto faol holatda bo‘lsalar ham qat’iy yotish tartibiga rioya
qilishlari lozim. Og‘ir bemorlar uchun qulay sharoit yaratib
berish maqsadida maxsus krovatlardan foydalaniladi.