O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Igna va boshqa o‘tkir buyumlar bilan jarohatlanish



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102
Igna va boshqa o‘tkir buyumlar bilan jarohatlanish:
Ifloslangan (zaralangan) sohani darhol suvda sovunlab 
yuvish, jarohatlangan yuzalar qon bemalol oqib tushishi uchun 
uni oqar suv ostida ushlab turish (bir necha daqiqa yoki qon 
to‘xtaguncha) lozim. 


75 
Oqar suv bo‘lmasa jarohatlangan joyni tozalash uchun 
dezinfeksiyalovchi gel yoki qo‘lni yuvish uchun qo‘llaniladigan 
eritma ishlatiladi.
Jarohatlangan sohani tozalashda kuchli ta’sir qiladigan 
moddalar – spirt, oqartiruvchi suyuqliklar va yod ishlatish 
mumkin emas, chunku bu moddalar zararlangan yuzani 
ta’sirlantirib, jarohatni zo‘rayishiga olib keladi. 
Zararlangan joyni qisish, ishqash va jarohatdagi sanchilishdan 
qolgan qonni so‘rish mumkin emas! 
Qon va boshqa biologik suyiqliklarni zararlanmagan teriga 
tushishi:
– ifloslangan soha darhol yuviladi. Oqar suv bo‘lmaganda 
gel yoki qo‘lni yuvish uchun ishlatiladigan eritma bilan 
tozalanadi; 
– past konsentratsiyali dezenfeksiyalovchi vositalar masalan,
2 – 4 % li xlorgeksidin glyukonat eritmasi qo‘llaniladi. 
Spirt, oqartiruvchi suyuqliklar va yod ishlatish, shuningdek, 
kontaktda bo‘lgan joyni ishqash, tirnash (qashlash) va unga 
bog‘lam qo‘yish mumkin emas! 
Qon va boshqa biologik suyuqliklarni shilliq pardasiga 
tushishi: 
Ko‘zga tushish 
– Ko‘z suv yoki fiziologik eritma bilan tezda yuviladi: 
boshni orqaga tashlagan holatda o‘tirib, hamkasbidan ko‘zga 
ehtoyotlik bilan suv yoki fiziologik eritma quyish so‘raladi, suv 
va eritma qovoqlar ostiga ham kirishi uchun qovoqlar vaqti-
vaqtida ehtiyotlik bilan tortib qo‘yiladi. 
– Ko‘zda kontakt linzalar bo‘lsa u yuvish jarayonida yechib 
olinmaydi, chunki ular himoya to‘siqlarini vazifasini bajaradi. 
Ko‘z yuvilgandan keyin konakt linzalar yechib olinadi va 
odatdagi usulda tozalanadi, shundan so‘ng ular foydalanish 
uchun xavfsiz hisoblanadi. 
Ko‘zni sovun yoki dezinfeksiyalovchi eritmalarda yuvish 
yaramaydi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin