yuqori qovoqni ko'taruvchi muskul;
5 - tepadagi qiyshiq muskul.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'rta qavatlari hajmli (ganglioz) nerv hujayralaridan tuzilgan. Ana shu
hujayralardan chiqqan nerv tolalari (aksonlar) yig'ilib, ko'rish nervini
vujudga keltiradi. Ko'rish nervi to'r pardaning orqa tomonidan tashqari
ga chiqib ketadi. Ko'rish nervining chiqib ketayotgan teshigi bir oz
chuqurroq bo'lib, unga ko'rish nervi so'rg'ichi deyiladi. Buning tashqi
tomonida ko'zning eng o'tkir ko'rish nuqtasi — sariq dog' ko'rinadi.
Sariq dog' diskasi (2 mm) faqat kolbachalardan tuzilgan bo'lib, bu yerdan
uzoqlashgan sari kolbachalar kamayib, o'rnini tayoqchalar qoplaydi. To'r
parda ko'rish qismining old tomonida faqat tayoqchalar bo'ladi. To'r
pardada hammasi bo'lib 110— 115 mln tayoqchalar, 6— 8 mln kolbacha
lar uchraydi. Ko'z soqqasining to'r parda qismi oraliq miyadan rivojlangan.
Ko‘zning nur sindiruvchi apparati
Ko'zning nur sindiruvchi apparati shox parda, ko'z gavhari va shisha-
simon tanadan tuzilgan.
Ko'z gavhari ikki tomonlama qavariq linzaga o'xshab tuzilgan. Gavhar
tiniq va bo'yiga cho'zilgan hujayralardan iborat bo'lib, uning markazida
o'zak qismi mavjud. Gavhami ust tomonidan o'rab turgan tiniq parda
gardishiga to'r pardaning kipriksimon tanasi soqqasidan boshlangan bi
riktiruvchi boylamlar kelib yopishadi. Bu boylamlar ko'z gavharini ushlab
turadi. Bundan tashqari, gavharning orqa tomonida joylashgan shishasimon
tananing old tomonidagi chuqurcha gavharga mos bo'lib, unga tegib
turadi. Gavhami ushlab turgan biriktiruvchi boylamlar ikki qavat joylashgan
bo'lib, ular orasida suyuqlik oqib yuradigan bo'shliq (Petit kanali) bor.
Ko'z gavhari ko'zning uzoq yoki yaqinga qarashiga qarab o'zgarib
turadi. Uzoqqa qaraganda gavhar atrofi yopishgan boylamlar gavhami
chetga tortib yalpaytiradi. Yaqinga qaralganda esa kipriksimon muskullar
qisqarib, kipriksimon boylam bo'shashadi, natijada gavhar yumaloqlashadi,
akkomodatsiya deb shunga aytiladi.
Oldingi kamera shox parda (old tomondan) bilan rangdor parda (orqa
tomondan) oralig'ida joylashgan. Oldingi kamerada tiniq suyuqlik bo'lib,
rangdor parda chetida joylashgan boylamlar orasidagi yoriqlar orqali shox
parda chetida doira bo'lib o'rnashgan Shlemm kanaliga quyiladi.
Orqa kamera rangdor parda bilan ko'z gavhari va kipriksimon tana
orasida joylashgan. Orqa kamera oldingi kameraga ko'z qorachig'i orqali
qo'shiladi. Ko'zning oldingi va orqadagi kameralarida suvsimon tiniq
suyuqlik oqib yuradi.
Shishasimon tana ko'z gavhari bilan to 'r parda oralig'ida joylashgan
tiniq — yumshoq modda bo'lib, yupqa parda bilan o'ralgan. Shishasi
mon tana bilan gavharda qon tomir va nervlar uchramaydi.
Ko'z soqqasining shox pardasi markazida (o'rtasida) ko'zning oldingi
qutbi bo'ladi. Ko'zning orqa qutbi esa shox pardaning orqa qismida
www.ziyouz.com kutubxonasi
(ko'rish nervining chiqish joyidan chetroqda) joylashgan. Oldingi qutb
bilan orqa qutb oralig'i 2 mm bo'lib, ko'z soqqasining o'qi deyiladi.
Ko'z soqqasining aylana o'lchovi uning ekvatori hisoblanadi. Ko'z
soqqasining oldingi qutbi bilan orqa qutbi oralig'idagi masofa ko'z meri-
diani nomi bilan ataladi.
Ko'zning yordamchi apparati
Ko'z soqqasini odam ixtiyori bilan ishlovchi to'rtta to'g'ri va ikkita
qiyshiq muskullar harakatlantirib turadi. Bulaming hammasi (ostki qiyshiq
muskuldan boshqa) ko'z kosasidagi ko'rish teshigi atrofidan boshlanib,
ko'z soqqasining turli tomonlariga kelib yopishadi. Ostki qiyshiq muskul
ko'z kosasining ostki devoridan boshlanadi (207-rasmga qarang).
Funksiyasi: ko'zning qiyshiq muskullari ko'z soqqasining o'qi atrofi
da aylanadi. T o 'g 'ri muskullar esa ko'z soqqasini pastga, yuqoriga, tash
qariga va ichkariga tortadi. Bundan tashqari, tepa qovoqni ko'taruvchi
muskul ham bo'ladi. Bu muskul qisqarib, tepa qovoqni ko'tarib turadi.
Ko'z qovoqlari va konyunktiva
K o'z qovoqlari bir juft (ustki va pastki qovoqlar) bo'lib, teri
burmalaridan tashkil topgan. Qovoqlar yumilganda ko'z tamomila yopi-
ladi. Qovoqlarning ustki yuzasi yupqa teri bilan qoplangan, ko'zning
ichiga qaragan yuzasi (shilliq qavat) konyunktiva deb ataladi. Unda bez
larning mayda chiqarish teshiklari joylashgan. Qovoqlarning erkin
chekkasida kipriklar o'mashgan. Ustki va pastki qovoqlar tashqi va ich
tomonda burchaklar hosil qilib o'zaro qo'shiladi. Ichki burchakda ko'z
yoshi yo'li va bo'rtib turgan ko'z eti ko'rinadi. Qovoqlar asosida tog'ay
plastinkasi bo'ladi. Ustki qovoq tepasida qosh joylashgan bo'lib, ko'zni
har xil chang zarrachalari tushishidan saqlab turadi.
Ko‘z yoshi apparati
Ko'z yoshi apparati (208-rasm) ko'z yoshi bezi va ko'z yoshi yo'lla
ridan tashkil topgan.
Ko'z yoshi bezi ko'z kosasining tashqi devori tepa qismidagi ko'z
yoshi bezi chuqurchasida joylashgan. Bez oralig'idan o'tgan tepa qovoq
ni ko'taruvchi muskul payi uni ikki (ko'z kosasi va qovoq) qismga ajratib
turadi. Ko'z yoshi bezi ajratgan suyuqlik ko'z yoshi yo'li orqa tepa
qovoqning
konyunktiva qismiga ochilib, ko'z soqqasining oldingi va
shox pardasini yuvib, ko'z qovoqlarining ichkari burchagidagi ko'lchaga
to'planadi. Ko'z yoshi suyuqligi ko'lchadan ko'z yoshi yo'llari orqali
ko'z yoshi xaltasiga quyiladi. Xaltadan esa ko'z yoshi-burun yo'li orqali
burun bo'shlig'iga tarqaladi. Burun bo'shlig'ida ko'z yoshi nafas bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
kirgan havoni chang va har
xil zarrachalardan tozalaydi
va bo'shliqni namlaydi.
Ko'z yoshi yo'li (kana
li) tepa va pastki qovoqda
bittadan bo'lib, ko'z yoshi
kurtagidan boshlanadi.
Bu kanallar ko'z yoshini
xaltachaga uzatib beradi.
Ko'z yoshi xaltasi ko'z ko
sasi ichki devorining pastki
burchagidagi chuqurchada
joylashgan. Uning ustki qis
miga k o'z yoshi yo'llari
ochilsa, pastki qismi torayib,
bevosita ko'z yoshi-burun
yo'liga o'tib ketadi.
Ko'z yoshi-burun yo'li
shu noml i suyak kanali
ichida joylashib, burun bo'shlig'iga (pastki chig'anoq ostiga) ochiladi.
Ko'zga chang zarrachalari tushganda yoki odam haddan tashqari
hayajonlanganda ko'z yoshi bezining faoliyati kuchayib, suyuqlik ko'p
ajraladi. Bunday holatda ko'z yoshi yo'liga sig'maydi, ortiqchasi esa
pastki qovoq qirrasidan chiqib, yuz uzra pastga qarab oqa boshlaydi.
Ko'z fiziologiyasi. Ko'z o'rtacha 400—700 mkm uzunlikdagi yorug'lik
to'lqinini normal qabul qiladi. Ammo ultrabinafsha (qisqa to'lqinli), inf-
raqizil (o'ta uzun to'lqinli) nurlarni ko'z seza olmaydi. Yorug'lik to'lqini
to'r pardaga borgandan so'ng tasvir paydo bo'ladi. Yorug'lik avvalo
shox pardaning oldingi kamerasidan ko'z qorachig'i orqali ko'z gavhariga
boradi. Undan shishasimon tana orqali o'tadi. Ko'zga tushgan nurlar
shox parda va shishasimon tanada reduksiyalanib (sinib), hajmi kichik-
lashib, so'ngra to'r pardaga boradi. To'r pardada nurlar bir nuqtaga
yig'iladi (fokuslanadi). Shundan keyingina ko'zga tushgan narsalar teskari
(oyog'i osmondan bo'lib) aniq va ravshan ko'rinadi. T o'r pardada paydo
bo'lgan tasvir teskari bo'lishidan qat’i nazar (boshqa sezish a’zolarining
ta’siri orqali), odam tasvirlarni to'g'ri ko'radi. Ko'z ikki nuqtani aniq va
alohida ko'rsa, ko'rish o'tkirligi deb ataladi (211-rasm).
Ko'zning normal ko'rishini tasvirlarni bir minut davomida aniq va
ravshan ko'rish bilan ifodalanadi. Agar ko'rish muddati bir minutdan
kam bo'lsa, unda ko'z xiralanib, tasvirlar aniq ko'rinmaydi (209, 210-
rasmlar).
Odam uzoqdan qaraganda ko'zga tushgan nurlar to'r pardaning kolba-
chalarini qatorasiga birdan ko'rsatsa, unda ko'zga tushgan tasvirlaming
www.ziyouz.com kutubxonasi
har birini aniq ko'ra olmaydi. Ak
sincha, tasvirlar yaqindan ko'zga
tushsa, to'r pardadagi kolbachalar
oralanib tasvirlanishi natijasida
odam har bir tasvirni aniq (ayrim
nuqtalarini ham) ko'rish qobiliya
tiga ega bo'ladi.
Odamning ko'rish o'tkirligi to'r
pardaning sariq dog' markazida
joylashgan kolbachalar yig'indisiga
bog'liq bo'lib, nuqtadan uzoqlash-
gan sari kolbachalar tayoqchalar
bilan aralashib joylashadi. Natija
da ko'rish o'tkirligi nutqadan (mar
kazdan) periferiyaga qarab kamay
ib boradi, ya’ni tasvirlarni asta-
sekin noaniq ko'ra boshlaydi.
Ko'rish o'tkirligi maxsus jad-
vallar orqali aniqlanadi.
Akkomodatsiya. Har xil ma-
sofada turgan tasvirlarni aniq va
ravshan ko'rish ko'zni moslash
orqali bo'ladi. Bunda shox parda
ning sindiruvchi kuchi doimiy
qoladi, gavhar egriligi esa o'zga
rib (fotokameraga o'xshash) fokus-
lanadi-da, tasvirni aniq ko'radi.
Buni ko'zning moslashishi — akkomodatsiya deb ataladi. Yaqindagi
tasvirlarni ko'rganda ko'z gavhari dumaloq bo'ladi, nurni sindiruvchi
kuchi esa kattalashadi.
Keksalarda ko'z gavhari qattiqlashib, moslashish qobiliyati ancha
pasayadi. Natijada odam yaqindan aniq ko'rolmaydi. Shuning uchun
ko'zoynak taqish yo'li bilan yaqindan ko'rish tiklanadi.
Ba’zida ko'z soqqasi cho'zinchoq yoki kalta bo'lib rivojlansa, narsa
larning tasvir fokusi to 'r pardaga yetmasdan undan oldinroqda yoki
orqaroqda to'planadi. Natijada tasvirlarni odam aniq ko'rolmaydi. Bunda
maxsus ko'zoynak yordamida normal holga keltiriladi. Ba’zida shox parda
yoki ko'z gavhari egri (qiyshiq) bo'lib, bunda tasvirlar noto'g'ri (astig-
matizm) ko'rinadi. Bunday anomaliyani ham maxsus ko'zoynak taqish
orqali tuzatsa bo'ladi (211-rasm).
Ko'zning moslashishi — odam yorug'dan qorong'u uyga yoki aksin
cha, qorong'ilikdan yorug'likka chiqqanda avvaliga ko'z qamashib, hech
narsa ko'rinmaydi. Keyinchalik asta-sekin ko'z sharoitga moslashib, atrof
209-rasm. Ko'zda tasvir paydo bo'lish
sxemasi.
a, b
- buyum, «а»,
«Ь» -
buyumning to'r
pardaga teskari holatda tushgan tasviri;
s -
nurlar sinmasdan boradigan asosiy nuqta;
a - k o ' r is h burchagi.
-
,
210-rasm. Ko'zning turlicha ko'rish
sxemasi.
I
- uzoqdan ko'ruvchi ko'zda nurlarning
sinishi; 2 - normal ko'ruvchi ko'zda nurlar
ning sinishi;
3
- yaqindan ko'ruvchi ko'zda
nurlarning sinishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'rina boshlaydi. Buni moslashish deb
ataladi. Yorug'likka moslashish 2—3
minutda sodir bo'lsa, qorong'ulikka
mo s l a s h i s h 15— 20, b a ’zida 30
minutgacha davom etadi. T o'r pardada
joylashgan kolbachalar orqali odam tur
li (qizil, yashil, binafsha) ranglarni
ko'rish va ularni bir-biridan ajratish
qobiliyatiga ega. Ba’zida ranglarni aj-
rata olmaslik (daltonizm) holati ham
bo'ladi. Tasvirlarni bir ko'z bilan qabul
qilishdan ko'ra ikki ko'z bilan qabul
qilish afzal. Bunda masofa, ranglarning
tiniqligi, tasvirlarning bir-biridan farqi
to'la-to'kis aniqlanadi. Buni binokular
ko'rish deb ataladi.
Nazorat uchun savollar
1. Qaysi a’zolar sezgi a’zolari hisoblanadi?
2. Sezgi a’zolarining vazifalari.
3. Teri jarohallarini tushuntiring.
4. Sovuq urish nima?
5. Eshitish va muvozanatni saqlash a'zolarining tuzilishi va uning qismlari.
6
. Tashqi quloqning tuzilishi va uning ahamiyati.
7. O'rta quloqning tuzilishi, vazifasi.
8
. Yevstaxiy nayining tuzilishi va ahamiyati.
9. O'rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalari.
10. Ichki quloqning tuzilishi, uning qismlari va joylashgan o'm i.
11. Suyak labirintning qismlari.
12. Parda labirintning tuzilishi va qismlari.
13. Endolimfa va perilimfalar labirintning qaysi qismlarida joylashgan, ulaming
vazifasi.
14. Ko'rish a’zosi qaysi qismlardan tashkil topgan va ulaming tuzilishi.
15. Ko'z gavhari.
16. Shishasimon tananing tuzilishi va ahamiyati.
17. Ko'z soqqasining muskullari.
18. Ko'z yoshi bezlari, tuzilishi, ahamiyati.
19. Ko'zning fiziologiyasi.
211-rasm. Ko'rish maydonini Forst-
ner perimetri yordamida aniqlash.
www.ziyouz.com kutubxonasi
A h m e d o v N.
K . ,
S h o m i r z a y e v
N.H. Normal va topografik anatomiya. Т., 1991.
A h m e d o v N. K. Odam anatomiyasi. Т.,
1991.
X
u d о у b e rd i у e v R . E . , A h m e d o v
N . K . Odam anatomiyasi. Т., 1994.
A h m e d o v N. K. Normal va patologik
anatomiya bilan fiziologiya. Т., 1997.
A h m e d o v
N.
K.
A tla s,
O dam
anatomiyasi. 1, 2-jild. 1996. 1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi
N orm al anatom iya va norm al fiz io lo g iy a f a n la r i............................... 5
A natom iyani o'rganish u su lla r i..........................................................7
N orm al anatom iya va normal fiz io lo g iy a fanlarining
qisqacha tarixi...................................................................... 8
Irsiyat haqida tu sh u n ch a ..................................................................... 13
O dam gav d a sin in g t u z ilis h i....................................................................... 15
Hujayraning t u z i li s h i............................................................................15
T o 'q im a la r ................................................................................................. 17
E m brionning r iv o jla n ish i.................................................................... 27
A ’zolar va ular s is t e m a s i.................................................................... 31
O dam g a v d a sin in g qism lari, o 'lc h o v la r i, y o sh g a va jin sg a
oid m a s a la la r ...................................................................................................... 3 2
G avda qom ati (k o n s tit u ts iy a s i)....................................................... 35
Harakat a ’zolari s is te m a s i............................................................................. 39
Suyaklar haqida ta’l i m o t .................................................................... 3 9
S u yak larn in g r iv o j la n is h i...................................................................4 2
Suyaklarning o'za ro b ir la sh ish i....................................................... 4 4
Tana s k e l e t i ...............................................................................................4 6
U m u rtq a la r................................................................................................. 4 6
Q o v u r g 'a la r ................................................................................................ 5 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tana su yak larin in g birlashishi.
Umurtqalar orasid agi b irla sh m a la r........................................................... 5 0
Q o v u rg'alarn in g umurtqalar va to 'sh su yagi bilan
q o ' s h i l i s h i .................................................................................................. 52
K o'krak q a f a s i ..........................................................................................5 2
Q o 'l-o y o q s u y a k la r i.............................................................................. 53
Q o 'ln in g erkin b o 'lim id a g i s u y a k la r ............................................5 4
Q o 'l suyaklari va yelk a kamari suyaklarining
b ir l a s h i s h i.................................................................................................. 57
O yoq s k e l e t i ............................................................................................. 5 9
O yoq suyaklarining b ir la s h is h i....................................................... 63
B o ld ir suyaklarining b ir la sh ish i...................................................... 6 7
B o sh s k e le t i.............................................................................................. 7 0
K alla suyaklarining birlashishi ....................................................... 8 0
Butun k a lla ................................................................................................ 8 0
Kalla suyaklari o n to g en ezi ......................................................................... 8 6
C haqaloq kallasi .....................................................................................8 6
M uskullar haqida ta’lim o t ........................................................................... 8 9
U m u m iy m a ’lu m o tla r ........................................................................... 8 9
T ana m u sk u lla ri.......................................................................................9 2
B o sh m u s k u lla r i................................................................................... 105
T o'q im alarn in g q o 'z g 'a lu v c h a n lig i to 'g 'r isid a qisqacha
lu a 'lu in o t............................................................................................................ I 23
M uskullar fiz io lo g iy a s i..................................................................... 125
O dam g a v d a sin in g statikasi va d in a m ik a si...................................... 127
Ichki a ’zolar haqida ta’l i m o t .................................................................. 130
Ichki a ’zolarn in g rivojlanishi haqida qisqacha
m a’lu m o t ............................................................................................................ 131
O vqat hazm q ilish a ’zolari to 'g 'risid a m a’lu m o t........................... 132
www.ziyouz.com kutubxonasi
T is h la r ....................................................................................................... 134
T i l ................................................................................................................ 136
S o 'la k b e z la r i.................................................................................................. 137
O g 'iz b o 's h lig 'i f i z io l o g iy a s i.................................................................. 138
H a lq u m ...................................................................................................... 139
Q i z i l o ' n g a c h .......................................................................................... 141
M e ’d a ........................................................................................................ 142
Ingichka ic h a k .......................................................................................145
Y o 'g 'o n ichak .......................................................................................147
M e ’da osti b e z i .................................................................................... 150
J ig a r ............................................................................................................ 152
O 't p u f a g i................................................................................................ 153
Q orin p a rd a ............................................................................................. 154
N afas a'zolari s is t e m a s i............................................................................... 158
Burun b o ' s h l i g ' i ................................................................................... 158
H iq ild o q ....................................................................................................159
H iqildoq b o 's h l i g 'i .............................................................................. 161
K ek ird ak ....................................................................................................162
B r o n x la r .................................................................................................... 163
O 'p k a ..........................................................................................................163
P le v r a .........................................................................................................165
N afas a’zolari fiz io lo g iy a s i..............................................................166
S iyd ik va tanosil a ’zolari s is te m a s i...................................................... 170
S iyd ik a ’z o la r i....................................................................................... 170
Dostları ilə paylaş: |