Korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishni boshqarish tizimi, marketing faoliyatini tashkil etish, marketing axborotlar tizimi va bozorni o‘rganish, bozorni segmentlash, marketing faoliyatida tovar siyosati, tovar harakati va tijorat, korxona va tashkilotlarning narx siyosati, marketing tizimida reklama va eksport marketingi, shuningdek korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Bozor iqtisodiyot talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini hosil qilish.
Agrobiznesda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun yangi bilimlarni egallash va ularni amaliyotda qo‘llash,
Agrobiznesda tashkiliy va ishlab chiqarish tizimlarini ilmiy asoslash, boshqaruv qonunlari va tamoyillarini, funktsiyalarini, agrobiznesni boshqarish usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etishni yangi metodlarini joriy etish yo‘llarini yoritish.