6-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi o’tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash; (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi-ettinchi xat boshilar tegishincha to’rtinchi-sakkizinchi xat boshilar deb hisoblansin
auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish;
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo’jalik yurituvchi sub’ektga professional xizmatlar ko’rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno; (O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo’lib kirish. (O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
Auditorlik tashkiloti Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |