O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o
7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin hamda u:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi o’tkazilishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha Qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan Qonun hujjatlarining normalari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya etishi;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarining hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalariga doir auditorlik xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida mavjud bo’lishini hamda ularning Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saQlanishini ta’minlashi; (O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o’tishlarini ta’minlashi; (O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so’roviga ko’ra axborot taqdim etishi; (O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuniga muvofiq ettinchi xat boshi o’ninchi xat boshi deb hisoblansin
xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar etkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur xollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig’ilishi chaqirilishini talab qilishi shart.
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.