O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi r. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziev, A. A. Karimov audit



Yüklə 411,95 Kb.
səhifə39/121
tarix16.12.2022
ölçüsü411,95 Kb.
#75652
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o

Takrorlash uchun savollar:



  1. Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini qanday o’rganish mumkin?

  2. Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

  3. Hisob tsiklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  4. Korxona hisob siyosatini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

  5. Ichki nazorat tizimini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

  6. Nazorat muhiti deganda nimalarni tushunasiz?

  7. Nazorat amallari deganda nimalarni tushunasiz?



8-BOB. AUDITORLIK DALILLAR


  1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari

Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.


Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:

  • schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:

  • tahliliy amallar:

  • ichki nazorat vositalarini tekshirish;

Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko’rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.

Yüklə 411,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin