O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o
22-modda. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to’xtatib turilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmaganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay etkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda etkaziladi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatga, sud esa o’n ish kunidan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risida Qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud ko’rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to’g’risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal Qilishini tiklash to’g’risida o’n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish va tiklash to’g’risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga etkazilgan zarar miqdorida javobgar bo’ladi. (O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni tahriridagi modda matni), (Oldingi tahririga qarang)