O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o
23-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishiquyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risida ariza bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
auditorlik tashkilotining faoliyati u qayta tashkil etilishi natijasida tugatilganda, uning o’zgartirilishi bundan mustasno;
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo’pol ravishda buzganda;
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to’g’risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi, oltinchi va ettinchi xat boshilarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay etkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda etkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o’n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo’q qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi. (O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni tahriridagi modda matni), (Oldingi tahririga qarang)