6. www.gubkin.uz O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS TEXNIKUM PROFESSIONAL TA’LIMNING 5.51.02.02- Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari bo‘yicha
Elektr tarmoqlari va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ishlatish va ta’mirlash fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
Elektrenergetik
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.09
Ajratilgan soat:
144
Toshkent – 2020 O‘quv dasturi Buxoro neft va gaz sanoati kolleji Ilmiy-pedagogik Kengashining 2020 yil 28 sentyabrdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan va kollejning 2020 yil 29 sentyabrdagi 122-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
Imomova Z.B
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
S.G‘.Siddiqova
R.B. Jalilov
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini
Buxoro muhandislik texnologiya instituti
“Energetika” kafedra mudiri, texnika fanlar doktori, dotsent
A.M.Nasullaev Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
Elektr ta’minoti sexi uchastka
boshlig‘i
O‘quvchi – talabalarni elektr tarmoq va jihozlarini montaj qilishda qurilish meyorlari va qoidalari bilan tanishtirish, montaj qilishni industrallashtirish va mexanizatsiyalash, montaj qilish uslublari bilan tanishtirish. Elektr jixoz va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatishda “Elektr uskunalarini ishlatish” qoidasi bilan tanishtirish hamda elektr tarmoq va jihozlarini ta’mirlash turlari bilan tanishtirish
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-Qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qiladi;
- Texnik ishlatish qoidalariga rioya qiladi;
- YOng‘indan xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi;
- Montaj qilishda ishlatiladigan buyum va materiallardan to‘gri foydalana oladi;
- Elektr o‘tkazgichlarning markalari, ishlatilish sohalari va o‘rnatilish shartlarini mustaqil bajara oladi;
- Asosiy elektroizolyasion materiallar va ularning xarakteristikalarini tasniflay oladi;
- O‘rnatish va mustahkamlovchi buyumlarni tasniflay oladi;
- YOritqich va yoritish qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni ayta bera oladi;
- Atrof muhit sharoitiga nisbatan yoritqichlarni tanlay oladi;
- YOritish elektr jixozlarining sxemalari va tarqatish qurilmalarining turlarini ajrata oladi;
- Elektr o‘tkazish liniyalirining trassalarini belgilashda meyoriy o‘lchamlarini belgilay oladi;
- YOritish elektr jixozlarining elektr o‘tkazgichlarini montaj qila oladi;
- Elektr jixozlarining haroratini nazorat qilish usullarini aniqlay oladi;
- Elektr tizim, tarmoqlar va elektr ta’minoti manbalari haqida umumiy ma’lumotlarni biladi.
Bilimlar
-Elektr montaj ishlarini tashkil qilish, industrlashtirish va mexanizatsiyalash
-Elektrotexnik materiallar, montaj qilishda, o‘rnatishda va mahkamlashda ishlatiladigan buyumlar
-YOritish elektr qurilmalarini montaj qilish
-Kabel liniyalarini montaj qilish
-Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan havo liniyalarini montaj qilish
-Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan kuch elektr jihozlarini montaj qilish
-Podstansiyalarining elektr jihozlarini montaj qilish
-Zaminlash qurilmalarini montaj qilish
-Elektr stansiyani ishlatishning iqtisodli tashkillashtirish haqida tushuncha
-Elektr jihozlarining qizishi va uni nazorat qilish
-Elektr jihozlarining izolyasiyasini profilaktik sinovdan o‘tkazish
-Generatorlarni ishlatish va unga texnik qarov
-Kuch transformatorlarini ishlatish va unga texnik xizmat ko‘rsatish
-Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgantaqsimlash qurilmalarini ishlatish
-Elektr mashinalarini ishlatish
-Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan XEU liniyalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish
-Elektr o‘tkazuvchi kabel liniyalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
-Elektr jihozlarni ta’mirlashni tashkil etish va rejalash
-Transformatorlarni ta’mirlash
-Kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalarini ta’mirlash.
-Elektr mashinalari va boshqarish apparatlarini ta’mirlash
-Elektr uzatishning havo liniyalarini ta’mirlash
-Kabel liniyalarini ta’mirlash
Ko‘nikmalar
-O‘tkazgich va kabellarning alyumin va mis tolalarini bir-biriga ulash va tarmoqlash;
-Kabellarni transheyalarda, bloklarda, tayanch konstruksiyalarda o‘rnatish;
-Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr jixozlarini montaj qilish;
-Nimstansiyalarning elektr jixozlarini montaj qilish;
-Zaminlash qurilmalarini montaj qilish;
-Elektr jihozlarining yuklamasi va qiziganligini nazorat qilish;
-Elektr mashina va transformatorlarning chulg‘amlari izolyasiyasini quritish;
-Elektr mashinalarining kollektor va plastinkalari shchetlariga texnik xizmat ko‘rsatish;
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan havo elektr o‘tkazish liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
-Kabel liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
-Elektr mashinasiga texnik qarov o‘tkazish
-Elektr mashinasini joriy ta’mirlash;
-Elektr mashinasining kollektorini ta’mirlash;
-Elektr mashinasi stator va rotorlarining po‘lat o‘zaklarini ta’mirlash;
-Elektr mashinasining chulg‘amlarini ta’mirlash;
-Elektr mashinasining yakerini ta’mirlash;
-Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo‘lgan tarqatish qurilmalarining elektr jixozlariga texnik xizmat ko‘rsatish.
-Transformatorning moy sathini ko‘rsatuvchi qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash;
-Transformatorning chulg‘am izolyasiyasini ta’mirlash;
-Transformator moyini sinovdan o‘tkazish.