I. Faning mazmuni “Umumiy psixologiya” fani bo‘yicha tuzilgan dastur talabalarning psixologiya sohasi bo‘yicha mutaxassis sifatida shakllanishi uchun zarur bo‘lgan tasavvurlar, bilimlar va ko‘nikmalarga mo‘ljallab tuzilgan.
Umumiy psixologiya fani psixologiya yo‘nalishlarida asosiy vazifalaridan birini egallaydi. U boshqa fanlarni o‘qitishda asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu kursning asosiy vazifasi talabalarda umum psixologik bilimlarni shakllantirish. Bu fanning o‘quv dasturi oltita bo‘limdan iborat: “Psixologiyaga evolyutsion kirish”, “Shaxs psixologiyasi”, “Ichki regulyatsiya”, “Sezgi va idrok psixologiyasi”, “Diqqat xotira psixologiyasi”, “Tafakkur va nutq psixologiyasi”ga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtiradi.