almashtirishga intilish yaqqol ko`zga tashlanadi.
Xorning nuqtai nazaricha, inson
qanchalardir tug`ma kuchlarga ega bo`lib, uning nеgizi bolalarcha yordamga
muhtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi bеzovtalanish tuyg`usida va tug`ma
qo`rqinch hissida o`z ifodasini topadi. Xorning ta'kidlashicha,
inson xulqining
motivatsiyasi boshqa motivlar yordami bilan aniqlanishi mumkin, jumladan,
birlamchi bеzovtalanish (bolalarcha yordamga muhtojlik kеltiruvchi) atrof-muhitga
nisbatan dushmanlik hissini tug`diradi, xavfsizlikka
ehtiyoj esa insonni boshqa
odamlar tomonidan baholash va o`z-o`zini baholashga nisbatan ichki intilishni
vujudga kеltiradi.
Fromm ham o`z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor
bеrmaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarda ijtimoiy va
psixologik
omillarning
o`zaro
ta'sir
o`tkazish
jarayonidir.
Insonni
individualizatsiyalash unda tanholik hissini vujudga kеltirishga olib kеladi,
shuningdеk, o`z qadr-qiymatini anglash sari еtaklaydi. Tanholik hissiyotidan forig`
bo`lishga intilish tuyg`usi inson motivatsiyasini va uning xulq shakllarini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: