O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


ob’yektiga yo’naltirilganligiga aytiladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

ob’yektiga yo’naltirilganligiga aytiladi. Yo’naltirilganlik shaxsning extiyojlariga
qiziqishlariga, faoliyat maqsadlariga bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Boshqa psixik jarayonlar kabi diqqat ham o’zining nerv fiziologik asoslariga 
ega. Mashhur rus fiziologi I.P.Pavlov diqqatning fiziologik asosini yangi voqea
hodisalarni aks ettirish jarayonida bosh miya yarim sharlarida yuzaga keladigan «Bu 
nimaq» refleksi tashkil etadi degan taxminni ilgari surdi. Shuningdek, 


yo’naltirilganlik sub’yektning extiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga 
mos keladigan ob’yektlarning tanlanganligida, ixtiyoriy va ixtiyorsiz tanlashda
ajratishda namoyon bo’ladi. Diqqat-e’tiborning bir xil ob’yektlarda to’planganligi 
(konsentrasiyalanishi) ayni paytda barcha begona narsalardan chalg’ishni, boshqa 
ob’yektlarning vaqtincha inkor etilishini taqozo qiladi. Shu tufayli in’ikos 
aniq-ravshan bo’la boradi, tasavvurlar va o’y-fikrlar faoliyat tugallanmagunga qadar
undan ko’zlangan maqsadga erishilmaguncha ongda saqlanib qoladi. Shu yo’sinda 
faoliyatning nazorat qilib va boshqarilib borilishi ta’minlanadi. 
Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bo’lishi 
mumkin. Shu sabbali diqqatni biror narsaga qaratish ob’yektiga (idrok etiladigan 
buyum, xotira, tafakkur, harakat tasavvurlari) bog’liq holda diqqatning namoyon 
bo’lishining quyidagi shakllarini: sensor (perseptiv), aqliy, harakatlantiruvchi 
shakllarini ajratib ko’rsatadilar.
Hozirgi vaqtda sensor (ko’rish, eshitish) diqqati ko’proq o’rganilgandir. 
Diqqatga ta’rif beradigan ma’lumotlarning ko’pchiligi amalda uni tadqiq etish 
natijasida qo’lga kiritilgan. Diqqat bamisoli bilish (idrok, xotira, tafakkur) jarayonlari 
orasida namoyon bo’lib, ular samaradorligining oshishiga yordam beradi. Jumladan
idrokning aniq-ravshanligi va to’laqonligi diqqatga bog’liq, diqqatning susayishi 
perseptiv jarayonlarning birmuncha darajada buzilishiga va shakllanayotgan 
siymoning o’zgarib ketishiga olib borishi mumkin. 
Diqqatning bir nechta turlari mavjud: 

ixtiyoriy diqqat; 

ixtiyorsiz diqqat; 

ixtiyoriydan so’nggi diqqat. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin