O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə21/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

2.24-rasm. EP2K yuk elektrovozi
Passajir vagonlari parki o‘z ichiga yumshoq va qattiq o‘rindiqli kupeli, ochiq holatda kupesiz vagonlarni, hamda vagon-restoranlarni, pochta vagonlarini va yuk vagonlarini oladi. Umuman olganda temir yo‘lning harakat tarkibi - bu temiryo‘l transportining juda katta va murakkab tizimidir.
Hamma ekspluatatsiyadagi va qurilayotgan lokomotivlar quyidagi belgilarga asosan bo‘linadi:

  • xizmat turiga qarab (bajariladigan ishlarga qarab) – yukli (2.24- rasm), passajirli (2.25-rasm), va manevrli (2.26-rasm);

  • seksiyalari soniga qarab – bir-, ikki- (birlashtirilgan) va ko‘p seksiyali (motor- vagonli seksiyalar) ;

  • uzatish turiga qarab – elektrli, gidravlikali, gidromexanikali, mexanikali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatgichli.

Elektrli uzatish elektrovozlarda va teplovozlarning ko‘pida qo‘llaniladi; gidravlikali va gidromexanikali – teplovozlarda; mexanikali kam kuchli teplovozlarda (motovozlarda); uzatgichli (krivoship-shatunli) – paravozlarda.
Elektrodvigatellarning teplovozlar va elektrovozlarda qo‘llanilishi individual va gruxli o‘tkazish imkoniyatini beradi. Individual o‘tkazishda har bir harakatlantiruvchi juft g‘ildirak o‘zining dvigateli bilan tishli o‘tkazgich orqali mahkamlangan. Gruxli o‘tkazishda bir butun qattiq ramaga joylashtirilgan harakatlantiruvchi juft g‘ildiraklar, o‘zaro oraliq tishli g‘ildiraklar bilan mahkamlanadi.

2.25-rasm. TEP150-004 passajir teplovozi
G‘ildiraklar juftining ekipajdagi joylashishi, tortish dvigatellaridan g‘ildiraklar juftligiga kelgan ulanishning turi va tortish harakatini uzatish usulini g‘ildiraklar juftligining miqdori son bilan ko‘rsatiladigan o‘q xarakteristikasi bilan ifodalanadi. Formulada «–» belgi quyidagi maʼnoni bildiradi, yaʼni ikkala g‘ildirak sharnir orqali birlashtirilmagan, tortish kuchlanishi harakatlantiruvchi g‘ildiraklarning juftidan tortish harakati lokomotivning avtobirlashtirgichida kuzov ramasi orqali uzatiladi. «+» belgi esa aravalar birlashtirilganligini va tortish kuchlanishi arava ramasidan uzatilayotganini bildiradi. Аgar harakatlantiruvchi g‘ildirak juftlarining individual o‘tkazgichi bo‘lsa, unda o‘qlar sonini ko‘rsatadigan raqamga «o» indeks
belgisi qo‘shiladi.

2.26-rasm. TEM18DM manevrli teplovoz.
VL23 elektrovozi 3o + 3o tavsifnomaga ega individual o‘tkazgichli, harakatlantiruvchi g‘ildiraklar juftlarining uch o‘qli birlashgan ikkita aravali lokomotivdir.
2(3o — 3o) o‘qli tavsifnomaga ega teplovoz - ikkiseksiyali lokomotivdir, har bir seksiyasi ikki-uch o‘qli birlashmagan individual o‘tkazgichli harakatlantira- digan g‘ildiraklar juftlariga ega va mustaqil ishlay oladi. Аgar seksiyalar mustaqil ishlay olmasa, unda o‘qning tavsifi 3o – 3o – 3o – 3o bo‘ladi. Bu seriya lokomotivning bir turliligini va bir xil konstruksiyaliligini bildiradi.
O‘zgaruvchan (bir fazali) tokli elektrovozlar uchun quyidagi nomerlash belgilangan: to‘rt o‘qli – VL40 dan VL59 gacha (VL – Vladimir Lenin); olti o‘qli
– VL60 dan VL79 gacha; sakkiz o‘qli – VL80 dan VL99 gacha. Doimiy tokka ulangan elektrovozlarning: olti o‘qli – VL19 dan VL39 gacha; sakki o‘qli – VL8 dan VL18 gacha;
MDH temiryo‘llarida sobiq Chexoslavakiyada ishlab chiqarilgan ChS seriyasiga ega. ChS200 elektrovozi soatiga 200km tezlikni taʼminlaydi. Yangi ChS8 elektrovozi 23 ta passajir vagonli poyezdlarni 25 ‰ nishablikda soatiga 85 km tezlikda tashishi mumkin.
Moderinizatsiyalashgan elektrovozlar «m» (VL22) indeksiga ega; kremniyli to‘g‘rilagichlari bor elektrovozlar–«k» (VL60k) indeksini olgan; rekuperativ
tormozlanishli elektrovozlar – «r» (VL60p) indeksiga ega; reostatli tormozlanish tizimiga ega bo‘lgan elektrovozlar – «t» (VL80T) indeksi mavjud.
Zamonaviy elektrovozlarning konstruktsion tezligi 100-220 km/s diapazonda o‘zgaradi. ChS seriyali hamma elektrovozlarning maksimal tezligi konstruktsion elektrovozlarning tezligidan 20 km/s ga kamroq. Soatlik rejim quvvati 3150 dan 9700 kVt gacha. (Soatlik rejim quvvati – bu tortuvchi dvigatelning validagi eng katta rivojlantiriladigan quvvati, unda moshina sovuq holatidan boshlab bir soat mobaynida ishlashi mumkin).
Elektr uzatmali teplovozlar seriyasi TE, gidravlikaligi esa–TG harfli belgilari bilan belgilanadi. Seriyalarning xarfli belgilanishiga lokomotivning xizmat turini belgisini kiritishadi: P-passajir (TEP60), M-manevrli (TGM7). Xarflardan keyingi son chiqarilgan nomerga mos bo‘ladi. Masalan, Kolomensk zavodlarining teplovozlariga 50 dan 99 gacha nomerlar beriladi (TEP60), Xarkov zavodini teplovozlariga - 1 dan 49 gacha (TE3, TE10), Lugansk (Voroshilovgrad) zavodining - 100 dan 150 gacha (2TE116) (izoh: 2TE10V-Voroshilovgrad; 2TE10L-Lugansk).

2.27-rasm. Аfrosiyob tez yurar poyezdi.
MDH temir yo‘llarida elektrovozlarning taxminan 20 ta seriyasi va modifikatsiyasi va teplovozlarning 25 ta seriyasi va modifikatsiyasi ekspluatatsiya qilinmoqda. O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ikki seksiyali sakkiz o‘qli, tezlikni mayin (avtomatik) tarzda o‘zgartira oladigan VL80p elektrovozi eng kuchlilardan
biri hisoblanadi. Xuddi shu printsip bo‘yicha yana bir yanada kuchliroq, quvvati 25 Kv o‘zgaruvchan tokli bir fazali tizim bo‘yicha elektrlashtirilgan liniyalarda ishlashga mo‘ljallangan elektrovoz - 12-o‘qli VL85r elektrovozi qurilgan. U ikkita olti o‘qli seksiyadan tashkil topgan. 6000 t va undan ortiq massali poyezdlarni tashishi mumkin. Lokomotivning quvvati — 10000 kVt, konstruktsion tezligi – 110km/s. Yangi lokomotivlar orasida yuk elektrovozi VL15 doimiy tokli quvvati 3000 V li liniyalarda og‘ir yukli poyezdlarni harakatga keltiradi. Uning quvvati- 9000 kVt, konstruktsion tezligi-110 km/s. Teplovozlar orasida eng zamonaviysi - 2TE121, o‘zgaruvchan – doimiy tokning elektr uzatilishi bilan quvvati 5884 kVt. Juda ham og‘ir iqlim sharoitlarida ishlaydigan yuqori quvvatli 4TE10S teplovozi yaratilgan. Muqobil va sovuq iqlim sharoitlarida yuk poyezdlarini tashishga mo‘ljallangan teplovoz TE126 yaratilgan. Bryansk mashina qurilish zavodida (1988) kam yonilg‘i sarflaydigan manyovrli TEM15 teplovoz ishlab chiqarildi.
Zamonaviy elektrovoz va teplovozlar poyezd massasi va yo‘lning kesimi 1200km gacha, texnik xizmat ko‘rsatish oraliqlarida esa 1200 dan 2000 gacha bo‘lgan masofaga qarab, ekipirovkalar orasidagi masofani bosib o‘tishi mumkin.

  1. Yüklə 9,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin