O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə19/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

2.20-rasm. Аvtoblokirovka bilan jihozlangan yo‘l bo‘lagida poyezdlarning joylashishi.
Poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish, tutashtirish va quvib o‘tish, bagajni qabul qilish, berish va passajirlarga xizmat ko‘rsatish, yuklarni yuklash va tushirish,
rivojlangan yo‘l inshootlari bo‘lsa poyezdlarni tuzish va ajratish bo‘yicha manevr ishlarini va ular bilan texnik operatsiyalarni olib borish bo‘yicha operatsiyalarni bajarishga imkon beruvchi yo‘l rivojlanishiga ega ajratilgan punktlarni stansiyalar deb ataladi.
Stansiyalarning xizmat turi va ish faoliyati bo‘yicha oraliq (III–V klassli), bo‘lakli (I–II klassli), sortirovkalovchi (I klassli va klassdan tashqari), yukli (I–III klassli va klassdan tashqari), passajirli (I–III klassli va klassdan tashqari), passajir
– texnik turlarga bo‘linadi.
Uch va undan kam bo‘lmagan asosiy magistral yo‘llarning tutashish stansiyalarini tutashgan deb ataladi.
Stansiyalarni loyihalashda quyidagi asosiy talablarga rioya qilinishi shart: harakat xavfsizligini so‘zsiz taʼminlanishi; talab qilingan o‘tkazish imkoniyatining bo‘lishi; loyihaning kompleks bo‘lishiga rioya qilinishi, yaʼni nafaqat temir yo‘l transportining ehtiyojlarini, balki xalq xo‘jaligining boshqa sohalarini ham, aholi punktlarining, transportning boshqa turlarini ham, atrof muhitni saqlash talablarini ham bajarish; yanada tejamkor qarorni tanlash; keyingi rivojlanishning imkoniyatini taʼminlash.
Аjratilgan punktlar temir yo‘lining to‘g‘ri gorizontal joylarida bo‘lishi shart. Bunda harakat tarkibining joyidan qo‘zg‘alishining imkoniyatini tekshirgan holda, yo‘lning nishabligi 1,5 ‰, murakkab sharoitlarda- 2,5 ‰ gacha, tog‘li sharoitlarda
-8 ‰ ruxsat beriladi.
Аjratilgan punktlardagi temir yo‘llar stantsion va maxsus vazifalarni bajaruvchi stansiyalarga bo‘linadi. Stansiyali yo‘llarga stansiya chegarasidagi yo‘llar: asosiy, qabul qiluvchi va jo‘natuvchi yo‘llar, sortirovkalovchi yo‘llar, yuklovchi-tushiruvchi yo‘llar, depo yo‘llari (lokomotiv va vagon xo‘jaligi), birlashtiruvchi va boshqa yo‘llar.

2.21-rasm. Yo‘llarning yarim bo‘ylama holatda joylashgan oraliq stansiyaning sxemasi: 1-asosiy;2-4-qabul qilib,jo‘natuvchi;5–ko‘rgazmali; 6– yuklovchi-tushiruvchi; 7-tortuvchi,
8- himoyalovchi berk yo‘l; Lpl stansiya maydonining uzunligi.
Stansiyaning asosiy yo‘li deb – poyezd harakatlanadiga birlamchi yo‘lning davomiga aytiladi.
Maxsus yo‘llarga ishlab chiqarish korxonalariga tutashgan yo‘llar, himoyalovchi va ushlab turuvchi berk yo‘llar kiradi.
Himoyalangan berk yo‘llar harakat tarkibining poyezdlarning marshrutlarga yo‘nalishi bo‘yicha chiqishini xabarlash uchun mo‘ljallangan.
Ushlab qoluvchi berk yo‘llar stansiyaga tutashgan o‘tish joyida joylashgan cho‘zilgan tushish yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan boshqaruvni yo‘qotgan poyezdni yoki uning bir qismini to‘xtatish uchun mo‘ljallangan yo‘llar.
Oraliq stansiyalar (2.21-rasm) ko‘ndalang, yarim bo‘ylama, bo‘ylamali bo‘ladi, bir izli va ikkiizli temir yo‘llarda joylashadi. Poyezdlarni quvib o‘tish va tutashtirish operatsiyalaridan tashqari ularda quyidagi operatsiyalar bajariladi:

  • passajirlarni tushirish, chiqarish, biletlar sotish, yuk va pochtalarni qabul qilib olish va ularni yuklash, tushirish va saqlash;

  • yuklarni qabul qilib olish, vagonlarga yuklash, tushirish, saqlash va yuklarni tarqatish;

  • yig‘ma poyezdlardan vagonlarni ajratish bo‘yicha manevr operatsiyalarini bajarish, yuklash-tushirish frontlari oldida joylashtirish, vagonlarni yig‘ish va ularni yig‘ma poyezdga birlashtirish;

  • yuklarni tashish uchun xujjatlarni rasmiylashtirish;

  • oraliq yo‘llarga xizmat qilish;

  • katta yuk aylanmasida jo‘natish marshrutlarini yoki vagonlar gruppasini

ketma-ket jo‘natish marshrutlarini tashkil qilish;

  • shahar tashqarisiga xizmat qiladigan poyezdlarning maʼlum joylarda turishi.

Oraliq stansiyalardagi manevr ishlari yig‘ma poyezd lokomotivi yordamida yoki stansiyaning maxsus manevr lokomotivi bilan amalga oshiriladi.
Manevrlik ishi bu–lokomotivlarning vagonlar bilan birga yoki ularsiz stansiyada harakati, vagonlarni biriktirish, vagonlarni ajratish, vagonlarni bir parkdan ikkinchi parkka o‘tkazish, vagonlarni yuklash–tushirish maydonchasiga yetkazish, vagonlarni saqlash va ularni tozalash uchun mo‘ljallangan.
Manevr ishlari lokomotivlar, maxsus tyagachlar va manevrli lebedkalar bilan va shu vagonlarning og‘irlik kuchidan foydalanib amalga oshiriladi. Stansiyalarda manevr ishlarini amalga oshirish uchun tortish yo‘llari, yarim balandliklar, parklar, saralovchi tepaliklar va saralovchi yo‘llar quriladi.
Lokomotivlar yordamida bajariladigan manevr ishlari lokomotivlarning vagonlar bilan yoki vagonlarsiz bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga yo‘nalishni o‘zgartirib harakatlanish yig‘indisini tashkil qiladi (yarimreyslar vareyslarning yig‘indisi).
Manevr ishlarini tashkillashtirilgan yoki lokomotiv brigadasi bajaradi.
Bo‘lak stansiyalar. Poyezdlarga xizmat ko‘rsatish va harakatini tashkillash- tirish va lokomotiv brigadasining ishini tashkillashtirish, harakat tarkibining texnik ko‘rigini, ekipirovkasini va taʼmirlanishini, yig‘ma va bo‘laklardagi poyezdlar tarkibining ajratilishi va tuzilishini tashkillashtirish uchun temir yo‘llar chegaralarida bo‘lak stansiyalar joylashadigan bo‘laklarga bo‘linadi. Temir yo‘l liniyalarida bo‘lak stansiyalarning joylashishi tortishning turiga, poyezdlarni lokomotivlar va lokomotiv brigadalari tomonidan xizmat ko‘rsatilishiga bog‘liq.
Bo‘lak stansiyalar quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan: lokomotivlar va lokomotiv brigadalarining almashtirilishi yoki faqat lokomotiv brigadalari almashtirilgan tranzit passajir va yuk poyezdlarining qabul qilinishi va jo‘natilishi, vagonlarning texnik va tijorat ko‘riklari, yig‘ma va bo‘laklardagi poyezdlar tarkibining ajratilishi va tuzilishi, lokomotivlarning ekipirovkasi va ko‘rigi, texnik ko‘rigi; (ajratiladigan va ajratilmaydigan) vagonlarning taʼmirlanishi; passajirlarga xizmat ko‘rsatish, bagaj va pochtani qabul qilish va
qaytarib berish; yukxonalarga yuklarni yuklash va tushirish, sanoat korxonalarining temir yo‘llariga xizmat ko‘rsatish.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin