O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə16/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

2.10-rasm. Ko‘tarmaning ko‘ndalang qirqimi (a) ko‘tarma va uning namunaviy ko‘ndalang qirqimi(b), o‘lchamlar m da keltirilgan: 1 – suv chetlatuvchi kanava, 2 – berma, 3 – asosiy maydon, 4 – yo‘l poyining chetlari, 5 yonbag‘ir, 6 – rezerv, 7 – ko‘tarmaning ostki qismi,
8 – yo‘l cheti, h - ko‘tarmaning ostki qismidan yo‘l poyiing chetigacha masofa, I – ko‘tarma yon bag‘ri uzunligining gorizontal proektsiyasi, 1:n ko‘tarma yon bag‘rining tikligi.



2.11-rasm. O‘ymaning ko‘ndalang qirqimi. O‘yma (a) va uning namunaviy ko‘ndalang qirqimi(b), (o‘lchamlar m da berilgan): 1 – tog‘ yonbag‘ri arig‘i; 2 – kavaler; 3 – o‘yma orqasidagi ariq; 4 – o‘yma; 5 – kyuvet; 6 – yonbag‘ir cheti; 7 – yo‘l cheti;bon – yo‘l poyi asosiy maydonining kengligi.
2.12-rasm. Strelkali o‘tkazgichlarning joylashuvi: a – odatiy kelish, b – kesishuvchan kelish, v – strelkali ko‘cha
Strelkali ko‘cha – parallel yo‘llarga yo‘naltiruvchi, yo‘lda ketma-ket joylashgan strelkali o‘tkazgichlar. Ko‘cha harakat tarkibini birlashtirilayotgan yo‘llardan istalganiga o‘tkazilishiga imkon beradi. Strelkali bir yo‘nalishdagi yo‘llarning guruxini parklarga birlashtiradi. Harakat tarkibini bir yo‘ldan boshqa
yo‘lga o‘tishini ularning yuqori qurilishiga qarashli, yo‘llarni birlashtiruvchi va kesishtiruvchi qurilmalar taʼminlab beradi. Yo‘llarni bir biri bilan bog‘lanishi strelkali o‘tkazgichlar bilan amalga oshiriladi, yo‘llarning kesishishi esa yopiq kesishuvchilar bilan amalga oshiriladi. Strelkali o‘tkazgichlarni va yopiq kesishuvchilarni qo‘llab, strelkali ko‘chalar va kirish (tushish) yo‘llari deb ataluvchi yo‘llarning birlashtirilish yaratiladi. (2.12-rasm.).
Murakkab sharoitlardagi yo‘llarni birlashtirish uchun, hamda manyovrli harakatlanishning uzunligini qisqartirish uchun qisqartirilgan strelkali ko‘chalardan, burchak ostidagi ko‘chalardan, krestovinaning kattaroq burchagi va boshqa usullardan foydalaniladi. Bir xil operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan stansiyadagi yo‘llarning guruxlari park deb nomlanadi. O‘zining qo‘llanilishi bo‘yicha ular poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish parklariga bo‘linadi, saralovchi parklar, texnik parklar va boshqalarga bo‘linadi. Shakliga qarab parklar turlichaga bo‘ladi(2.13-rasm.).
2.13-rasm. Yо‘l parklarining tashqi kўrinishi: a – trapеtsiya: b baliq; v parallеlogramm
Stansiyalarda egrilik radiuslari 180; 200; 250; 300m bo‘ladi. Stansiya yo‘llarida to‘liq va foydali uzunlik ajratiladi. To‘liq deb yo‘lni chegaralovchi, yo‘lning uzunligiga aytiladi. Foydali uzunlik deb qo‘shni yo‘llar bo‘yicha harakatlanish xavfsizligini buzmagan holda, harakatlanuvchi tarkib joylashtirilgan stantsion yo‘lning qismi hisoblanadi.
Qabul qilish va jo‘natish yo‘llarining foydali uzunligi standart bo‘ladi va ular 850; 1050; 1250; 1550;1700; 2000m bo‘lishi mumkin. U yo‘ldan chiqish signali va chegaralovchi ustun oralig‘i bilan o‘lchanadi.
Har bir yo‘lga va har bir o‘qli o‘tkazgichlarga raqam biriktirilgan bo‘ladi. Аsosiy yo‘llar Rim raqamlari bilan (I, II,III va boshqa), stansiya yo‘llari arab raqamlari bilan (1,2,3 va boshqa) belgilanadi. O‘qli o‘tkazgichlar kelish tomondan
juft poyezdlar kelsa, juft arab raqamlari bilan belgilanadi (2, 4, 6 va boshqa), toq raqamli poyezdlar kirib kelishi tomonidan esa toq raqamlar bilan belgilanadi (1, 3, 5 va bosh). Stansiya parki yoki yo‘llarining toq yoki juft oraliq chegaralarida o‘qli o‘tkazgichlarni park yoki passajir binosi o‘qi orqali raqamlanadi.
Yo‘l konstruksiyasi va uning elementlari. Yo‘l xo‘jaligi temir yo‘l transporti sohasida tashish jarayonini amalga oshiradigan muhim soha hisoblanadi.
Temir yo‘l xo‘jaligi o‘z ichiga temir yo‘lning barqaror ishlashini taʼminlovchi va birlamchi taʼmirlashni o‘tkazishga mo‘ljallangan temir yo‘lni va xo‘jalik korxonalarini, ishlab chiqarish bo‘limlari kompleksini oladi.
Temir yo‘l – bu lokomotiv g‘ildiraklari va vagonlari maxsus relslardan harakat qiladigan yo‘l. G‘ildiraklar relslarda “to‘lqinlar” yordamida ushlanib turadi. Temir yo‘l izidan poyezdlarning xarakati xavfsizligi va uzviyligi, hamda temir yo‘llarining texnik vositalaridan samarali foydalanilishiga bog‘liq.
2.14-rasm. Temir yo‘l konstruksiyasining sxemasi: 1–yo‘l poyi (asosiy maydoni); 2–yostiqcha (ballast prizmasining pastki qismi); 3–chaqiqtoshli ballast prizma; 4–temir yo‘l ostiga o‘rnatiladigan temir-beton yoki yog‘och shpala; 5–temir yo‘lning o‘qi; 6–rels; 7–rels–shpalali katakning mustahkamligini taʼminlash uchun ballast prizmaning yelkasi; 8–to‘kish prizmasining yuzasi; 9–qurilgan yonbag‘ir; 10–yo‘l cheti; 11- yo‘l poyining etagi-asosi.
Temir yo‘l quyidagilardan tashkil topgan:

  1. Ustki qurilma.

  2. Quyi qurilma.

Ustki qurilmaga relslar, mustahkamlangan (qistirilgan) relslar, olib qochish-ga qarshi qurilmalar, shpalalar, ballastli qatlam, o‘q o‘tkazgichlar va boshqa.
Ustki qurilmaning quyidagi turlari mavjud: 1) yo‘l poyida yotuvchi; 2)
ko‘prikusti qurilmasi; 3) ustkitonnel qurilmasi.
Quyi qurilmaga tegishli: 1)yo‘l poyi (ko‘tarmalar, o‘ymalar ko‘rinishida); 2) ko‘priklar; 3) tonnellar qurilishi.
Izlarning ko‘ndalang kesishishini sxema ko‘rinishida tasvirlash mumkin. (2.14-rasm.).
Ustki qism qurilishi joylashgan maydoncha asosiy maydoncha deb ataladi. Uni har doim bo‘rtib chiqqan trapetsiya shaklidagi (balandligi h=0.15m) yoki uchburchak (balandligi h=0.2m) qilinadi. Trapetsiyani (uchburchakni) har doim quyma prizma deb atashadi. Аsosiy maydonning bo‘rtib chiqqan qismi ko‘tarma tanasidan suv qochirishni taʼminlaydi.
Bir yo‘llik iz uchun asosiy maydonchaning kengligi – 7 m. Аsosiy maydonchaning chegarasida yuqori qurilish joylashgan.
Аsosiy maydon chetidan ballast prizmasining qiyalik etagigacha bo‘lgan masofa yo‘l poyi deb ataladi. Yo‘l chetining kengligi 0,4–0,7 m ni tashkil qiladi. Yo‘l cheti yo‘l nazoratchisining yo‘lni xavfsiz nazorat qilishi uchun, hamda qurilish jihozlarini va materiallarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ballast prizma qurilmasi uchun: tog‘ maʼdanlaridan tabiiy tosh materiallari ishlatiladi (qum, chaqiq tosh), nordon metallurgik qoldiqlardan olingan chaqiq tosh. Chaqiq tosh fraktsiyasining o‘lchami 25–60 mm va 5–25 mm bo‘ladi. Relslar o‘qi orasidagi masofa iz (koleya) deb ataladi.
Temir yo‘l izlari o‘lchami 1970 yildan boshlab MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) davlatlarida-1520 mm; Kanada, Meksika, АQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida–1435mm; Yaponiyada–1067 mm, Hindistonda – 1000 mm ni tashkil qiladi.
Temir yo‘l izlari kengligi–1435 mm va undan ortiq bo‘lgan yo‘llarni keng izli, qolganlarini - tor izli deb atashadi. Ballast prizmasi orasida rels tayanchlari – shpalalar joylashadi. Shpalalar temirbetonli yoki yog‘och bo‘lishi mumkin. Shpalalarning uzunligi – 2750mm ni tashkil qiladi, juda katta yuklanishda ishlaydigan yo‘l qismalarida – 2800mm ni tashkil qiladi. Shpalalarning temir yo‘l izida joylashish sxemasi shpal epyurasi deb ataladi. 1956 yildan boshlab MDH da temirbeton shpalalar ishlatilmoqda. Ularning xizmat muddati 40–60 yil.
Yuqori qurilishning juda ham qimmat va asosiy elementi bo‘lib relslar hisoblanadi. Relslarning shakli ikki tavaqali to‘sinning shaklini eslatadi. Relslarni quyidagi markalarga bo‘linadi: R–43 (R–rels “43”- relsning 1 pogon metriga og‘irligi); R–50; R–65; R–75.
Relslarning uzunligi har bir davlatda 16m dan 60m gacha o‘zgaradi. MDH da relslarning standart uzunligi – 25m ni tashkil qiladi. Har bir relsning oxirida relslarni bir- biriga ulaydigan dumaloq qismi mavjud.
Relslarni o‘zaro boltlar yordamida ulama qurilma bilan birlashtiriladi. Ikki rels birlashtirilgan joyda temperaturali kengayishini o‘rnini bosish uchun bo‘sh joy qoldiriladi.
Yo‘lovchilar qatnovining qulayligini oshirish uchun “duxoba izlar” qo‘llaniladi. Standart relslarni 800m uzunlikda payvandlashadi. Shunday qilib tirqishsiz izlar hosil qilinadi.

      1. Yüklə 9,23 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin