O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə15/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

2.4-rasm. Estakada
Jar ko‘priklar asosan temiryo‘lning chuqur jarliklar va tor yo‘llar kesishmasida baland yo‘l poyi o‘rniga quriladi (2.3-rasm).
Estakadalarni shaharlarda, asosan katta ko‘tarmalar o‘rniga, ko‘chalarga xalaqit bermaydigan va ularning tagidan o‘tishga to‘sqinlik qilmasdan, hamda suv o‘zani keng bo‘lgan daryolar ustidan qurilgan katta ko‘priklarga kelish joylarida quriladi (2.4-rasm).
Tonnelar yo‘llarning yer ostidan o‘tishini taʼminlash uchun xizmat qiladi.(2.5- rasm). Joyida joylashishiga qarab ular tog‘li, suv osti va shahar (metropoliten) tonnellariga bo‘linadi.

2.5-rasm Tonnel (Evrotonnel, La – Mansh ostidagi tonnel)
La – Mansh ostidagi tonnel (ah/tunnel sous la Manche, ingl. Channel Tunnel, hamda ko‘pincha oddiygina- Euro Tunnel) - uzunligi taxminan 51 km bo‘lgan ikki yo‘lli temir yo‘l tonneli, undan 39 km La – Mansh quyulishi ostida. Tonnel tufayli Londonga Parijdan atigi 2 soatu 15 daqiqa ichida borish mumkin, tonnelning ichida poyezdlar 20 dan 35 daqiqagacha bo‘ladi. 1994 yil 6 may kuni tantanali ravishda ochilgan. Yevrotonnel dunyoda uzunligi bo‘yicha 3chi tonnel hisoblanadi. Dunyoning eng katta tonnellari “Seykan” va “Gotard tonneli” hisoblanadi.
Galereyalarni tog‘larda ko‘chki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarda quriladi.(2.6-rasm)

2.6-rasm. Ko‘chkiga qarshi galereya
Quvurlar (2.7-rasm) – temir yo‘llarning kichkina suv havzalari bilan kesishgan qismida quriladi. Ishlatiladigan materialiga qarab quvurlar metall, tosh, beton, temirbetonli bo‘ladi. Deformatsion chok bilan ajratilgan yig‘ma temirbeton quvurlar keng tarqalgan. Ko‘priklarga nisbatan quvurlarni o‘rnatish va saqlashga sarflanadigan xarajatlar miqdori ancha kam. Quvurlarning kirish va chiqish qismlarida quvurning yo‘nalishiga qarab kengaygan kallaklari bor. Kallaksiz metall to‘lqinsimon quvurlar ham bo‘ladi. Ular temirbeton quvurlardan yengil va arzon hisoblanadi va fundamentsiz, bu qurilish muddatini ancha qisqartiradi. Ko‘tarmaning balandligi oshishi bilan quvur uzunligi va uning bahosi oshadi.

2.7-rasm. Quvur
Temir yo‘l liniyasining trassasi yo‘l ko‘tarmasining qoshi darajasidagi yo‘lning ko‘ndalang o‘qining bo‘shliqdagi holatini tavsiflaydi.

2.8-rasm. Temir yo‘lining tarxi
Temir yo‘lining tarxi – bu gorizontal tekislikdagi trassaning proektsiyasidir, u to‘g‘ri va egri qismlaridan iborat (2.8-rasm). Kichik radiusdagi egri chiziqlar (500m va undan kam) harakat tezligining pasayishi aylanma egri chiziq radiusigacha yetkaziladi, harakat tarkibining relslar va g‘ildiraklarning egri yuqori yonlama ishdan chiqishi, chiziqning cho‘zilishi harakatlanishga qarshilikni oshiradi va mashinistlarning ko‘rish imkoniyatini pasaytiradi. Harakat tarkibining aylanma chiziqlaridagi tekis harakatlanishini taʼminlash uchun ular yo‘lning to‘g‘ri qismlari bilan tutashtiriladi, buni o‘tuvchi chiziqlar yordamida R radiusidan sekin- asta kamayib borish natijasida bajariladi.

2.9-rasm. Bo‘ylama kesim
Yo‘lning bo‘ylama kesimi bu vertikal tekislikda trassaning yoyilmasi bo‘lib, u gorizontal va nishabliklardan tashkil topgan bo‘ladi (2.9-rasm).
Yo‘lning nishabligi bu yuqoriga ko‘tarilish va tushishlardir. Kesim elementlari nishabligining tikkaligi ularning qiyaligi bilan tavsiflanadi, u bilan elementning oxirlari bo‘yicha nuqtalarining balandligi bo‘yicha ular orasidagi gorizontal masofaning xilma-xillik munosabati nomlanadi. Yo‘lning nishabligi %0 belgisi bilan belgilanadi. Poyezdning harakatlanish yo‘nalishiga qarab, har bir kesimning qiya elementi (qiyalik) yo ko‘tarilish bo‘ladi yoki tushish.
Kesimning gorizontal elementlari maydonchalar deb ataladi.
Boshqaruvchi nishablik – poyezdning massasi belgilovchi uchastkadagi eng katta ko‘tarilish.
Bo‘ylama kesim elementlarning tik nishabligi va ularning uzunligi bilan tavsiflanadi. Namunaviy kesimlar o‘z navbatida normal va maxsus turlarga bo‘linadi. Normal kesimlar yo‘l poyining oddiy tuproqdan mustahkam asosi ustiga inshootlarni qurishda ishlatiladi. Maxsus kesimlar maxsus sharoitlarda quriladigan yo‘llar uchun ishlatiladi: doimiy muzliklar, nobarqaror qumlar, qoyatosh tuproq- lari, botqoqliklar va boshqa. Individual kesimlar og‘ir topografik, iqlimiy, geologik sharoitlarda va ko‘tarmalarning 12 m dan ortiq balandligida ishlatiladi. Bunda hamma o‘lchamlar aniq hisob-kitoblar bilan asoslab beriladi. Olib kelinadigan tuproqlardan quriladigan yo‘l poylaridan yuzaki suvlarni olib qochish tubining kengligi va chuqurligi 0,6 m dan kam bo‘lmagan bo‘ylama suv olib qochuvchi ariqlar yordamida bajariladi, ular joyning ko‘ndalang nishabligi 0,04 gacha bo‘lsa, ikki tomonlama, katta nishablikda-faqat tog‘ (tepa) tomondan qilinadi.
Аgar ko‘tarma yon atrofdagi mahalliy tuproqdan qurilsa, suvni yo‘l poyidan chetlatish uchun ro‘yobga kelgan rezervlar deb ataluvchi rejalashtirilgan o‘ymalardan foydalaniladi. Rezervlar va suv chetlatuvchi ariqlar uchun nishabligi 2 %0 qilib olinadi. Qiyalikning etagidan ketgan yerning yuza chizig‘i to suv olib qochuvchi ariq yoki rezervgacha bo‘lgan joy berma deb ataladi. Keyin quriladigan ikkinchi yo‘ldan bir yo‘llik bermagacha bermaning kengligi 7,1 m dan kam bo‘lmasligi kerak, qarama-qarshi tomondan esa 3,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ko‘tarmadan suvni chetlatish uchun berma nishabligi 0,02 va 0,04 bo‘ladi. 2.10- rasmda ko‘tarmaning ko‘ndalang kesimi aks etgan.
O‘ymaning asosiy maydonchasining o‘lchamlari xuddi ko‘tarmaning o‘lchamlaridek. Ko‘tarmaning asosiy maydonchasining har tomonidan suv olib qochish uchun o‘ymada bo‘ylama kyuvet deb nomlanuvchi ariqlar qilinadi. Ularning chuqurligi-0,6 m dan kam emas, tub bo‘yicha kengligi-0,4 m dan kam emas va tubining ko‘ndalang nishabligi-0,002 dan kam emas. O‘ymaning ko‘ndalang kesimi 2.11-rasmda keltirilgan.
O‘ymani qurilishida olingan tuproq boshqa joyda ko‘tarmani qurishda ishlatilmaydi, tog‘ tomonidan bo‘lgan o‘ymaning qiyalik orqasiga kavalьera deb ataluvchi to‘g‘ri prizmalarga joylashtiriladi. O‘ymaga oqib kelayotgan yuzaki suvlarni ushlab olib qochish uchun tog‘ yon bag‘ri ariqlar quriladi, kavalьer va o‘ymaning qiyalik qoshchalar orasidagi chiziqda esa suvni o‘yma orqasidagi ariqqa olib chiqib ketish uchun 0,02–0,04 yoniga qiya qilib ko‘ndalang nishabli banket sepiladi. Mustahkam bo‘lmagan tuproqlarda hamda noqulay sharoitlarda suv olib qochuvchi ariqlar va kyuvetlar o‘rniga novlar quriladi. (temirbeton, beton, toshli yoki yog‘ochli).

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin