O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə11/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Transportning mohiyati va o‘rni


Har bir mamlakat uchun transportning ahamiyati juda katta. U davlatning muhim iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va himoya funktsiyalarini bajaradi.
Transportning iqtisodiy roli avvalam bor uning turli ishlab chiqarishning, korxonalarning ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasining organik qismi bo‘lib hisoblanadi, undan tashqari hom-ashyoning, yonilg‘ining va mahsulotning hamma turlarini ishlab chiqarish punktlaridan isteʼmol qilish punktlariga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Transport – bu iqtisodiy rivojlanishdagi hamda xalqaro savdodagi muhim faktordir.
Transportning ijtimoiy ahamiyati insonlarning mehnat va maishiy ehtiyojlar bo‘yicha tashishni taʼminlashda, transport yordamida ularning jismoniy mehnatini yengillashtirishdan iborat, xususan, katta xajmdagi materiallarni ishlab chiqarish jarayonida va kundalik hayotda joylashtirish kiradi.Transport insonlarga sog‘liqni saqlashda yaqin va uzoqdagi sog‘lomlashtiruvchi tumanlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Transport insonlarga davolovchi manbalari mavjud bo‘lgan dam olish maskanlaridan territorial foydalanish imkonini beradi, hamda poytaxt va katta shaharlardagi maxsus tibbiyot markazlaridan foydalanish imkonini beradi.
Transportning madaniy ahamiyati katta va turlichadir. Bu insonlar orasidagi muloqot va ularning estetik talablarni qondirish usulidir. Transport aholi yashaydigan hududlarga kitoblar, gazetalar, jurnallar va boshqalarni yetkazib berishni amalga oshiradi va shu bilan birga xalqaro ayirboshlashni imkonini beradi. Madaniyatning yuksalishining kuchli turtkisi bo‘lib, xalqning katta qismining olimlar, yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar bilan muloqoti, simpoziumlarga, konferentsiyalarga, festivallarga, ko‘rgazmalarga tashrifi hisoblanadi.
Transportning davlat himoyasidagi ahamiyati – bu davlatning himoyalanishidagi eng kuchli omilidir. Bu xarbiylarni va qurol-aslahalarni tashish, insonlarning va moddiy texnika resurslarining taʼminoti va evakuatsiyasi.
Transportning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligining va aholining tashishdagi talablarini ham xajm, ham sifat jihatidan qondirishdir.
Tashishning sifati quyidagilardan aniqlanadi:

  • harakat xavfsizligining taʼminlanishi;

  • yuklarni va yo‘lovchilarni yetkazish bo‘yicha muddatlarni qisqartirish;

  • tashishlarning doimiyligini taʼminlash;

  • qulaylikning darajasini oshirish;

  • tashilayotgan yuklarning to‘liq himoyalanishini taʼminlash;

  • tashishning yuqori tejamkorligiga erishish.

        1. Yüklə 9,23 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin