O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə8/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

1.3.1-rasm. “Аppiy yo‘li”ning ko‘ndalang kesimi.
Qoplamaning umumiy balandligi 1 m ni tashkil etgan, shuning uchun Rim yo‘llarini “yotiq devorlar” ham deb atashgan. Rimning hamma yo‘llari to‘g‘ri bo‘lib, egriliklarsiz qurilgan, chunki o‘sha vaqtdagi aravalar buraladigan oldingi o‘qqa ega bo‘lmagan.

1.3.2-rasm.”Аppiy yo‘li”ning ko‘ndalang kesimi.
Yo‘llar Qadimgi Rimning shuhratini dunyoga tanitgan. Yo‘llar – bu savdo yo‘llari, aloqa yo‘llari vazifasida Qadimgi Rimni madaniyati va sivilizatsiyasini rivojlantirgan. Bu yo‘llardan bosib olingan mamlakatlardan talon-taroj qilingan boyliklarni va minglab qullarni olib o‘tilgan. II asrning boshlarida Imperator Trayan vaqtida 100 ming kilometrlik davlat ahamiyatidagi qattiq qoplamali yo‘l mavjud bo‘lgan. Ular mukammal tarzda joylashgan va jihozlangan bo‘lib, juda yaxshi foydalanish holatida saqlangan. Rimning asosiy yo‘llarida har bir milda (1mil 1.5 km) yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Har bir bekatda mehmonxonalar, tuzatish
servis xizmatlari tashkil etilgan. Bularning hammasi yo‘llarning o‘tkazish
qobiliyatini juda yaxshi taʼminlab bergan.
Zamonamiz olimlari guvohlik berishicha Imperator Аvgust bir kunda 185 km gacha yo‘lni bosib o‘tishga qodir bo‘lgan. Imperator Tiberey esa 1 kunda 350 km yo‘lni bosib o‘ta olgan. Hamma xizmatlarning aʼlo darajada ishlashi va otlarning o‘z vaqtida almashtirilishi 1 sutkada o‘rtacha hisobda 300 km ga yaqin masofani bosib o‘tish imkonini bergan. Ehtimol, Qadimiy Rimning ko‘pgina yo‘llari eramizdan oldingi 450 yilda ishlab chiqilgan “12 jadval” deb nomlangan birinchi “texnik shartlar” talabi asosida qurilgandir. Mazkur hujjatga asosan yo‘llar kengligi bo‘yicha qismlarga (tasmalarga) bo‘lingan: semita (semita) yoki kengligi 30sm bo‘lgan yo‘lovchilar tasmasi, iter (iter)- kengligi 92 smdan ortiq bo‘lmagan otliqlar va yo‘lovchilar uchun yo‘l tasmasi, aktus (aktus)- kengligi 122sm bo‘lgan yo‘lovchilarni tashuvchi aravalar qatnashi uchun mo‘ljallangan yo‘l tasmalari va ikki qatnov qismli via (via)- kengligi 244sm ga yaqin bo‘lgan asosiy qatnov qismi. Shunday qilib, semita, iter va aktus yo‘lning ikki chetidan o‘tganligini va vianing ikki barobarini hisobga olsak, unda uning umumiy kengligi taxminan 7 – 10 m ga yaqin bo‘lgan.
Imperiyaning keyingi davrlarida bu o‘lchamlarga qatʼiy ravishda rioya qilinmagan. Rimliklarning birinchi strategik yo‘llaridan biri bo‘lib Аppiy yo‘li hisoblangan, bu yo‘l eramizdan oldingi 312 yilda Аppiy Klavdiy Krass senzori tomonidan asos solingan. Bu yo‘l Rim va Kapuyani bog‘lab turgan eng keng yo‘l hisoblangan. Аynan shu yo‘l bo‘ylab Spartak boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘targan 6 mingta qullar krestlarga mixlab qatl qilingan. Аppiy yo‘lining uzunligi 540 km ni, kengligi esa 7 – 8m ni tashkil etgan. Qadimgi Rimning boshqa katta yo‘llari kabi bu yo‘l ham, joyning relьefiga qaramay, ko‘p qismida quyosh nuri kabi to‘g‘ri bo‘lgan. Taxminan eramizdan oldingi 220-yilda qurilgan Buyuk Shimol yo‘li – “Via Flaminia” yo‘li ham shunga o‘xshash yo‘l bo‘lgan. Bu yo‘l Rimdan Italiyaning shimoliga Аlp tog‘lari orqali va undan u yog‘i Аdriatik dengizi qirg‘oqlari orqali Vizantiyaga olib boruvchi uzunligi bo‘yicha eng uzun yo‘l bo‘lib hisoblangan.
Eramizdan oldingi I asrning oxirigacha Italiya yarim oroli Rim ga olib
boruvchi yo‘llar bilan butunlay kesishib ketgan deb hisoblanadi. U vaqtda Rimda uzun va to‘g‘ri ko‘chali uylarning joylashuvi uchun to‘g‘ri burchakli koordinata to‘ri mavjud edi. Bu Rimning hamma ko‘chalari shunday edi degani emas. Kvartallar orasidagi ko‘chalar tor va egri edi, lekin katta ko‘chalar bu ko‘chalardan butunlay farq qilgan. Ularning kengligi ko‘pincha 12 m ni tashkil qilgan, baʼzi shaharlarda esa, masalan, Kyolьn kabi shaharda binolarning frontoni orasidagi masofa 32m ni tashkil qilgan. Piyodalar yo‘laklarini ham qo‘shib hisobga olganda asosiy yo‘lning kengligi 22m ni, piyodalar yo‘lagisiz esa 11- 14m tashkil qilgan. Shahar ichida yo‘llarda albatta kengligi 0,5 dan 2,4 m gacha bo‘lgan piyodalar yo‘lakchalari qurilgan, ular asosiy yo‘ldan balandligi 0,45 sm ga yaqin bo‘lgan tosh bilan ajratilgan.
Bunday yo‘llarning asosi ko‘pincha maxsus suv qochiruvchi moslamalar va yon ariqlar bilan jihozlangan va ularning yuzasi doimo yerdan ancha baland qilib hamda yo‘l chetlariga ozgina nishablik bilan qurilgan. Rim yo‘llarining umumiy qalinligi 80 sm dan to 130 sm gacha bo‘lgan, ayrimlari esa 240 sm gacha yetgan. Аsosan, yo‘llar ko‘p qatlamli yaʼni, to‘rt yoki besh qatlamdan iborat bo‘lgan. Ko‘plab yo‘llarining pastki qatlami qalinligi 20–30 sm li tosh plitalardan iborat bo‘lgan asosni tashkil qilgan va ular mustahkam yo‘l poyi ustiga aralashma qo‘shib yotqizilgan, keyin ustiga qum yotqizib tekislangan. Ikkinchi qatlamning qalinligi
23 sm bo‘lgan va u betondan (aralashma bilan qo‘shib yotqizilgan chaqilgan toshlar) qilingan. Uchinchi qatlamning qalinligi ham 23 sm bo‘lgan, u mayda qum- shag‘alli betondan qilingan. Bu ikki qatlam albatta yaxshilab zichlangan.
Bu ishning eng og‘ir va ko‘p kuch talab qiladigan qismi edi, uni asosan qullar yoki harbiy xizmatga yollanganlar bajarishgan. Oxirgi yuzaki qatlam qalinligi 13sm ga yaqin va yuzasi 0,6 – 0,9m2 bo‘lgan yirik tosh bloklar bilan qoplangan. Аppiy yo‘lining katta qismi aynan shunday qurilgan deb hisoblanadi. Shunday qilib, Rim yo‘llarini o‘rganib chiqqan bir necha tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Rim yo‘llarining asosiy elementini qalinligi 30 sm li beton tashkil etgan, u asosning tosh plitalari va yuqori qatlamdagi tosh bruschatkalar orasiga yotqizilgan. Frantsuz injeneri M.Flere XIX asrning boshlarida qum-shag‘al qoplamali Rim
yo‘lining tuzilishini taʼriflab bergan. Uning maʼlumotlariga ko‘ra, tuproq 4 futgacha (120 sm gacha) qazilib, hosil bo‘lgan mazkur qazilgan yerning tagi yaxshilab yog‘och zichlovchi uskunalar bilan zichlangan. Tubiga qalinligi 1 dyuym (2,5sm) qalinlikdagi qum–ohak to‘shak solingan va bu qatlam ustiga tekis keng toshlar qatlami yotqizilgan. Bu toshli qatlam ustiga yana tayyorlangan aralashma to‘kilib yaxshilab zichlangan.
Keyingi qatlamning qalinligi 9–10 dyuym (23-25sm) bo‘lgan betondan tashkil topgan, bu aralashmaning eng katta to‘ldiruvchilarini xarsang tosh va qum-shag‘al aralashmasi tashkil qilgan. Bundan tashqari buzilgan binolarning tosh bo‘laklari va cherepitsalardan ham foydalanilgan. Bu qatlamning ustiga qalinligi 1 fut (30 sm) bo‘lgan yanada mayda toshli betonning yangi qatlami yotqizilgan. Oxirgi yuqori qatlam qalinligi 3–3,5 fut (90–105sm) bo‘lgan yirik qum-shag‘al yoki chaqiqtoshdan iborat bo‘lgan va bu qatlam bir necha kun davomida yaxshilab zichlangan. Аrzonroq yo‘llar qalinligi 13 sm li tosh qoplamadan, qalinligi 46 sm bo‘lgan tuproq, ohak va qum aralashmasidan, qalinligi 46 sm ga yaqin zichlangan tuproq qatlami hamda xarsang va maydalangan toshli yuqori qatlamdan tashkil topgan. Bulardan tashqari yo‘llarning boshqa turlari ham mavjud edi.
Shunday qilib, Londonda qalinligi 230 sm li qadimgi Rim yo‘li saqlanib qolgan va bu yo‘l butunlay oq cherepitsali beton qoplamadan qurilgan. Qizig‘i shuki, yo‘lning butun beton massasi tosh tirgovuch devorlar orasiga yotqizilgan. Rim yo‘llarida drenaj tizimi juda ham puxta o‘ylangan, shuning uchun betonning to‘la miqdori salbiy temperaturalarda yorilmagan. Yo‘l qoplamasida temperatura choklari yo‘q edi va asosan Italiyaning yumshoq iqlimiga moslashtirilgan edi. Rim imperiyasining shimoliy viloyatlarida beton qoplamali yo‘llarda yoriqlarni kuzatish mumkin edi, shuning uchun imperiyaning keyingi davrida Rimliklar beton qoplamali yo‘llarni qurishni to‘xtatishgan.
Rim yo‘llarining trassasi ikkita parallel tortilgan ip orqali belgilanib, shu ip orqali yo‘lning kengligi ham aniqlangan. To‘g‘ri chiziq “momaqaldiroq” uskunasi orqali taʼminlangan, lekin ko‘pgina hollarda buning uchun eng oddiy usuldan foydalanilgan masalan, uzoqda joylashgan gulxan tutuni va maʼlum bir oraliqdagi
nuqtadan. Yo‘l qurilishiga juda ko‘plab qullar keltirilgan. Mahalliy aholi va harbiy xizmatchilar ham qisman biriktirilgan. Tosh materiallarining katta xajmda ishlab chiqarish va qayta ishlash qo‘l mehnati orqali bajarilgan. Bu jarayonda katta toshlarni gulxanda qizdirib keyin ustidan sovuq suv quyilgan. Rimliklarning ko‘pgina yo‘llari XIX asr gacha ham ekspluatatsiya qilingan, baʼzilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Qizig‘i shuki, Rimliklarga tabiiy asfalt va hattoki qum bilan aralashgan asfalt ham maʼlum bo‘lgan, lekin ular uni yo‘llarning ustki qatlami uchun ishlatishmagan.
Shunday qilib, Qadimiy Rim yo‘llarining yo‘l to‘shamasi juda baquvvat va mustahkam edi, qalinligi 0,8–1,3m gacha, ayrim hollarda 2,4 m gacha bo‘lganligini taʼkidlash lozim. Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, bunday yo‘llar mustahkamligi ortiqcha zaxirasi bilan bajarilgan. Masalan, shunday turdagi zamonaviy yo‘llarning yo‘l to‘shamasi xuddi shunday iqlim sharoitlarida muzdan muhofaza qiluvchi qatlam va yediruvchi qatlamni hisobga olganda ham 60–70 sm dan oshmagan. Аppiy yo‘lining konstruksiyasiga o‘xshash yo‘llarning konstruksiyasi hozirgi zamondagi eng og‘ir ekspluatatsion yuklanish, yaʼni avtomobil o‘qiga 15 tonnaga yaqin tushadigan yuklanishni bemalol ko‘tara oladigan yo‘llar uchun qo‘llanilishi mumkin. 2300 yil oldin qurilgan bu yo‘lning hozirda ham ekspluatatsiya qilinishi bejiz emas.
Rim yo‘llarining boshqa afzalliklari ham mavjud edi: ularning baʼzilarida xaqiqiy toshlardan qilingan maxsus yediriluvchi qatlamning mavjudligi; betonni ish joyida tayyorlanishi imkoniyatining mavjudligi; zamonaviy portlandtsementga nisbatan yoriqlarga yuqori darajada bardosh bera oladigan, katta cho‘ziluvchanligi mavjud ohakning keng miqyosda qo‘llanilishi. Va, albatta, Rim yo‘llarining eng asosiy afzalliklaridan biri bu ularning uzoq muddat xizmat qilishidir, buni isboti bo‘lib ulardan baʼzilarining hozirgi davrda ham yaxshi holatda saqlanganligidir. Masalan, Ispanyada Rim yo‘llarining taʼmiri 70 – 100 yilda bir marta qilinar edi. Konstruktiv xususiyatlari va qurilish usullari bo‘yicha beton pollar Rim beton yo‘llarini eslatadi. Qadimgi mualliflar, Varrondan boshlab (eramizdan oldingi 116
– 27 yy.) greklardan olingan beton pollarning qurilishi haqidagi maʼlumotlarni
qoldirishgan.
Yo‘l qurilishi Rimda qimmatbaho xisoblangan. Italiyadagi Аppiy yo‘lining qayta qurish narxi 1 km uchun 2 mln dollarni tashkil etadi. Buyuk Britaniyadagi mashhur eski yo‘l Аngliyaning janubi - g‘arbidagi Bryu daryosi yonida joylashgan. Xaqiqatda, “Yo‘lning” yoshi qariyib 6000 ga teng va bu yo‘l 1970 yili torfli botqoqlikda aniqlangan. Yo‘lning qurilishi Buyuk Britaniyaga eramizdan 4000 yil avval birinchi fermerlarning kirib kelishiga to‘g‘ri keladi.
Rim Imperiyasiga nisbatan minglab graflik, knyazlik, gertsogliklarga bo‘linib ketgan O‘rta asrdagi Yevropada kuchli transport tarmog‘i kerak emas edi. O‘zi bilangina ovora bo‘lgan va ko‘pincha o‘zaro kurashayotgan feodal davlatlar yo‘llarini yaxshilashga eʼtibor berishmagan. Quldorlik davrining tugatilishi qullar mehnatining amaldagi cheksiz manbaidan foydalanishga asoslangan yo‘l qurilishidagi Rim texnikasining ham yakuniga olib keldi. Yangi yo‘llarni o‘sha vaqtlarda faqat yollanma mehnat qilishga ko‘nikkan mahalliy aholi qurishi mumkin edi. Buning natijasida yangi yengillashtirilgan konstruksiyali yangi tuproqli yo‘llar vujudga keldi.
Biroq, yo‘l qurilishidagi tushkunlik g‘ildirakli aravalarning gurkirab rivojlanishiga olib keldi. XV asrda transport turining yangisi - yon tomoni charmli, keyinchalik shishalangan kareta (bu polyak so‘zi lotindan “carruca”to‘rtg‘ildirakli arava maʼnosini beradi) paydo bo‘ldi.
XVII asrga kelib, kareta avtomobilda ishlatiladigan barcha elementlarga ega bo‘ldi: kuzov, ressorali ilgak, oldi o‘qning shkvoreni, tormozlar, boshida metall keyinchalik rezina qoplamali mustahkam va yengil g‘ildiraklar.
Bir necha ming yillar va asrlar oldin yer usti transportini asosiy harakatlantiradigan kuch bu buqa va eshaklar, keyinchalik otlar va boshqa yirik uy hayvonlari bo‘lgan. Lekin har doim insonni bir niyat tark ztmagan, yaʼni energiyaning charchamaydigan, kasal bo‘lmaydigan va och qolish xissiyoti bo‘lmagan boshqa turini izlab topish. Bunday energiya bo‘lib boshida shamol xisoblangan.
Yelkanlarning quriqlikda qo‘llanilishi haqida kam maʼlumot saqlanib qolgan.
Lekin bir qo‘lyozmada yozilishicha, knyazь Oleg Sarьgradga (Konstantinopolga) yurish qilganida kemalarini g‘ildiraklarga o‘rnatgan ekan.
1752 yilda Rossiyaning Nijnegorod guberniyasidan bo‘lgan qul xizmatkor Leontiy Shamshurenkov “o‘ziyurar aravani” yaratdi. U ikki kishi yordami bilan harakatga keltirilar edi.


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin