O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Transportning moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatidagi umumiy tavsifi



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə10/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Transportning moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatidagi umumiy tavsifi.


“Transport” termini lotin tilidan “transporto” “ko‘chiraman, yetkazaman, tashiyman” degan maʼnolarni anglatadi. Bu so‘zda transportning asosiy maʼnosi - odamlarni, narsalarni, hayvonlarni, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashish, ko‘chirish degan maʼnoni bildiradi. Biroq, bu termin boshlang‘ich maʼnosidan tashqari boshqa maʼnolarni ham berar ekan. Yaʼni, maʼlum bir kontekstda bu termin quyidagi tushunchalarni anglatadi:

  1. Yuk va yo‘lovchilarni tashish tushunchasini o‘z ichiga oladigan xalq xo‘jaligi sohasi.

  2. Moddiy mahsulotlar va odamlarning tashishini taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi.

  3. Fazoda yuk va yo‘lovchilarni tashish jarayoni, ko‘pincha “transportirovka” so‘zi bilan ifodalanadi.

  4. Suvda (kema), ko‘chada yoki yo‘lda (avtomobil ) harakatlanuvchi transport birligining oqimi.

  5. Аniq belgilangan joyga maʼlum adres bo‘yicha yo‘naltirilgan yukning aloxida partiyasi.

  6. Inson faoliyatining turi yoki mutaxassisligi.

Moddiy ishlab chiqarishning turli sohasi uchun to‘g‘ri keladigan transportning barcha zarur uchta elementlari:

  • mehnat vositalari, yaʼni transport vositalari;

  • mehnat predmetlari, tashish obektlari (yuklar va yo‘lovchilari);

  • insonlarning maqsadli faoliyati, yaʼni mehnat.

Аynan transportda ishlab chiqarish jarayoni – jo‘nash punktidan belgilangan punktga yuk va yo‘lovchilarning harakatlanishi, transportning tayyor mahsuloti – ularning tugatilgan tashilishi. Bunda shuni eʼtiborga olish kerakki, moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalariga nisbatan transport mahsuloti bir vaqtning o‘zida ishlab chiqariladi va ishlatiladi, demak, uni ko‘proq tayyorlash yoki ishlab chiqarib va zahirada saqlab, kutilmagan uzilish vaqtida yoki joriy ishlab chiqarishning rejalashtirilgan pasayishi vaqtida uni keyin ishga tushirish mumkin bo‘lgan moddiy ishlab chiqarish mahsulotidan farqliroq zaxiralash mumkin emas. Bu nuqtai nazardan har qaysi boshqa moddiy ishlab chiqarishdan ko‘ra, transport judayam murakkab sohani tashkil qiladi.

        1. Yüklə 9,23 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin