O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə67/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Koinotga yanada yaqinroq


Dirijabllar asosan gazli toifaga mansub. Biroq issiq dirijabllar ham mavjud bo‘lib, ular boshqariluvchi mongolferlar hisoblanadi. Bunday turdagi dirijabllarda qizdirilgan havo ko‘taruvchi gaz vazifasini bajaradi. Ular past tezlik va yomon boshqarilishi evaziga gaz bilan parvoz qiluvchi turdoshlariga nisbatan kamroq funktsiyalarga ega bo‘ladi. Issiqlik dirijabllaridan asosan aeroshoular va sport maqsadlarida foydalaniladi. Аynan mazkur sport turida Rossiya ham katta natijalarga erishgan. 2006 yil 17 avgust kuni uchuvchi Stanislav Fedorov Rossiyada ishlab chiqarilgan «Qutb g‘ozi» issiqlik dirijablida 8180 m balandlikka ko‘tarildi. Biroq sport dirijabllaridan amaliyotda foydalanish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. «Qutb g‘ozi» 10-15 km balandlikka ko‘tarilib, kosmik parvozlar tizimida o‘z turi bo‘yicha birinchi pog‘ona bo‘lishi mumkin. Maʼlumki, kosmik parvozlarda ko‘p miqdordagi energiya aynan ko‘tarilishning dastlabki bosqichlarida sarflanadi. Start maydonchasi Yer markazidan qancha uzoq bo‘lsa,
yonilg‘ini shuncha ko‘p tejash va orbitaga chiqishda ko‘proq foydali yuklamaga ega bo‘lish mumkin. Аynan shuning uchun, bir necha kilometrni yutish maqsadida, kosmodromlarni ekvatorga yaqinroq joylashtirishga harakat qilinadi.

10.2-rasm. Issiqlik dirijabli
Shunday qilib, 90 yil davomida jahon rekordini o‘zida saqlab kelgan Germaniyaning Zeppelin L-55 dirijablining rekordi yengilgan edi. «Qutb g‘ozi» rekordi «Baland start» dasturi – Rossiya havo suzuvchilari hamjamiyati va
«Metropol» kompaniyalar guruhining balanddan parvoz qiluvchi dirijablli yengil kosmik uskunalarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirishdagi birinchi qadam bo‘ldi. Mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Rossiyada orbitaga 10- 15 kg gacha vaznli xususiy sunʼiy yo‘ldoshlarni arzon olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan ilg‘or aerostat-kosmik majmua tashkil etiladi. «Baland start» majmuasidan foydalanishning taklif etilayotgan yo‘nalishlaridan biri – Shimoliy Muz okeani qutboldi hududlarini tadqiq etish uchun geofizik raketalar parvozini
tashkil etishdan iborat. Shimoliy Аmerika qitʼasida ham yangi avlod dirijabllarini ishlab chiqarish bo‘yicha qiziqarli loyihalar amalga oshirilmoqda. Worldwide Аeros kompaniyasi yaqin kelajakda ML 866 «osmon superyaxtasi»ni yaratishni mo‘ljallamoqda. Mazkur dirijabl gibrid shaklga ega bo‘ladi. Parvoz vaqtida mashinaning 2/3 ga yaqin vazni arximed kuchi bilan kompensatsiyalanadi, uskuna havo oqimining kema qobig‘iga kelib urilishida yuzaga keladigan ko‘taruvchi kuch hisobidan yuqoriga ko‘tariladi. Buning uchun qobiqqa maxsus aerodinamik shakl beriladi. ML 866 rasman VIP-turizm uchun mo‘ljallangan, biroq Worldwide Аeros mudofaa texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi DARPA davlat agentligi moliyaviy ko‘magini olgan taqdirda, dirijabldan harbiy maqsadlarda, masalan kuzatuv yoki aloqa uchun ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Kanadaning Skyhook kompaniyasi esa Boeing bilan birgalikda 40 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega yuk dirijabllari JHL-40 loyihasi xaqida eʼlon qildi. Bu ham «gibrid», biroq bu yerda arximed kuchi vertikal o‘q bo‘ylab tyaga hosil qiluvchi to‘rtta rotor tyagasi bilan to‘ldiriladi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin