O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Transportning yangi turlarining xarakteristikasi Dirijabllar



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə63/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Transportning yangi turlarining xarakteristikasi Dirijabllar


So‘nggi yillarda ko‘plab maqolalar dirijabllarga bag‘ishlanmoqda. Turli davlatlarda mutaxassislar turli ahamiyatdagi dirijabllarni ishlab chiqarish va loyihalash bilan shug‘ullanishmoqda. Shuning uchun dirijabllarning kelajagini jadallik kriteriylari bo‘yicha baholash qiziq.
Dirijablning asosiy afzalligi – bu uning katta va nogabarit yuklarni boshqa usul bilan yetkazib bo‘lmaydigan yoki juda qiyin hisoblanadigan Yerning shunday joylariga yetkazib berish xususiyatiga ega, yaʼni u yuqori yukko‘tarish va o‘tuvchanlik xususiyatiga ega. Аgar bunga yuklarni yetkazib berishni nisbatan yuqori tezlik bilan amalga oshirishi mumkinligini qo‘shsak, unda shunday
transport operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladigan dirijablni mos jadallik kriteriylari bo‘yicha boshqa transport vositalaridan birmuncha ustun turadi deb aniq aytsa bo‘ladi.
Masalan, og‘ir va nogabarit yuklarni tashish uchun foydalaniladigan barja va lixterlardan farqli o‘laroq, dirijablga suv yo‘li kerak emas. Treyler va vertoletlarga nisbatan u juda og‘ir va gabarit yuklarni olib o‘tish xususiyatiga ega, undan tashqari unga treylerga o‘xshab yo‘llar kerak emas, uning tejamkorligi esa vertolyotlarning tejamliligidan ko‘ra ancha yuqori. Qulaylik va tabiatga ekologik taʼsiri kriteriylari bo‘yicha ham dirijablь eng talabchan tekshiruvdan o‘tgan. Tejamkorlik, yukaylanmasi, xavfsizlik va ekspluatatsiyaning mustahkamligi kriteriylari qoldi.
Dirijabllarni ishlatish tejamkorligiuning yukaylanmasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, dirijablning narxi vertolyotning narxidan yuqoriroq, biroq agar tashiladigan yuklarning miqdori ko‘p bo‘lsa, unda bu narx o‘zini ortig‘i bilan qoplaydi. Demak, dirijabl qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligining iqtisodiy hisob-kitobi uning konkret ishlatilishini hisobga olishi kerak. Dirijabllarning qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligi shubhasiz, chunki ular muvaffaqiyat bilan bajara olishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun juda muhim vazifalarning yig‘indisi juda katta. Inson xo‘jalik faoliyatining har bir sohasida ularning ishlatilishi mumkin. Dirijabllar o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon sanoatida yong‘inlar va zararkunandalar bilan kurashishda va o‘rmonning qiyin yetib boriladigan rayonlaridagi xo‘jalik faoliyatiga jalb etish uchun muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin; energetikada – elektruzatish liniyalarini o‘tkazish uchun, gidroturbinalarni, elektr generatorlarini, transformatorlarni tashish uchun, kichik elektrostansiyalarni (quyosh, shamol, dizel) tayyor ko‘rinishda yetkazish uchun; gaz va neft qazib chiqarish sanoatida – baland uskunalarni, mexanizmlarni transportirovka qilish uchun, uzun trubalarni yotqizish uchun, trassa bo‘ylab ko‘chma qishloqlarni tashish uchun; mashinasozlikda-katta gabaritli mahsulotlarni va kattalashtirilgan uzellarni tashish bilan korxonalar orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport aloqalari uchun; geologiya va tog‘kon sanoatida – turli izlanishlar
o‘tkazish uchun, geologik partiyalarni tashish uchun. Dirijabllar yordamida muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini hali uzoq davom ettirish mumkin.
Dirijabllarni ekspluatatsiyaning xavfsizligi va mustahkamligi kriteriylari bo‘yicha baholaymiz. Аynan xavfsizlik muammosi ularning qo‘llanilishidan bir necha o‘n yil oldin voz kechishga majbur etgan.
Dirijabl – bu havodan yengilroq bo‘lgan uchish apparati. Аrximed qonuniga ko‘ra, u havoda faqat quyidagi holatda ushlanib turadi: agar uning og‘irligi u siqib chiqargan havoning og‘irligidan kamroq bo‘lsa, shuning uchun uni havodan yengilroq bo‘lgan gaz–vodorod yoki geliy bilan to‘ldiriladi. Normal sharoitlarda 1m3 havoning og‘irligi 12,67 Hni, 1 m3 vodorod - 1,08H tashkil qiladi. Qoplamaning og‘irligini hisobga olmaganda 1m3 ko‘tarish kuchi 11,59 H. Xuddi shu sharoitda vodorodning1m3 geliyning 12,67 – 1,08m3 ni tashkil qiladi, ko‘tarish kuchi 9,8H. Dirijablning ko‘tarish kuchi uning xajmi bilan aniqlangani uchun, u faqat yetarlicha katta o‘lchamlardagina samarali bo‘ladi. Dirijablning minimal xajmi mavjud, undan pastrog‘ida u havoga ko‘tarila olmaydi.
Dirijablning xavfsizligini asosan ikki faktor aniqlab beradi: uning kattaligi va to‘ldiruvchining ko‘rinishi. Dirijablning katta o‘lchamlarining natijasi bo‘lib, jadallikning shunga mos kriteriysini yomonlashtiruvchi uning quyidagi kamchiliklari hisoblanadi: ob-havo sharoitlariga bog‘liqligi; atmosferaning turbulentligiga sezgirligi; muzlab qolish imkoni; dirijablni bog‘langan holda ushlab turish bilan bog‘liq qiyinchiliklar.
Yong‘inning paydo bo‘lishi xavfi to‘ldiruvchiga bog‘liq: vodorod yong‘in uchun xavfli, geliy esa yo‘q, lekingeliy nisbatan qimmatbaho. Shu bilan birga dirijabl o‘zining konstruksiyasi xususiyatlari tufayli uning ekspluatatsiyasining xavfsizligini va ishdagi mustahkamligini taʼminlovchi bir qator afzalliklari mavjud: u dvigatellarning, boshqaruv tizimlarining nosozligi va ishdan chiqishidan, uchishdagi qisqa vaqtli xatoliklardan xolis; uchishning cheklanmagan davomiyligiga va katta masofasiga ega; unga aerodromlar kerak emas.
Lekin dirijablning taqdiriga taʼsir ko‘rsatadigan yana bir faktor bor. Uning
katta o‘lchamlari uni diversiyalarda yoki xarbiy harakatlar holatlarida nozik tomoni hisoblanadi. Uzoq yoki qiyin boriladigan rayonlarda o‘rnini bosa olmaydigan, dirijablning noyob imkoniyatlari, uning bu kamchiligini yanada sezilarli qiladi. Bu faktor ko‘proq psixologik xarakterda, shunday bo‘lsa ham u o‘z taʼsirini ko‘rsatadi va uni hisobga olish zarur. Undan tashqari, oldin ro‘y bergan, birinchi navbatda dirijabllarning halokati bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik faktor, ularning tiklanishi yo‘lida kuchli to‘siq hisoblanadi. Shunda ham ularning so‘zsiz muvaffaqiyatlari ishlab chiqarishning zamonaviy darajasi va ilmiy-texnik yutuqlari bilan birikmasida bugunning o‘zida to‘la ishlaydigan, mustahkam va iqtisodiy tomondan o‘zini oqlagan konstruksiyalarni yaratishga yordam beradi. Masalan, hozirning o‘zida nisbatan arzon geliyni – dirijabllarning xavfsiz to‘ldiruvchisini olish mumkin (marganetsni ishlab chiqarishda u birga ishlatiladigan mahsulot hisobida atmosferaga chiqarib tashlanadi).
Biz birinchi yangi dirijabllarning paydo bo‘lishida guvohlarmiz. Nemis dirijabli “Gindenburg” halokatidan 44 yil va boshqa havo kolossi – ingliz dirijabli “R-101” ning halokatidan 51 yil keyin, Аngliyada 1981 yil sentyabr oyida ingliz kemasozi Rodjer Mank tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yo‘lovchi dirijabli ”Skayship-500” osmonga ko‘tarildi. (10.1-rasm). Bu dirijabl oldingilardan birontasini ham nusxa qilib olmagan. Mank qattiq konstruksiyadan voz kechdi, bu dirijablning og‘irligini sezilarli darajada kamaytirdi. Uning qoplamasi vodoroddan og‘ir, lekin umuman xavfsiz inert geliy bilan to‘ldirilgan.

9.1-rasm.”Skayship-500” dirijabli
Bu vodorod bilan to‘ldirilgan oldingi zamon dirijabllaridan zamonaviy dirijabllarning asosiy farqi, bu zamonaviy texnologiya geliyni zarur miqdorda va yetarlicha arzon olishga imkon berishini tushuntiradi. ”Skayship-500” dirijablining uzunligi atigi 50 m, shuning uchun uchisholdi tayyorgarligini bir necha kishi osongina eplaydi. U xalqa o‘rnatgichlarda joylashtirilgan, vintlarni harakatga keltiradigan, sport avtomobili “Porshe-930” dan olingan ikki dvigatel bilan jihozlangan. Dirijabl ikki tonnali foydali yukni 115 km/s gacha tezlik bilan olib o‘tishi va havoda 30 soatgacha bo‘lishi mumkin.
Dirijablni yaratishda eng zamonaviy materiallardan foydalanilgan: qoplamasi dakrondan tikilgan, gondolasi – o‘ta mustahkam tola bilan armirovka qilingan plastikdan, kuchli elementlarda sotkali to‘ldiruvchili kompozit materiallar qo‘llanilgan. 1981 yilning oktyabr oyida “Skayship-500” birinchi rasmiy sinov uchishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Endi esa yo‘lovchilar soni 200 ta gacha bo‘ladigan kelajak dirijabllarining variantlari ishlab chiqarilmoqda. Loyihaning avtorlari 500 km gacha masofali yo‘lovchilar liniyalarida dirijabllar samolyotlardan tejamliroq deb hisoblashmoqda. Hisob-kitob bo‘yicha 200 kishiga mo‘ljallangan dirijabl xuddi shunday sig‘imli avialaynerlardan ko‘ra 3,5 barobarga yaqin arzonroq bo‘ladi. Undan tashqari, dirijablning ekspluatatsion xarajatlari ancha kamroq bo‘ladi.
Sovet davlatida 1920 yildan 1947 yilgacha parvozlarni amalga oshirgan 16 ta dirijabl qurilgan edi. 35-yillik tanaffudan so‘ng 1982 yil 9 mayda Uralda uzunligi 20 m balandligi 15,5 m bo‘lgan dirijabl havoga ko‘tarildi. Unga gondola va bir nechta truba osilgan edi. Uni yordamchi tros bilan himoyalab turishgan. Birinchi ekspeRimental parvoz muvaffaqiyatli o‘tdi.
Dirijabllarning ob-havoga, ayniqsa shamol kuchiga bog‘liqligi xaqidagi ko‘plab tanbehlarning yuzaga kelishini baʼzi holatlarda osongina yechimini topsa bo‘ladi: burchak ostida joylashgan bir yoki ikkita vertikal devorlar arzon va butunlay mustahkam “angar” bo‘la oladi. Biroq u dirijablni ekstremal holatlarda himoya qilishi mumkin, lekin o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlarida aniq bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilarni va yuklarni tashishni bajaruvchi dirijablarning
doimiy ekspluatatsiyasi davrida yuzaga keladigan muammmolarni hal etmaydi.
Odatda, zamonaviy dirijabllar xaqidagi eslatma 70 yil oldin Leykxerst amerika aviabazasida olovda gigant nemis seppelini “Gindenburg” halok bo‘lganidan boshlanadi, uch yildan so‘ng esa, German Gering qolgan dirijabllarni metallolomga ajratib tashlab, angarlarni portlatishni buyurdi. Dirijabllarning davri o‘shanda tugadi, lekin hozir esa boshqariladigan aerostatlarga qiziqish yana aktiv tiklanyapti. Аmmo yurtdoshlaRimizning ko‘pchiligi “qayta tiklangan” dirijabllarni ko‘rishsa ham, faqatgina turli aeroshoularda ko‘rishadi. Ulardan u yerda original reklama tashuvchilari sifatida foydalanishadi. Nahotki bu shunday noyob havo kemalarining bor imkoniyatlari bo‘lsa? Dirijabllar bugun kimga va nimaga kerakligini bilish uchun Rossiyada dirijabllarni quradigan mutaxassislarga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin