O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Shahar yo‘lovchi transporti oldida turgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə60/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Shahar yo‘lovchi transporti oldida turgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari


ShOYT ning zamonaviy krizisi rivojlangan davlatlarda nazoratlanmagan avtomobilizatsiya tufayli ro‘y bermoqda. Аvtomobilizatsiyaning rivojlanishida chegaralanishni yengil avtomobilning tashish imkonining kamligi va shahar transport magistrallarining chegaralangan o‘tkazish xususiyati qo‘yadi.Transport magistrallarining avtomobillar bilan to‘ldirilishi bilan aniqlanadigan o‘tkazish xususiyatining chegarasi obʼektiv mavjud, undan oshib ketish butun transport oqimi tezligining keskin tushib ketishini, to‘xtab qolishlar va probkalar hosil qiladi.
Turli transport vositasi transport magistralida maʼlum maydonni – tezligi
qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik katta maydonni egallaydi. Oddiy sig‘imli avtobus, yaʼni 86 kishilik 100% to‘lganligida, tezligi 50 km/s bo‘lgan, bir yo‘lovchiga hisobida olinganda, u 3,5 m² ga, 40 % da- 9 m² ga yaqinni tashkil etadi. Yengil avtomobilning sig‘imi 4 kishi bo‘lgan 100% va 40% li to‘ldirilishida bir kishiga xuddi o‘sha sharoitlarda transport magistralining ish maydoni 60 va 170 m² ni tashkil qiladi, yaʼni 20 barobarga yaqin ko‘proq. Yanada kattaroq farq ko‘cha yo‘lkalarining ish maydonlarida, yengil avtomobilning va OYTning kuchli vositalarining, aynan tezyurar tramvayning bir yo‘lovchisiga talab qilinadigan maydonda. Tezligi 50 km/s, sig‘imi 270 kishi 100% to‘ldirilishi bo‘lganda tezyurar tramvayning bir yo‘lovchisiga faqat 1,6 m² transport yurish maydoni to‘g‘ri keladi, 40% to‘ldirilishida - 4m²ga yaqin, yaʼni yengil avtomobilning bir yo‘lovchisiga to‘g‘ri keladigandan 40 barobar kam. Bu shuni bildiradiki, yengil avtomobilni tezyurar tramvayga almashtirish solishtirilayotgan sharoitlarda tashish imkoniyatini 40 barobar oshirishga yordam beradi.
Transport magistrallarini avtomobillar bilan to‘ldirilishida oshib borayotgan yo‘lovchilar oqimini o‘zlashtirishning birgina real yo‘li mavjud (tartibga solish tadbirlarini hisobga olmaganda) – yangi qimmatbaho ko‘pyarusli avtomagistrallarni qurish. Shunday qilib, oshib borayotgan yo‘lovchilar oqimini o‘zlashtirish vazifasini avtomobilizatsiya yo‘li bilan faqatgina maʼlum chegaragacha hal etish mumkin. Yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lmagan kichik va o‘rta shaharlar quyidagilarni bajara oladi:

  • zamonaviy avtomobil yo‘lovchiga ShOYT vositalaridan ko‘ra ko‘proq yuqori darajali qulayliklarni taklif etadi;

  • avtomobillar oqimi va avtomobillarning doimiy reklamasi aholi o‘rtasida OYT ga mustahkam “ishonchsizlikning psixologik to‘siqni” yaratishdi;

  • ShOYTning yo‘nalishlarda tez-tez to‘xtash bilan harakatlanishini tashkil etishning zamonaviy tizimiuning tezlik imkoniyatlaridan foydalanishini taʼminlamaydi, yuqori darajali transport charchog‘i va yo‘lovchilar uchun boshqa noqulayliklar bilan bog‘liq (OYT to‘xtash joylariga yo‘lovchilarning yurib borishiga, transportni kutishga va qayta o‘tirishga vaqtning ko‘p ketishi); Shuning uchun ShOYTning yirik shaharlarda avtomobilizatsiya bilan

birikishini rivojlantirish vazifasi OYTning avtotransport bilan raqobatbardosh, yaʼni avtotransportning asosiy afzalliklari va ularni qoplovchilarga ega yangi vositalarini yaratishdan iborat. ShOYTning shunday vositalarini yaratish, ularning yengil avtomobillardan qulayligi va transport vaqtining sarflanishi bo‘yicha ustunligi yo‘lovchilarning ShOYTga “ishonchsizlik” muammosini hal qilishga yordam beradi.
Shuning uchun ShOYTning rivojlanishining zamonaviy bosqichining mazmuni uning zamonaviy texnikaning yanada yuqori darajasida qayta tiklanishidan iborat. ShOYT rivojlanishining asosiy yo‘llari bo‘lib, hozirgi vaqtda quyidagilar hisoblanadi:

  • shahar yo‘lovchi tashishlarining nazariyasini rivojlantirish bazasida ShOYT harakatini tashkillashtirishning yangi usullarini ishlab chiqarish va harakatlanishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini (HАBT). Maʼlumki, boshqa o‘xshash sharoitlarda aynan harakatni tashkillashtirish ShOYTning samaraliligini oshirishning bosh mezoni hisoblanadi – buni ham o‘zimizning, ham chet el amaliyoti tasdiqlaydi. Аynan harakatlanishni tashkillashtirishning qoniqarsiz tizimi bilan zamonaviy ShOYTning past ekspluatatsion sifatlari aniqlanadi, ularning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib ekspluatatsion tezligi hisoblanadi. Yerusti ShOYTlarining zamonaviy turlariningkonstruktiv tezligi 65-90 km/s ga tashkil qiladi, lekin u osongina istalgan, yaʼni zarur darajaga yetkazilishi mumkin. Bu talab qilinmaydi, chunki harakatning oddiy sharoitlarida ShOYTning yerusti turlarining aloqa tezligi 18-20 km/s dan ortiq emas, baʼzan 14-17 km/s dan oshmaydi;

  • ShOYTning odatdagi turlarini – tramvay, trolleybus, avtobus va metropolitenni mukammallashtirish, yangi, yanada yuqori talablar asosida harakat tarkibi konstruksiyalarini rivojlantirishni, yo‘l qurilmalarini mukammallashtirishni, elektrtaʼminoti tizimlarini, hamda harakatlanishni tashkillashtirishning yangi, yanada samarali printsiplarini ishlab chiqarish. ShOYTning odatdagi turlarining shunday mukammallashtirilishining misoli bo‘lib, tezyurar tramvay va avtobus tizimining, pnevmatik g‘ildiraklarda metropolitenning harakat tarkibini, ro‘yxatga olinmagan yo‘nalishli avtobus tizimlarini va hokazolarni

ishlab chiqarish hisoblanadi;

  • yangi, harakatni tashkillashtirishning yanada samarali uslublariga mo‘ljallangan, yo‘lovchipoyezdlarida transport vaqtining kam sarflanishini taʼminlovchi, ShOYTning yangi turlarini ishlab chiqarish.

Shahar transportining muammolari oshib bormoqda va murakkablashmoqda. MDH shahar aholisining soni 189 mln. Kishi bo‘lganida shahar transporti bilan tashish xajmi 64 mlrd.yo‘lovchini tashkil qiladi, bu magistral transportining hamma turlaridan foydalanadigan yo‘lovchilar oqimidan 4.5 barobar ortiq. Shahar tashishlarining xajmi aholining o‘sish surʼatlaridan tezroq ortib bormoqda, bunda qatnov yo‘nalishlarining masofasi ham ortmoqda.
Shunday qilib, rivojlanishning xozirgi davri avtomobilizatsiyaning sustlashma- yotgan surʼatlari bilan tavsiflanadi. G‘arbning transportniklari va shahar quruvchi- lari shunday fikrga kelishdi: ShYT muammolari shaharlarda yengil avtomobillarni hamma holatlarda, qachon bunga imkon bo‘lsa, yaʼni aholisi bo‘yicha kichik va o‘rta shaharlarda ishlatilishi yo‘li bo‘yicha hal etiladi. Yirik shaharlarda yengil avtomobillar yo‘lovchioqimlarni hattoki ulьtrazamonaviy superavtostradalarda ham qamrab ololmaydi. Bunday sharoitlarda ShYTni rivojlantirishga qaytishni mavjud bo‘lgan transport tupigidan yagona imkoniyat deb hisoblanadi.
Shaharlarning o‘lchamlari kattalashgan sari shahar transportining hamma turlari ziyon olib keluvchi transport deb hisoblana boshladi. Tariflarni qayta ko‘rib chiqish lozimligi xaqidagi savolni xar taraflama muhokama qilish talab qilinadi, lekin xar qanday hal etilishida tashishlarning narxi tushirilishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi lozim.
Bir qator qoldirib bo‘lmaydigan muammolarni hal etish lozim:

  • qatnov tezkorligini oshirish va jadvalga mos ravishda harakat doimiyligiga rioya qilish;

  • aloqa tezligini oshirish, yaʼni yo‘lovchilarni tashish tezligini;

  • yo‘lovchilar uchun qulaylik darajasini oshirish;

  • shovqinni va havoni ifloslantirish darajasini kamaytirish.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin