O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Quvur transporti rivojlanishining ilmiy - texnik muommolari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə57/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

7.1. Quvur transporti rivojlanishining ilmiy - texnik muommolari


Quvur transportining perspektiv texnologik imkoniyatlari asosan aniqlangan. Ularga quyidagilarni kiritsak bo‘ladi: suyuq va gazsimon mahsulotlarni transpor- tirovka qilishning odatiy usullari; suv yoki boshqa suyuq modda bilan aralash- tirilgan holda (gidrotransport) qattiq maxsulotlarni transportirovka qilish; shuning- dek, gaz bilan aralashtirilgan holdagi transport (pnevmotransport); suyuqliklar bilan reyaktsiyaga kirishishi mumkin bo‘lmagan sochiluvchan poroshok ko‘rinishi- dagi yoki granulali maxsulotlarni transportirovka qilishning kapsulali yoki konteynerli uslublar. Hozirgi kunda bunday texnologik imkoniyatlar eksperimental ravishda ko‘rib chiqilmoqda, buning sababi – yaqin yillarda quvur transporti ko‘plab yangi yuklarni tashish uchun qo‘llanilishini kengaytirish nazarda tutilgan.
Suyuq uglevodorodlar va tabiiy gazni transportirovka qilish uchun foydalaniladigan quvirlar bilan bir qatorda boshqa yuklarni tortish uchun quvurlar qurilmoqda. Ularning orasida etilen, suyuq ammiak, osh tuzi qorishmasi bor.
Uzunligi bo‘yicha qisqa bo‘lgan quvurlar pulpa shaklidagi qattiq maxsulotlarni (ko‘mir, ruda va ruda bo‘lmagan materiallar) transportirovka qilishga mo‘ljallan- gan. Biroq bunday quvirlarning yaratilishi jiddiy muammoni keltirib chiqaradi.
Sochiluvchan, changituvchi yuklarni (don, sement, oxak va boshqalar) transportirovka qilish, ko‘pincha havo oqimi orqali amalga oshiriladi. Bu pnevmoquvirlar uncha o‘zoqqa cho‘zilmagan va vagonlarni, kemalarni, avtomobillarni va aytib o‘tilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish punktlarida yuklash va tushirish uchun ishlatiladi.
Quvur tarmog‘ini keyingi rivojlantirilishi jiddiy ilmiy- texnik muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Kelajakda gazni yetishtirish uchun asosiy baza bo‘lib
(Urengoy va Medvejiy bilan bir qatorda) Yamburg ham o‘rin egallaydi, u yerdan katta diametrli 6 ta quvir tortiladi.
Hozirgi kunda neftning 98% va gazning 100% gaz va neft quvirlari orqali amalga oshiriladi, lekin neft maxsulotlarining yarmidan ko‘pi temiryo‘l transportida va qisman suv transportida amalga oshiriladi, bu esa quvur transportigi nisbatan 3 – 5 barobar qimmatga tushadi.
Quvirlarning asosiy kamchiliklaridan biri – bu ularning o‘tkazish qobiliyatining pastligi hisoblanadi. O‘tkazish qobiliyatini yaxshilash uchun katta diametrli (1420 va 1620 mm) quvurlardan foydalanish kerak. Neft quvirining truba diametriga bog‘liqligi quyidaga sonlar bilan isbotlanadi: diametri 720 mm li quvurdan yiliga 15 mln. t; 1020 mm li trubadan 45 mln. t, 1420 mm li quvurdan yiliga 75 mln. t neft maxsuloti oqib o‘tadi. Аvval qurilgan quvurlar kirishda 50 – 56 atm. (5-5,5MPa) bosimida ishlaydi. Yangi qurilgan quvurlar 75 atm. bosimiga mo‘ljallangan (7,5 MPa).
Quvirning diametri oshishi bilan kapital qo‘yilmalarning narxi tushadi. Masalan, 1420 mm li trubalarni qo‘llash 1020 mm li trubalarga qaraganda kapital qo‘yilmalarni 20% ga, ekspluatatsion xarajatlarni 30% gacha kamaytirishga imkon beradi.
1420 mm li 1 km gaz quvurini qurish uchun 700 t quvir kerak bo‘ladi. Metallurglarning oldidv yupqadevorli va mustaxkam quvurlarni yaratish vazifasi qo‘yilgan.
Gaz quvurlarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida gazning 70-75ºC gacha muzlatilgan holda tortish usuli ishlab chiqarilmoqda, hamda issiq izolyatsiya qilingan quvurlar bo‘ylab suyultirilgan gazni.
Hozirgi vaqtda Mangeshlak - Ukraina yo‘nalishi bo‘yicha 2500 km ga cho‘zilgan +50ºC haroratda neftni transportirovka qiladigan “qaynoq” gaz quvuri mavjud.
Transportirovka qilinadigan yukning kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib, hozirgi kunga qadar uning tashqi va ichki korroziyadan himoyalanish yo‘llari mavjud emas. Quvurlarning ichki tomondan izoliyatsiya qilish maxsulot yetkazish
hajmini 5 – 8% ga oshiradi, lekin shu bilan bir qatorda maxsulotning tannarxini oshib borishiga olib keladi. Katta shaxarlarda korroziya muammosi o‘zgaruvchan toklar sababli murakkablashadi. Rossiyada har yili korroziya tufayli 15 mln.t po‘lat yo‘qotiladi.
Quvurlar korroziyadan turli xil yo‘llar bilan himoyalanadi. Masalan, bitum- qog‘ozli qoplama bilan, himoya qoplamali polimer plyonkalar bilan, epoksid va lak buyoqli plyonkalar bilan, penopoliuretan va boshqalar bilan ximoyalanadi. Eng yaxshisi emallash xisoblanadi, lekin uning qimmatligi sababli asosan shaxarlarda qo‘llaniladi. Chet davlatlarda temperaturaning oshishiga chidamli va mustaxkam bo‘lgan oldindan surtilgan butilkauchukdan bo‘lgan kleyli tarkibning ustiga tushirilgan polietilen qoplamalardan yoki epoksid smola asosidagi qoplamalardan, hamda butilkauchuk gruntovkadagi polivinilxloridli va polietilen lentalardan foydalaniladi. Quvirlarni ichki tomondan izolyatsiya qilish uchun epoksid poliuretan smolalari asosidagi lak buyoqli qoplama va sement-qum qoplamalari ishlatiladi.
Аsosiy vazifalardan biri bo‘lib, suyuq va gaz quvurlarida ularning avariyasiz ishlashi hisoblanadi. Quvurlarning ishlashini telemexanizatsiyalash va avtomatlashtirilgan boshqarishni ishlab chiqarishni davom ettirish talab qilinadi.
MDX davlatlarida yuklar gidro- va pnevmoaralashmalar, kapsulalar ko‘rinishi- da va maxsus konteynerlarda o‘tadigan quvirlar loyixalari ishlab chiqarilmoqda va amalga oshirilmoqda. Masalsan, Kuzbassda Yubileynaya va Inskaya shaxtalaridan Belovskaya GRESSiga qarab ko‘mir o‘tkazgichlar yotqizilgan. Millionlab tonna yoqilg‘i ular orqali boshqa transport turlariga qaraganda ancha tez va arzon yetkazib berilmoqda. Energiya isteʼmolini kamaytirish, quvurlarning yemirilishini oldini olish, yuk tashish masofasini oshirish uchun maxsus tayyorlangan maydadispersli pulьpa ishlatiladi. Pulьpaning tezligi yuqori bo‘lmasa ham, bu usul tejamli, asbob-uskunalar ancha kam ishdan chiqadi.
Quvur transporti nafaqat ko‘mir tashish uchun samarali. Lebedinskiy tog‘- boyitish kombinatidan Oskolьsk elektrometallurgik kombinati tugunlashtirish fabrikasiga temir rudasi kontsentratini, Krivbassning tog‘ruda korxonalaridan
Pridneprovьe va Donetsk tumani metallurgik zavodlariga rudani, Sokolovsk- Sarbaysk tog‘-boyitish kombinatidan Magnitogorsk metallurgik kombinatiga rudani yetkazish uchun quvurlar loyihalari ishlab chiqilgan.
Quvirlar orqali nafaqat gidropulьpani, balki pnevmopochta usulida konteyner- larni ham jo‘natish mumkin. Hom-ashyoni yagona texnologik kompleksda olish, yetkazib berish va ishlatishda qattiq materiallarni transportirovka qilishda gidro- va pnevmoquvirlar perspektiv. Quvurlarni rivojlantirishning perspektiv yo‘nalishi bo‘lib konteyner – kapsulalarni qo‘llash xisoblanadi. Ularni nafaqat quvurlardan, balki yer usti va suv transporti orqali o‘tkazish mumkin.
Quvir transporti qattiq va sochiluvchan materiallarni masalan, ko‘mir, chaqiq tosh va boshqa qurilish materiallarini, yirik shaharlarda maishiy chiqindilarni tashish uchun xizmat qiladi. Quvur konteynerli transport, sochiluvchvn yuklarni, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va boshqalarni tashishga mo‘ljallangan. Transportning bu turidan foydalanish qisqa masofalarga yuklarni tashishdan temir yo‘llarni bo‘shatishga yordam beradi. Gruziyada diametri 1000 mm bo‘lgan uzunligi 2,2 km ga cho‘zilgan chaqiq tosh, shag‘al va qumni tashishga mo‘ljallangan quvirda pnevmoliniya ishlamoqda. Quvurning yillik o‘tkazish hajmi 640 ming tonnaga yetadi. Hozirda dunyodagi eng yirik bo‘lgan ikki quvurli uzunligi 42 km ga cho‘zilgan pnevmokonteynerli tizim yaratilmoqda. Birinchi navbati (17,5 km) qurib ishga tushirilgan. U temirbeton maxsulotlari zavodigi chaqiq toshni karyerdan yetkazib beradi. Bu tizim avtomatik rejimda ishlaydi uning tarkibigi ikkita pnevmotashuvchi, 8 ta bir-biriga bog‘langan konteyner-vagonetkalar kiradi. Poyezdning umumiy og‘irligi 25 t, uning tezligi 30 km/soat gacha. Bu tizimning o‘tkazish qobiliyati avtomobil transportiga qaraganda 20 marta ko‘proq, dizelь yoqilg‘ining yillik tejalishi 13,5 ming tonnaga teng.
Quvur transporti yoqilg‘i-energetik resurslar bilan taʼminlanishning mustahkamligini, manevrliligini oshiradi, ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchiga mahsulotlarni yetkazib berish jarayonida ularning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, transport harajatlarini kamaytirish, transport ishchilari mehnatining ishlab
chiqarilishini oshirish imkoniyatini beradi. Quvur transportning afzalliklari uning kelajakda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi: yoqilg‘i-energetik hom-ashyoni transportirovka qilish; quvir uchun yangi, noanʼanaviy yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashish, shuningdek, qattiq mahsulotlarni tashish, suyuq, kimyoviy maxsulotlarni va xom-ashyoni tortish. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan birinchisi bo‘yicha magistral quvurlarining asosiy mutaxassisligi bo‘lib, suyuq va gazsimon uglevodorod xom-ashyoni transportirovka qilish xisoblanadi. Yaqin kelajakda quvirlarning boshlanishi neftь va gaz konidan emas, balki ko‘mir va bitumni qayta ishlash korxonalaridan boshlanadi. Bu bilan bir qatorda konteyner usuli deb nomlanuvchi usulda ko‘mirlarni transportirovka qilish keng yo‘lga qo‘yiladi.
Quvur transporti orqali qayta ishlashga yuboriladigan qishloq xo‘jaligi maxsulotlari, masalan, pomidor va mevalarni transportirovka qilish bo‘yicha ekspeRimental ishlar olib borilmoqda. Ularni quvurlar orqali tashish qimmatli mahsulotlarni yo‘qotilishini keskin kamaytiradi, ortish va tushirishni avtomatlashtiradi, mahsulot yetkazib berishni tezlashtiradi va arzonlashtiradi. Buni Ryazan viloyati misolida ko‘rish mumkin, Novomoskovskiy kimyo kombinati o‘g‘itlarni yetkazib berishning iqtisodiy hisob-kitoblari olib borilgan edi. Hisob– kitoblar shuni ko‘rsatadiki, avtomobil va temir yo‘l transportining katta ahamiyati borligiga qaramasdan, avtomobil va temir yo‘l transportiga nisbatan ammiakni quvur transporti orqali olib o‘tish ancha arzonga tushadi.
Ko‘pgina viloyatlarda bug‘doyni non mahsulotlarini qabul qilish punktlariga tashish narxi, uni sotib olishning 30% ni tashkil qiladi. Shu maqsadda transport sarf-harajatlarini kamaytirish uchun quvur transportidan foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligida universal quvur transportini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazishda (bu texnologik nuqtai - nazardan mumkin) va bu davlatning agrasanoat kompleksining transportga bo‘lgan ehtiyojlarini taʼminlashni sezilarli oshiradi.
Odamlarni tezkor tashish uchun katta diametrli quvirlarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Quvirdagi yo‘lovchi kapsulalarning yoki tarkiblarning
zamonaviy sharoitlarda erishish mumkin bo‘lgan maksimal tezligining darajasi – 600 dan 1000 km/soat ga teng, bu tezlik perspektiv tizim loyixalarda esa 3000 km/soat gacha. Harakatlanishga qarshilik ko‘rsatish yoqilg‘ining ko‘p ishlatilishiga, havoning ifloslanishiga, yer ustidagi tizimlarda shovqinning yuqoriligiga asosiy sabab bo‘lib, quvur transportida vakuumlashtirish va kontaktsiz magnit osma qurilmalarni qo‘llash orqali bir necha marta kamaytirish mumkin. Quvirlarni 15-20m chuqurlikda joylashtirish shovqin muammosini hal qiladi, ularni qurish uchun yer ajratishga imkon beradi. Bu afzalliklar yetarlicha salmoqli. Quvir transporti orqali yo‘lovchilarni tashish yaqin kelajakda xaqiqatga aylanadi. Transportning bu turi vaqt o‘tishi bilan aviatsiya transporti bilan bemalol baxslasha olishi mumkin.
Quvurlar mintaqaviy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yer ustiga, maxsus estakadalarga o‘rnatiladi yoki yer ostiga (shaxar quvurlari uchun keng qo‘llaniladigan usul). Suv to‘siqlari bilan kesishmalarda quvurlarni suv tubidan o‘tkaziladi. Shu sababli muammolar kelib chiqadi, asosan doimiy muzliklar mintaqalarida, cho‘l sharoitlarida. Muzlagan qatlamlar eriydi va bu quvurning uzilishiga olib keladi. Past temperaturali joylarda oddiy markadagi po‘latlar yupqalashadi. Qor ko‘chkilari bo‘lgan joylarda ko‘p qatlamli quvurlar ishlatiladi va bu ishchi bosimni oshirishga xizmat qiladi. Quvurlarni lazer yordamida ulash va payvandlash choklarning sifatini oshiradi.
Quvur transportining jadal rivojlanishi nafaqat qurilish texnikasining balki texnologiyasining tubdan o‘zgarishini talab qildi. Komplekt blok usulining qo‘llanilishi neftь, gaz ishlab chiqarishdagi obʼektlarning jadal qurilishiga sabab bo‘ldi. Texnologik bloklarning yig‘ilishi, blok- komplekt qurilmalarning yig‘ilishi, yiriklashtirilgan montaj tugunlarning, komplektlashgan binolarning joyida yig‘ish va qurilish maydoniga barcha kommunikatsiyalari bilan olib kelish uning maqsadi hisoblanadi.
Neftь va gaz obʼektlarining qurilishida bloklarni va blok- komplektli qurilmalardan foydalanishni o‘tgan besh yildagiga nisbatan 2,7 martaga oshirish ko‘zda tutilgan. Yaʼni, alohida blok-qismlarni yig‘ishdan voz kechib, qurilish
maydonlariga og‘irligi 300 dan 1000 t gacha bo‘lgan superbloklarni va yirik gabaritli katta xajmdagi bloklar ko‘rinishidagi to‘liq bitirilgan qurilmalarni olib kelishga o‘tish kerak. Bu asosan Shimoliy qutbdagi qurilishda, muzlab qolish, past temperatura va kuchli shamollar sharoitlarida juda muhim. Biroq qurilishning bunday progressiv usulimontaj joyiga og‘ir bloklarni yetkazib berish uchun yangi transport vositalarini – g‘ildirakli va gusenitsali yurishdagi, havo yostiqchalarida yuruvchi maxsus tortuvchilarni (tyagachi) talab qiladi. Katta yuk ko‘taruvchi uchish apparatlarini – maxsus vertolyotlarni, dirijabllarni va hokazolarni yaratish va ishlatish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin