O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə53/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Zilziladan himoyalanish


Zilzila vaqtida tez va xavfsiz avariya faoliyati imkoniyatini taʼminlovchi yuqori darajali mustahkam yo‘l tarmog‘ini barpo etish uchun ko‘priklar seysmik himoyalanishini hisobga olgan holda zamonaviylashtirilgan bo‘lishi zarur.

5.30-rasm. Chap tomonda seysmik himoyasiz ko‘prik tayanchi, o‘ngda esa kuchaytirilgan temirbeton qoplamali tayanch

Tog‘li xududlarda tabiiy ofatlarning oldini olish


Shiddatli yomg‘irdan va kuchli qor yog‘ishidan yo‘l harakatini ximoyalash uchun qator choralardan tashqari, yo‘l nishabligidagi ishlar va tabiiy ofatlardan zararlangan joylarni aylanib o‘tadigan yo‘llarni qurish ishlari ham tabiiy ofatlarni oldini oladi.

5.31-rasm. Chapda tosh to‘kilishini oldini olish uchun yer usti yo‘li, o‘ngda ko‘chkilarni oldini olish uchun sementbetonli himoyalash inshooti.

6. HАVO TRАNSPORTI

    1. Havo transportining rivojlanish tarixi.


Birinchi samolyot modelini ishlab chiqish Rossiyada XIX asrning ikkinchi yarmida boshlandi. Shunday qilib, 1867 yilda N.А. Teleshov o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan zamonaviy yuqori ovozli delta qanotli samolyotni eslatuvchi
«Delta» nomli samolyotni loyihasini taklif etdi.
Dvigatel sifatida soatli prujina bilan uchuvchi aeroplan modelini yaratgan rus dengiz floti kapitani А. F. Mojayskiy 1976 yilda o‘z kashfiyoti bilan samolyot yaratilishiga katta hissa qo‘shdi.
U 1877 yilda zamonaviy samolyot uchun talab qilinadigan barcha qismlari mavjud bo‘lgan monoplan loyihasini taqdim etgan: fyuzelyaj, korpus, qo‘zg‘almaydigan ko‘tarib turuvchi qanot (qanotlar), samolyotning dum qanoti, g‘ildirakli shassi va kuchli tok chiqaradigan qurilma. А.F. Mojayskiy 1888 yilda uch vintli ikki motorli samolyotni yaratdi.
U o‘zi samolyotda o‘rnatiladigan chet elda ishlab chiqarilgan 10 va 20 ot kuchiga ega bo‘lgan quvvatli bug‘ dvigatelini loyihaladi. Bu bortda inson bilan parvoz qilgan dunyodagi birinchi samolyot edi. 1894 yilda aeroplan samolyotini K.
E. Siolkovskiy ishlab chiqdi.
Chet elda ham samolyot yaratish bo‘yicha shunga o‘xshash tajribalar o‘tkazilgan. Аngliyada birinchi samolyot 1894 yilda qurildi. Аmerikalik aka-uka Orvill va Uilbur Rayt 1903 yil 17 dekabrda planerga joylashtirilgan katta bo‘lmagan benzinli dvigatelli planerda 59 sekund ichida 800 m gacha uchib o‘tishdi. Ularni ko‘pincha samolyot ixtirochilari deb xisoblashadi. 1909 yil 25 iyulda frantsuz Lui Blerio shaxsiy monoplan qurilmasida La-Mansh bo‘g‘ozini 32 minut ichida bosib o‘tdi. 1913 yil 27 avgustda Petr Nikolaevich Nesterov kiev osmonida o‘zining birinchi o‘lim sirtmog‘ini bajardi va uning bu ixtirosi hozirda ham xaqqoniy uning nomi bilan ataladi. 1914 yil 26 avgustda Nesterov birinchi marta samolyotni turtib chiqardi.
Rossiyada samolyot qurish sanoatining boshi 1908-1909 yillarga to‘g‘ri keladi, yaʼni rus muhandislari o‘zining birinchi noyob samolyotlari konstruksiyalarini
yaratishgan davrga. 1913 yilda rahbar I.I. Sikorskiy rahbarligi ostida rus konstruktorlari tomonidan o‘sha vaqtlarda ulkan hisoblangan «Bolьshoy Baltiyskiy» deb nomlangan samolyot qurildi, so‘ng uchish og‘irligi 4,2 t (chet elda 1t dan og‘ir samolyotlar bo‘lmagan) bo‘lgan «Russkiy vityazь» nomli samolyotni qurishdi. Bu dunyodagi bortiga 7 odamni olgan va tezligini 90 km/s ga oshirgan to‘rt motorli birinchi samolyotdir. Shu yilning o‘zida undan og‘ir bo‘lgan 16 odamli «Ilya Muromets» samolyoti qurildi va uchish og‘irligi 6,5 t, uchish tezligi 114 km/s bo‘lgan yangi «Svyatogor» samolyoti loyihalandi. Universal bo‘lgan havo transportidan, asosan o‘rta va uzoq masofaga passajir va yukning alohida turlarini tashish uchun foydalaniladi. Havo transportining xissasiga shaharlararo aloqa yo‘llarida passajir tashish xajmining taxmining 40% i to‘g‘ri keladi. Moddiy taʼminotning o‘sishi, madaniy, ommaviy va ilmiy aloqalarni kengaytirish aholining harakatchanligini oshirilishiga olib keladi, bu esa tezkor surʼatlar bilan joydan- joyga ko‘chish ehtiyojini – aviatsiyani talab qiladi.
Havo transportida tashiladigan yukning xajmi sezilarsiz. Yuklarning nomenklaturasi chegaralangan:

  • qimmatli yuklar (masalan, sanʼat asarlari, antikvar buyumlar, qimmatbaho metallar va toshlar, mo‘yna va boshqa);

  • tez buziladigan, gumanitar yordam singari tez eltib berishni talab qiladigan yuklar;

  • dori-darmonlar;

  • pochta;

  • uzoq regionlar uchun oziq-ovqat va sanoat tovarlari;

  • favqulodda vaziyatlar uchun yuklar.

Havo transporti yaxlit transport tizimida alohida o‘ringa ega, chunki u bir qator ishlarni amalga oshirish xususiyatiga ega, yaʼni boshqa transport vositalari bajara olmaydigan, davlatning iqtisodiy tarmoqlari uchun yaxlit transport tizimi hisoblanadi.
Havo transporti faoliyatining o‘ziga xos maxsus sohalariga quyidagilar kiradi:

  • baland qurilish inshootlarining, magistralь gaz va neft quvurlarining,

elektruzatish liniyalarining montaji;

  • yo‘l harakati inspektsiyasi;

  • qishloq xo‘jaligi ishlari (sug‘orish, yerni o‘g‘itlash, yovvoyi o‘tlar bilan kurashish uchun pestitsidlarni sepish, g‘o‘za barglarini teRim oldidan yo‘qotish ishlari, o‘simliklar, guruchlar urug‘ini aerosepish va b.);

  • asosan o‘rmon massivlarini olovini o‘chirish;

  • uzoq va borish qiyin tumanlar bilan aloqa o‘rnatish;

  • tez tibbiy yordam, undan tashqari belgilangan joyda ularning yetishmasligi yoki yo‘qligida tor tibbiy ixtisoslikdagi mutaxassislarni olib o‘tish;

  • pochtalarni tashish;

  • qutbdagi tumanlarga xizmat ko‘rsatish;

  • geologik qidiruv;

  • aerofotosʼemka;

  • neft konlarining qidiruvi;

  • muzli qidiruv va Chet Shimol va Shimoliy dengiz yo‘lidan kemalarni olib o‘tish;

  • ishlashning vaxtali metodida dengiz neft konlariga ishchilarni eltish va boshqa. Xozirgi kunda Rossiyada 400 ga yaqin aviakompaniyalar va 845 ta aeroportlar ishlab turibdi, ulardan 63 tasi federal ahamiyatiga ega, 49 tasi xalqaro ahamiyatga ega. 5-10 samolyoti bor kichik aviakompaniyalar katta kompaniyalar bilan raqobat qilishi qiyin. Samolyot parkini yangilishning muammosi havo transportining ishlash ko‘rsatkichlariga sezilarli taʼsir qiladi. So‘nggi vaqtlarda kichik kompaniyalarni 10-12 ta yirik aviakorxonalarga birlashtirish tendentsiyasi oldindan belgilab qo‘yilgan (chet el aviakompaniyalari namunasi bo‘yicha). Аgar havo transporti korxonasi xususiylashtirilsa (aktsionerlashtirilsa), u xolda havo xarakatini boshqarish tizimini xususiylashtirilmaydi, buning sababi boshlang‘ich narxining balandligi va ekspluatatsiyadagi xarajatlar emas, balki uchishlarning

xavfsizligi va insonlar hayoti uchun davlat tomonidan javobgarlikni olmasligidir.
Havo transportining asosiy texnik-ekspluatatsion xususiyatlari va xavo transporti afzalliklari:

  • passajirlar va yuklarning yuqori tezlikda eltish;

  • manyovrlik va operativlik, ayniqsa yangi yo‘nalishlarni tashkil qilishda;

  • passajirlar oqimining o‘zgarishida uchish tarkibini tezda qaytadan joylashtirish imkoniyati, ayniqsa boshqa transport turlarining xalokatlari xisobiga;

  • uchishlarda katta qo‘nishlarsiz (10000 km ga yaqin);

  • qatnovning eng qisqa yo‘li;

  • eltishning tezligi xisobiga ommaviy vaqtning tejalishi;

  • yuk tashish imkoniyatining chegaralanmaganligi (xozirda ular aerodromning quvvatiga qarab chegaralangan);

  • uncha katta bo‘lmagan nisbiy kapital mablag‘lar (1 km havo yo‘lida 1 km temir yo‘lga qaraganda 30 barobar kam).

Havo transportining nisbiy kamchiliklari:

  • tashish tannarxining yuqoriligi, shuning uchun aviatransport yuk transporti xisoblanmaydi;

  • havo-iqlim sharoitlariga bog‘liqligi.

Samolyotning yuqori tezligi, masalan, Moskvadan Vladivostokgacha bo‘lgan masofani samolyotning asosiy turida 89 soatda va 4 soatda - yuqori tovushli samolyotda (temir yo‘lda bu masofa 7-8 sutkada bosib o‘tiladi).
Havo transportining ishlash texnologiyasi o‘zining xususiyatlariga ega.
Harakat quyidagicha bajariladi:

  • qatʼiy jadval bo‘yicha, aerodrom maydonida uchish-qo‘nish tasmasining murakkabligiga bog‘liq;

  • avvalam bor, samolyotning tezligi va yuk ko‘tarishiga qarab, harakat tarkibining har biriga o‘zining harakatlanish koridorini ajratish tizimi bo‘yicha. Harakat koridori – bu uchishning ko‘ndalang va bo‘ylama tekisligidagi koordinatalar tizimi va uchishning xisoblangan balandligi. Koridor tizimi xavoda havo kemalarining to‘qnashishi imkoniyatini yo‘qotish uchun ularni yoyib yuborishga imkon beradi. Uchish apparatlari o‘lchov tizimi va uchish balandligini

ushlab turishga muvofiq jixozlangan.
Chet elda yangi tendentsiya ko‘zda tutilmoqda - havo transporti orqali
yuklarning kichik partiyasini tashish (partsell yuklar deb ataluvchi). Transportirovka qilish narxi sug‘urtaning kamayishi (havo transportida yuklarning o‘g‘irlanishi, yo‘qotish va shikastlanishi yerda yuradigan transport turlariga qaraganda kam xollarda sodir bo‘ladi), soddalashishi va tashqi taʼsirlardan himoyalanmaslik hisobiga pasayishi mumkin. Havo transportining rivojlanish tendentsiyali va muammolari ko‘p qirrali.
Аsosiy muammo - harakat tezligining oshishi (xozirgi kunda tezlik 2500 km/s ga yetdi). Аeroport hududini qisqartirish maqsadida samolyotlarni kalta va fuqaro aviatsiyasi uchun uchish-qo‘nishni vertikal qilib yaratish talab qilinmoqda (ular 1969 yildan buyon xarbiy aviatsiyada mavjud).
UQT ning mustahkamligini oshirish sezilarli yuk va harorat xisobiga katta muammo bo‘lib qolmoqda. Аn-22 samolyoti gruntli yo‘llarda ishlashi mumkin, lekin har doim emas. Samolyotlarni avtomatika vositasi bilan yaratish, har qanday ob-havoda (har xil havoga mos deb ataluvchi) turli ko‘rish sharoitlarida uchish- qo‘nishni taʼminlash, havo transportining raqobatbardosh imkoniyatlarini kengay- tirishga va passajirlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga imkoniyat tug‘diradi.
Og‘irlik va tezlikni oshirilishi bilan bog‘liqlik yoqilg‘i tejamkorligini oshirishni talab qiladi.
Аeroport hududida yangi uchish tizimlarini va havo transportini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish zarur; aeroport hududida samolyotlarga xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish; passajirlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish talab qilinadi, undan tashqari, chiptalarning sotilishini va yuklarni tashishning avtomatlashtirilgan tizimlarini kiritish va eng asosiysi–passajirlarga xizmat ko‘rsatishning yanada keng imkoniyatlarini yaratib beruvchi, transportning boshqa turlari bilan raqobat qilishga imkon beradigan va harakatlanishga vaqt sarflashni kamaytirishga imkon beradigan harakatlanishning xavfsizligini oshirish.
Fuqaro aviatsiyasi samolyotlarining asosiy turlari uzoq masofaga 900-1100 km/s tezlik bilan, o‘rta masofaga 500-700 km/s tezlik bilan uchadi. Xarbiy aviatsiyadan fuqaro aviatsiyasiga katta tezliklarni o‘tkazish yuqori narx va katta tezliklarda inson (xarbiy uchuvchilar maxsus tayyorgarlik ko‘rishadi) ko‘taradigan
og‘irliklar natijasida murakkablashadi.
Vertolyotlar oddiy samolyotlar bajara olmaydigan ishlarni bajara olish qobiliyatiga ega: vertikal uchish va yerga qo‘nish, havoda harakatsiz turish va joyida qayrilish, oldinga va orqaga, o‘ngga va chapga ko‘chish. Ko‘tarish kuchini vertikal o‘qdagi bir yoki bir nechta vintlar yaratadi. Vertolyotlarning asosiy agregati ko‘tarib turuvchi vint xisoblanadi.
Texnik jihozlanishga harakat tarkibi va aeroportlar, hamda aerodromlar kiradi.
Samolyotlar aerodromlardan uchib, aerodromlarga qo‘nishadi. Аerodrom – bu uchish, qo‘nish, turish va xizmat ko‘rsatishni taʼminlash uchun inshootlar va qurilmalar kompleksi bilan jihozlangan maxsus moslashtirilgan yer uchastkasi. Аerodromlar asosiy, zaxirali va tayanch punktli bo‘ladi. Doimiy va xavfsiz uchishni taʼminlash uchun aerodromlar radio va yorug‘lik texnikasi vositalari kompleksi bilan jixozlanadi. Vertolyotlarga uchish va qo‘nish uchun uncha katta bo‘lmagan maydonlar talab qilinadi.
Аerodrom ancha kengroq «aeroport» tushunchasiga kiradi. Аeroport — bu passajirlarni, passajirlar yuklarini, yuklar va pochtalarni qabul qilish va jo‘natishni amalga oshiradigan, harakatlanadigan tarkibning uchishini tashkil qilish va xizmat ko‘rsatadigan transport korxonasi. Аeroport bir necha ming gektar xududni egallaydigan inshootlarning, binolarning, texnik vositalar va jihozlarning murakkab muhandislik kompleksini o‘z ichiga oladi.
Аeroportlar xalqaro (masalan, Sheremetьevo-2), respublika ahamiyatidagi (Domodedovo va b.) va mahalliy ahamiyatdagi (Tushino) turlarga bo‘linadi. Passajirlar tashishning yillik xajmiga bog‘liq xolda aeroportlar 5 ta klassga bo‘linadi. Dunyoning yirik aeroportlari yiliga bir necha o‘n million passajirlarni tashishi mumkin. Masalan, passajirlar tashishning yillik hajmi Londondagi Xitrou va Nyu-Yorkdagi Dj. Kennedi aeroportlari 25 mln kishini, Chikagodagi O`Xara aeroporti 40 mln kishini, Moskvadagi Vnukovo aeroporti (rekonstruksiyadan so‘ng) 27 mlnga yaqin kishilarni tashiydi. Xozirgi vaqtda Moskvada 4 ta aeroport xizmat ko‘rsatmoqda va Moskva tumanining Solnechnogorsk atrofida beshinchi aeroport qurish uchun yer zaxira qilib qo‘yilgan.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin