O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə51/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Давлатлар

Рухсат этилган максимал ҳаракат
тезлиги, км/ч

Автомобиль хайдаш учун рухсат этилган
минимал ёш

Қондаги рухсат этилган алкоголь
миқдори, %

Автомагис- тралларда

Аҳоли яшамайдиган
ҳудудларда

Аҳоли яшайдиган
пунктларда

Андорра

-

70

40

18

0,08

Болгария

120

80

60

18

0,00

Бельгия

120

90

50

18

0,05

Дания

110

80

50

18

0,05

Германия

130

100

50

18

0,08

Финландия

100-120

80-100

50

18

0,05

Буюк Британия

112

96

48

18

0,08

Франция

110-130

90

50

18

0,00

Эстония

90

50

50

18

0,05

Греция

100

80

50

18

0,05

Венгрия

120

80

50-60

18

0,05

Ирландия

88

64-88

48

17

0,10

Италия

130-110

90

50

18

0,00

Югославия

120

80

60

18

0,05

Исландия

80

80

50

17

0,05

Литва

130

110

50-70

18

0,00

Латвия

-

100

60

18

0,05

Люксембург

120

90

60

18

0,08

Нидерландия

80

80

50

18

0,05

Австрия

100-130

100

50

18

0,05

Ўзбекистон

100

100

70

18

-

Россия

130-110

90

60

18

0,016

АVTOMOBIL yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilishda Yaponiya tajribasi


Ikkinchi jahon urushi mag‘lubiyatidan so‘ng Yaponiya iqtisodiyoti qaytadan tiklanishni boshladi va hayot darajasi asta-sekin yaxshilandi, so‘ngra avtomobillar tezlik bilan ommalasha boshladi. Ikkinchi jahon urushi tugaganda hammasi bo‘lib 130,000ta avtomobil ro‘yhatga olingan edi, lekin bu miqdor tez suratlar bilan oshib
bordi, 1951 yilda 500 000 avtomobilga, 1953 yilda esa ikki barobar yaʼni bir millionga va yana 1957 yilda ikki barobargacha. yaʼni ikki millionga yetdi. Yaponiyada avtomobilizatsiya erasi boshlandi, lekin avtomobilizatsiya darajasini tezroq qo‘llash uchun yo‘l tizimi orqada qolgan edi. Meinshin tezkor magistralida tadqiqot o‘tkazish uchun Yaponiya hukumati taklifi bo‘yicha kelgan iqtisodchi Ralьf Dj Uotkins 1956 yilgi xisobotida shunday deydi: “Yaponiyadagi yo‘llar misli ko‘rilmagan darajada yomon xolatda. Boshqa xech qanday sanoati rivojlangan millat yo‘l tizimiga bunday beparvolik bilan qaramagan” (5.19-rasm).
Yaponiyada o‘sha vaqtlarda yo‘l tizimi haqiqattan ham qo‘rqinchli ahvolda bo‘lgan. Birinchi toifali milliy arterial avtomagistral tizimi faqatgina 23% qurilgan edi. Umumiy milliy yo‘lning faqatgina uchdan ikki qismi qoplamali bo‘lgan. Tokioni Osaka bilan bog‘lovchi magistralning asosiy arteriyalaridan biri bo‘lgan birinchi raqamli marshrut qoplamali bo‘lgan.
Bu vaqtda Yaponiya hukumati Uotkinsni taklifini qabul qildi va darxol ularni amaliyotda qo‘llashdi. Shundan qilib, Yaponiyadagi yo‘llarni yaxshilash tez suratlar bilan boshlandi, so‘nggi yillarda davlatning yuqori iqtisodiy o‘sish davri oldinga siljidi (5.20-rasm).

5.19-rasm. Uotkins o‘zining xisobotida 1950 yillar o‘rtalarida yo‘llar xolatini «haddan tashqari yomon» deb yozgan.

5.20-rasm. 1968 yil aprel oyida Okadzaki bilan Komakini birlashtiruvchi «Tomey» tezkor magistralining ochilish marosimi.
Yo‘llar aloqa vositasi bo‘lib, jamiyatning foydalanishi uchun ochiqdir va quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Milliy-tezkor avtomagistrallar;

  • Milliy avtomagistrallar;

  • Tuman yo‘llari;

  • Idoraviy yo‘llar.

Milliy-tezkor avtomagistrallar butun davlat bo‘yicha avtomobillar uchun strategik transport tarmog‘ini shakllantiradi va tumanlarni siyosiy, iqtisodiy, madaniy ahamiyati jihatidan bog‘laydi yoki milliy manfaatga muhim taʼsiri mavjud (Milliy tezkor avtomagistral haqidagi qonunning 4-moddasi).
Milliy tezkor avtomagistrallar bilan milliy avtomagistral birgalikda strategik tarmoqni, transport tarmog‘ini shakllantiradi va xuquqiy xarakterga ega bo‘lgan talablarga javob beradi (Yo‘llar haqidagi qonunning 5-moddasi).
Maxalliy yo‘llar regional arterial yo‘llar tarmog‘ini xosil qiladi va xuquqiy xarakterga ega bo‘lgan talablarga javob beradi (Yo‘llar haqidagi qonunning 7- moddasi).
Idoraviy yo‘llar idoraviy yuridik tashkilotlarga xizmat qiladi (Yo‘llar haqidagi qonunning 8-moddasi).
5.21-rasm. Yaponiyadagi yo‘llar
Ot aravalar tarixidan shunday xulosa chiqarsak bo‘ladi: o‘sha kunlarda Yaponiyada faqatgina yomon yo‘llar bo‘lgan. Undan ham achinarlisi, avtomobil yo‘llarining sekin rivojlanishi edi, chunki temir yo‘l tizimining rivojlanishi dolzarb xisoblangan edi. Bunday sharoitlarda yo‘llar rivojlanishining besh yillik dasturi shunday ishga tushirilgan ediki, avtomobil yo‘llari rivojlanishining to‘liq tezlashtirilishi yaxshi yo‘lga qo‘yildi.
Jamoatchilik ishlariga byudjet yo‘l harakatiga bo‘lgan ehtiyojlarning doimiy o‘sib borishini qoniqtira olmaydi, shuning uchun ikki tizimi o‘rnatilgan edi: pullik yo‘l tizimini moliyaviy taʼminlash va qisqa vaqt ichida yo‘l loyihalarining sonini oshirish uchun soliq solish.
1952 yilda qabul qilingan oldingi «Yo‘l qurilishi va obodonlashtirilishiga tegishli bo‘lgan maxsus chora-tadbirlar xaqidagi qonun» milliy va mahalliy xuquq organlari yo‘llarni rivojlantirish uchun yetarli pulni qarzga berishlari va bu pullar yangi yo‘llar uchun yig‘ilgan pullar daromadidan to‘lanishi mumkin bo‘lgan pullik yo‘llar tizimini kiritishga yo‘l qo‘ydi.
Pullik yo‘lda tizim birinchi navbatda milliy tezkor loyihalar uchun qo‘llanilgan edi. 1956 yilda Yaponiyada tezkor yo‘llarning samarali ekspluatatsiyasi va xususiy
sektorning moliyaviy resurslardan foydalanish uchun avtomagistrallarning
ommaviy korporatsiyasiga asos solindi.


5.22-rasm. Milliy-tezkor avtomagistralining tarmog‘i
Rasmda avtomobil yo‘llarining klassifikatsiyasi bo‘yicha qiziqarli faktlarni kuzatish mumkin. Yo‘lning umumiy uzunligi 1 214 917.1 km ni tashkil qiladi, ulardan faqatgina 340 000 km yo‘lning kengligi 5,5 m dan kam emas va ular qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobillarni o‘tishi uchun mo‘ljallangan. Yaʼni 874 917 km yo‘llarning kengligi 5,5 m dan kam. Bu raqam mutlaqo hamma yo‘llar inventarizatsiya qilinganligi va har yilgi hisobga kiritilishi xaqida maʼlumot beradi.
O‘zbekiston bilan solishtirilganda, xozirgi kunda avtomobil yo‘llarining umumiy
uzunligi 183 000 km ni tashkil qiladi. Bunga umumfoydalanuvdagi yo‘llarning – 42 600 km, 67,2 ming km ichkixo‘jalik va qishloq xo‘jalik avtomobil yo‘llari, 61,6 ming km dan ortiq yo‘llar qishloq va shahar ko‘chalari, 5,4 ming km dan ortiq yo‘llar korxona, shuningdek, 6,6 ming km dan ortiq yo‘llar idoraga qarashli yo‘llar kiradi.
Milliy tezkor avtomagistrallarning va milliy avtomagistrallarning umumiy uzunligi avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligidan taxminan 5 % ni tashkil qila- di, lekin barcha avtomobillarning taxminan 40 % iga xizmat ko‘rsatadi. Bu shu xaqida maʼlumot beradiki, Yaponiyada avtomagistrallarni juda yuqori standartlar- ga muvofiq rejalashtiriladi va loyihalanadi va transport oqimini barcha talablariga javob beradi. Аrterial yo‘llar asosiy transport oqimini tegishlicha o‘tkazishi shart.
Oxirgi 12 yilda YTH sezilarli darajada kamaydi va 2012 yilda 4500 dan kamayganiga qaramasdan, jarohatlanish soni avvalgidek 800000 dan oshdi (5.25- rasm). Shuningdek, Yevropa va АQSh ga nisbatan pensionerlar va piyodalarning o‘limi yuqori xisoblanadi. Shuning uchun arterial magistrallar va ko‘chalarda YTH sonini kamaytirish uchun tegishli va samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

5.23-rasm. 1995 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davrda Yaponiyada YTH o‘zgarishi.
Maʼlumki, YTH lar magistrallarning maʼlum bo‘laklarida tez-tez ro‘y beradi, alohida yuqori darajali YTH ro‘y beradigan 3396 uchastka qora dog‘ sifatida
belgilangan. Baxtsiz xodisalar natijasida o‘lim yoki jarohatlanishni oldini olish uchun alohida meʼyorlar belgilangan edi va jamoat xavfsizligi organi bo‘yicha komissiya va yo‘l maʼmuriyatining o‘zaro taʼsiri orqali tegishli choralar o‘tkazilmoqda.

5.24-rasm. Chorrahalarda avtoxalokatlarning oldini olish chora-tadbirlarining misoli

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin