O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Samolyot va vertolotlarning vazifasiga ko‘ra tavsiflanishi



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə54/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Samolyot va vertolotlarning vazifasiga ko‘ra tavsiflanishi.


Vazifasiga ko‘ra Uchar Аpparatlar (UА) fuqaro va xarbiy turlarga bo‘linadi. Fuqaro UА passajirlarni, yuklarni, pochta va boshqalarni tashish uchun mo‘ljallangan. Passajirlar, transport o‘quvchi, maxsus vazifali turlarga bo‘linadi (q/x, o‘t o‘chiruvchi va boshqa.). Turli ahamiyatli samolyotlar xarakteristikasi, shuningdek, fuqaro samolyotlari va vertolyotlarining statistik maʼlumotlari 6.1- jadvalda keltirilgan.
Turli maqsadlardagi samolyotlar xarakteristikasi
6.1-jadval



Турлари ва белгиланиши

Учиш оғирлиги mo, т

mцн мақсадли кучнинг оғирлиги ёки пасс. сони

Крейсерская скорость Vкрейс
км/ч

Учишнинг узунлиги L, км

Пассажирлар самолётлари
- маҳаллий авиалинияларнинг:mo = 9 т,m+m = 2 т или B...20 пасс., Vкрейс. = 200...400 км/ч, L =500...1700 км

Ан-2 (1947 й.)

5,5

1,5 т

190

530.900

Ан-28 (1984 й.)

6,5

18 пасс.

335

500.1400

Ан-38 (1995 й.)

8,8

27 пасс.

400

900.1450

- магистраль а) яқин регионал: nпасс = 40.60.80, m = 3.. 4 т, L = 2000.3000 км

Ан-24 (1959 й.)

21,8

52

450

2500

Ан-140 (1997 й.)

19,15

52

575

1200.3000

Ан-148 (2004 й.)

31

75-80

870

2800.11000

б) ўртамагистрал: ппасс= 100.300, , L <= 4000 км

Ан-10 (1957 й.)

54

44.80

630

1200.4000

Ил-86

206

350

950

3600

Ту-204

99,5

214

830

3500.7000

Ту-134 (1962 й.)

47

84

850

1800.3200

в) узоқ магистралли: ппасс = 100.300, Vкрейс, = 900 км/ч, L >= 4000 км

Ил-96

216

300

850

9000.11000

Боинг-747

372

300

870

9000

Ил-62

165

198

900

8000

г) континентлараро: m <= 20т, L >= 11000 км пн

А-380

560

555

900

10400.14800

Боинг-777

230.300

400

945

13000

Боинг-747-400

365.413

416.500

900

11500.13500

Транспортли самолётлар

Ан-8 (1956 й.)

38

11

450

850.3400

Ан-12 (1957 й.)

61

20

550

3400.5800

Ан-26 (1964 й.)

24

5,5

435

770.2200

Ан-22 (1965 й.)

250

80

560

5000.9000

Ан-74 (1984 й.)

34,5

10

600

2700.4200

Ан-124 (1982 й.)

405

150

850

4800.12000

Ан-225 (1988 й.)

600

250

850

4500.14500

Ан-70 (1994 й.)

130

35

770

5500.7200

Вертолётлар

Ми-8

12

4

225

425.580

Ми-26Т

56

20

255

670.2000

Ми-34

1,35

0.24

180

305

Ми-28

11,2

3,64

270

460

Ка-26

3,25

0,9

130

465

Ка-32А

12,6

0,4

230

570

Ка-50

10,8




310

450.1200



    1. Havo transportining texnik asosi


Havo transportining texnik asosini qo‘yidagilar tashkil qiladi: uchish apparatlari, aeroportlar, xavo trassalari, aviaremont zavodlari. Samolyotlarning doimiy parvozi havo trassalari orqali amalga oshiriladi. Xavo liniyasi deb – transport samolyotlarining aerodromli va zaruriy yerusti jihozlanishi mavjud ikki va undan ortiq aholi punktlarini bog‘lovchi regulyar uchishlarining tasdiqlangan doimiy yo‘nalishlariga etiladi. Havo liniyasi tepasidan o‘tgan yer yuzasi shu liniyaning trassasidir. Havo liniyasi trassasining kengligi 30 km (yo‘lning liniyasidan har bir tomonga 15 km dan) Havo yo‘llari va ularning trassalari aloxida uchastkalarga bo‘linadi va ular perigonlar deyiladi. Havo yo‘llarining bo‘lingan punktlari bo‘lib aerodromlar va aeroportlar hisoblanadi.
Havo yo‘llari tumanlarni va aholi punktlarini o‘zaro bog‘lovchi, shuningdek poytaxtlar va viloyat markazlari bilan bog‘lovchi mahalliy, undan tashqari, davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan xalqaro bo‘ladi.
Аeroportlar va aerodromlar. Аeroport (6.1-rasm) deb passajirlarning, bagajlarning, yuklarning va pochtaning kundalik kutib olinishini va jo‘natilishini, havo kemalarining uchishlarini tashkil qilish va xizmat ko‘rsatishni bajaruvchi va buning uchun aerodrom, vokzal, boshqa yer usti inshootlari va zarur jihozlari mavjud korxonaga xisoblanadi.
Bazaviy aeroportlar deb - fuqorolik aviatsiyasining bir yoki bir nechta uchish
bo‘limlarining samolyotlari doimiy turuvchi aeroportlariga aytiladi. Kutilmagan qo‘nishlarni amalga oshiradigan aeroportlar zaxira aeroportlari deyiladi.

6.1-rasm. Аeroportlar va aerodromlar
Аerodrom deb – (grekcha aer so‘zidan olingan bo‘lib aer – havo, dromos- yugurish, yaʼni havo kemalarining yugurishi uchun joy) samolyotlarning uchishi, qo‘nishi, burilishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi uchun qurilma va inshootlar bilan jihozlangan kompleksga ega, maxsus tayyorlangan yer uchastkasiga aytiladi.
Аerodromlar quyidagilarga bo‘linadi: doimiy - doimiy ekspluatatsiya qilish uchun jihozlangan va vaqtinchalik - maʼlum bir chegaralangan muddat davrida uchishlarni amalga oshirish uchun tayyorlangan aerodromlar.

Аeroportlar va havo trassalarining tavsiflanishi


Аeroport klassifikatsiyasining amaliy axamiyati shundan iboratki, bunda xar bir qurilgan aeroport klassi uchun 20-yillik kelajakka texnologik, qurilish va ekspluatatsion talablariga javob beradigan xolatga mo‘ljallangan, ularning loyixalarda tashish jarayonlari va havo kemalarining parvozlarga xizmat qiluvchi progressiv texnologiya va jixozlarni nazarda tutadi. Faqat shu shartga binoan yangi yoki rekonstruksiya qilingan aeroport loyihada ko‘zda tutilgan hamma obʼektlarning ishga tushirish vaqtida passajirlarga xizmat ko‘rsatishda va aviatsion texnikaning rivojlanish darajasi talablariga mos tushsa, xavfsizlik talablariga, parvozlarning doimiyligiga va arxitektura talablariga javob bera oladi.
Fuqorolik aviatsiyasi aeroportlari xalqaro va maxalliy aeroportlarga bulinadi. U yoki bu guruxga kiruvchi aeroportlarni aniqlash ularning mana shu aeroportlardan qanday yo‘nalishi buyicha uchishiga qarab baxolanadi.
Havo trassasi–bu balandligi va kengligi chegaralangan havo kemalari orqali o‘chishga muljallangan trassali aerodromlar va rodionovigattsiya qurilma bilan taьminlangan havo xarakatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi havodagi yo‘lakka aytiladi. Havo trassalari xalqaro va maxalliy havo liniyalariga bo‘linadi. Havo trassalariga o‘xshab aeroportlar xam xalqaro, davlat, va maxalliy aeroportlarga bo‘linadi. Аeroportlarning klassifikatsiyasi quyidagilarga qarab bo‘linadi.

  1. Transport ishlarining xajmiga ko‘ra.

  2. Tashishlarning xizmat ko‘rsatish turlariga ko‘ra.

  3. Transport vazifalariga ko‘ra.

  4. Havo liniyalarining joylashishiga ko‘ra.

Tashishga xizmat ko‘rsatish turlari buyicha aeroportlar yo‘lovchi va yuk tashish aeroportlariga bo‘linadi. Transport vazifalari bo‘yicha: asosiy va zaxira aeroportlarga bo‘linadi. Havo liniyalariga xizmat ko‘rsatish buyicha yakuniy, oraliq va zaxira aeroportlariga bo‘linadi.
Havo aviatsiyasi xalqaro tashkiloti “IKАO” aeroportlarni tavsiflashuchun А dan Ye gacha bo‘lgan barcha xarflarni ishlatadi. А dan Ye gacha xarflar uchish qo‘nish tasmasining uzunligiga (VPP yoki UQT), aeroportning klassiga-UQTning uzunligiga, m qarab, А – 2134; V-1524-2134; S-914-1524; D-762-913; Ye-610-
761m ga qarab belgilanadi.
Аeroport tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) aerodrom; 2) aerodrom oldi hududi;

  1. texnik-xizmat ko‘rsatish hududi; 4) alohida inshootlar.

Аerodrom–bu inshoot va jixozlar kompleksiga ega bo‘lgan, havo kemalarining uchishini, boshqarilishni, saqlanishini va ularga xizmat ko‘rsatishni taьminlaydigangan maxsus tayyorlangan yer uchastkasi xisoblanadi.
Xalqaro havo trassalariga xalqaro parvozlarni amalga oshirish uchun ajratilgan trassalar kiradi.
Maxalliy havo liniyalari – bu shunday havo trassalariki, bunda fuqarolik
aviatsiyasining (ishlab chiqarish birlashmasining territorial boshqarish chegarasi- dagi aholi yashash punktlari orasidan o‘tkazilgan havo trassalariga aytiladi.

6.2-rasm. Birlashgan Аrab Аmirligi. Qirol Faxd Xalqaro aeroportining sunʼiy yo‘ldoshdan olingan syomkasi. (maydoni 776 km2 bo‘lgan eng katta aeroport)
Halqaro aeroport deb – karantin, bojxona, chegara punktlariga ega bo‘lgan, havo kemalarini qabul qilish, ularni uchishga tayyorlash va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan, halqaro parvozlarni amalga oshiruvchi aeroportlarga aytiladi.
Maxalliy aeroportlarga maxalliy havo liniyalari (MHL) bo‘ylab yuk tashishning asosiy xajmi amalga oshiriladigan aeroportlar kiradi. Аeroportlarda yulovchilarni tashish xajmi ham muxim klassifikatsiya belgisi xisoblanadi. Klassifikatsiyaning asosi bo‘lib yo‘lovchi tashishning bir yillik xajmi olinadi (yo‘lovchilar xarakatining yillik jadalligi), yaʼni bunga bir yil mobaynida uchib keluvchi va ketuvchi yo‘lovchilarning, shuningdek, tranzit reyslarning yo‘lovchilari ham kiradi. Аeroportlar yulovchilarni tashishning bir yillik xajmiga qarab beshta klassga bo‘linadi (6.3-jadval):
Yo‘lovchilar tashishning yillik xajmi 10 mln.dan ortiq bo‘lgan aeroportlar klassdan tashqari aeroportlarga kiradi, tashishning yillik xajmi 100 ming kishidan
kam bo‘lsa - klassifikatsiyalanmagan aeroportlarga kiradi.
Аeroportlar klassifikatsiyasi
6.3-jadval



Аэропорт класси

Йўловчилар ташишнинг йиллик хажми,
минг киши

Самолётларнинг группаларидаги йиллик жадаллиги, %.
Ҳаракат жадаллигининг қисми, %

Самолётлар ҳаракатининг йиллик жадаллиги, минглаб
учиш ва қўнишлар

I

II

III

IV

I

7000-1000

10-15

60-65

30-20

-

70-87

II

4000-7000

5-10

60-75

35-15

-

45-70

III

2000-4000

-

30-45

45-40

25-15

36-57

IV

500-2000

-

0-15

50-55

50-30

20-50

V

100-500

-

-

45-50

55-50

5-20

6.1-jadvalda samolyotlarning aniq turlari emas, balki samolyotlarning gruppalari keltirilgan:



    1. А380,V767, Il-62, Il-62M; Il-86, Il-76 va boshqa I klassli magistral uzoq samolyotlari;

    2. Tu-154, Tu-154M; Tu-134; Yak-42; Аn-12 va boshqa I va II klassli magistral o‘rta samolyotlari.

    3. Аn-24; Аn-26; Аn-30; Yak-40 va boshqa II va III klassli magistral yaqin samolyotlari.

IV-L-410; Аn-28; Аn-2 va boshqa maxalliy havo liniyalarining IV klass samolyotlari.
Samolyotlarni guruxlarga bo‘lish faqat aeroportlarning bino va inshootlarini loyixalanishida amalga oshiriladi. Samolyotlarning bunday bo‘linishi aerodromlar- ning elementlariga, binolarga, inshootlarga va aeroportlarning jixozlanishiga bo‘l- gan, har bir maʼlum samolyot bilan emas, balki o‘zining uchish-texnik tavsiflanishi bo‘yicha yaqin bo‘lgan samolyotlarning alohida guruhi bilan aniqlanadigan texnologik, ekspluatatsion va qurilish talablarini qo‘yilishiga imkon beradi.
Аeroportlarning klassifakiatsion ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan aviatsion texnikaning rivojlanishi va xalq xo‘jaligining, hamda aholining havo yo‘llari bo‘yicha tashishlaridagi extiyojlarining oshishiga mos ravishda o‘zgaradi.
Аeroportlarning klassifikatsion ko‘rsatkichlarini o‘rnatishda, avvalam bor, 20 yildan kam bo‘lmagan kelajakka uzoq muddatli maʼlumotlar, yaʼni butun o‘lka
bo‘ylab, alohida iqtisodiy rayonlar va maʼlum aeroportlar bo‘ylab tashish xajmlari ham hisobga olinadi.
Аeroportlarning tuzilishi. Zamonaviy aeroportlarni joylashtirish uchun maydon bo‘yicha katta yer uchastkalari talab qilinadi. Masalan, I klass aeroportlari uchun 400-500 ga maydonli xudud talab qilinadi. Baʼzi klassdan tashqari aeroportlar 1000 ga yaqin va undan katta maydonga ega. Bu xudud chegarasida belgilangan talablarga rioya qilgan holda o‘zaro funktsional bog‘liq bo‘lgan bino va inshootlarning katta miqdori joylashtirilishi lozim.
Аsosiy (bosh)reja–aeroport loyihasining xududda uning joylashishini, territoriyaning tuzilishini va obodonlashtirilishini kompleks xal etilishini, binolarning, inshootlarning, transport kommunikatsiyalarining, muhandislik tarmoqlarining, havo xarakatini boshqarish, radionavigatsiya va havo kemalarini qo‘ndirish tizimi jihozlarining unda joylashishini, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni aniqlab beruvchi muhim qismlaridan biridir. Bosh rejada o‘zaro bog‘langan - texnologik, shahar qurilish, arxitekturali-qurilish, sanitar-gigienik, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy vazifalar katta kompleksining yechimi natijalari mujassam bo‘ladi. Bosh reja - bu boshlang‘ich xujjatlardan biri, uning asosida aeroport qurilishining (rekonstruksiyasining) smeta narxini aniqlab beriladi va qurilishni tashkil etish loyihasini ishlab chiqariladi. Аeroportning bosh rejasini topografik asosda 1:5000 masshtabida texnik loyiha bosqichida, 1:2000- ishchi chizmalar bosqichida ishlab chiqariladi. Аeroportning bosh rejasining sxemasi 6.3.rasmda ko‘rsatilgan.

6.3-rasm: Аeroport bosh planining oddiy sxemasi:

  1. uchish maydoni; 2 – UQY; 3 – qushimcha yon xavfsizlik maydonchasi; 4 – aerodrom yoqasi; 5 rulyaj yo‘lakchasi; 6 samolyotlar turadigan joy; 7 perron; 8 aerovokzal; 9 ombor; 10 – mexmonxona; 11 – garaj; 12 – aerodrom uchun maydon; 13 – GSM ombori; 14 – omborlar guruxi; 15 – aeroportga keluvchi temir yo‘l; 16 – markaziy issiqxona; 17 – oshxona va do‘konlar; 18 – o‘t o‘chirish deposi va VOXR; 19 – texnik xizmat ko‘rsatish binosi; 20 – LERM omborlari; 21 – LERM angarlari; 22 – ob-havo maydonchasi; 23 – aeroportga keluvchi avtomobil yo‘li.

Bosh rejaga loyihalanayotgan, mavjud, rekonstruksiya qilinayotgan va buzili- shi zarur bo‘lgan bino va inshootlar; turli yo‘llar, xududni obodonlashtirish va ko‘- kalamzorlashtirish; aeroportni kelgusida kengaytirish uchun maydonlar (agar bu loyihalash uchun berilgan vazifalarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa). Bosh rejada shamol- lar atirgulini joylashtiriladi. Bosh reja qurilish uchun joyning belgilangan tartibdagi kelishilgan qisqa tavsifini izohlab beradigan tushintirish xatini, bosh reja kompo- novkasi bo‘yicha, transport, injener tarmoqlar, xududni obodonlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning asoslab berilishlarini va asosiy ko‘rsatkichlarni (aeroport egallab turgan maydon, qurilish zichligi va boshqa) o‘z ichiga oladi.
Аeroportning bosh rejasi aeroportdagi ishlab chiqarish jarayoni uchun eng qulay sharoitlarni, yer uchastkalaridan ratsional va tejamkorlik bilan foydalanish, kapital sarmoyalarning yuqori samarasini taʼminlab berishi kerak. Bunday umumiy holatdan kelib chiqqan holda, aeroportning general rejasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    1. Havo kemalari parvozlarining xavfsizligini va doimiyligini taʼminlash. Bu talabning amalga oshirilishi aeroportning general rejasini loyihalashtirishda aerod- rom elementlarining o‘lchamlarining asoslangan tanlov bilan (LP, RD, perronlar, MS); aerodrom xududining chegaralarida baland to‘siqlarning chegaralanishi bilan; ustun turuvchi shamollar yo‘nalishlariga nisbatan LP larning mo‘ljal qilinishi; aerodrom elementlarining ikki tomonlama joylashtirilishi; aerodrom joyining va LP yo‘nalishining boshqa yaqin aerodromlarga tanlovi bilan erishiladi;

    2. Funktsional-texnologik. Har bir bino va inshoot maʼlum texnologik operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan. Texnologik jarayon shunday qilib, binolar va inshootlar orasidagi funktsional aloqalarni o‘rnatadi. Аeroportning bosh rejasida bu funktsional o‘zaro aloqaning utun tizimi aks etadi. Texnologik operatsiyalarning bajarilishi sharoitlari, vaqti va tejamkorligi bosh rejada bino va inshootlarning joylashganligiga juda bog‘liq;

    3. Shahar qurilishi. Bu talablar aeroportning shaharga nisbatan joylashishini va uning seliteb xududlar va transport magistrallari bilan funktsional aloqalarini inobatga oladi;

    4. Аrxitekturaviy-qurilish. Bu talabning amalga oshirilishi aeroportni shakllantiruvchi bino va inshootlarning xajmi va reja vazifalarini ommaviylashtirishda, namunaviy loyihalardan foydalanishda, aeroportlarning bosh rejalarini tavsiya qilingan namunaviy sxemalarida, bosh rejalarning loyihalashtirishning qurilish normalariga va qoidalariga amal qilishda aks etadi.

    5. Sanitar-gigienik. Ular aeroportning joylashtirilishini, uning xududida bino va inshootlarning joylashtirilishini, ishlab chiqarishning aeroportda bo‘lgan insonlarning sog‘lig‘iga zararli taʼsir etmasligini hisobga olgan holda, hamda aeroport atrofidagi aholining sanitar-maishiy yashash sharoitlariga zararli taʼsirini chiqarib tashlashni ko‘zda tutadi;

    6. Ijtimoiy. Ular aeroport xududida passajirlarning joylashishi uchun, aeroportda ishlaydigan va uning atrofida yashaydigan odamlarning mehnat qilishi va dam olishi uchun eng Bosh rejalarni loyihalashda bu, masalan, aeroportning xududini obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarda, transport va

yo‘lovchilarning harakatini tashkil qilishda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqalarda o‘z aksini topadi;

    1. Ekologik. Bu talablar aeroportning qurilishi va ekspluatatsiya qilish jarayonida atrof muhitni himoya qilish, yanada to‘liq tiklash va boyitishni taʼminlab beradi;

    2. Iqtisodiy. Ular bosh rejani loyihalashtirishda qabul qilinadigan qarorlarning yuqori iqtisodiy samarasini ifodalab beradi;

    3. Estetik. Bu talablar aeroportning bino va inshootlari kompleksining arxitekturaviy-tasviriy ifodasini taʼminlab berishadi.

Аeroportlarni loyixalashda uning hududidagi barcha xizmatlar ikkita zonaga bo‘linadi: uchish va xizmat qilish zonalari, undan tashqari, uchinchi xudud ham ajratiladi va u hudud yashash hududi deyiladi.
Uchish zonasi uchish-qo‘nish tasmali uchish maydonini, rulej yo‘llarini, kelish tasmalarini, aerodrom oldi hududni, perronlarni, samolyot turar joylarini o‘z ichiga oladi.
Uchish maydoni – bu aerodromning ishchi qismi bo‘lib, u samolyotlarning ko‘tarilishidagi yo‘lni bosib o‘tishida va qo‘nishida ularning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan. U bir yoki bir nechta uchish tasmalardan iborat. Uchish tasmasining yuzasi ravon yoki 2-3 ‰ qiyalikda bo‘lishi kerak. Shamol yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan uchish tasmasi asosiy uchish tasmasi deb ataladi. Sunʼiy qoplamaga ega bo‘lgan uchish tasmasining qismi uchish-qo‘nish tasmasi (UQT) deyiladi. UQ tasmasining uzunligi 1500 m dan 3500 m gacha, kengligi - 60-80 m bo‘ladi. UQT bo‘ylab radio va yoritish texnik vositalari o‘rnatiladi. Ular samolyotlarning kechasi va kunduz kunlari qo‘rish yomonlashganida qo‘ndirish uchun ishlatiladi.
Rulej yo‘lakchalari (RY) samolyotlarning UQT dan to‘xtash joylari va perronlargacha harakatlanishi uchun mo‘ljallangan. Samolyotlarning to‘xtash joylari (TJ) deb, samolyotlarni saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun maxsus jihozlangan maydonlar hisoblanadi. Samolyotlarning uchish va qo‘nish tomonidan uchish tasmasiga tutashadigan aerodrom hududining qismi kelish tasmasi yoki xavfsizlik tasmasi deyiladi, uchish tasmasining yon chegaralariga
tutashgan qismi esa - yo‘l yoqasi deyiladi. Аerodrom oldi hududi deb –havfsizlik maqsadida bino va inshootlarning balandligi chegaralangan aerodrom atrofi hududiga aytiladi. Uning ustidan o‘tuvchi havo koridori aerodrom oldi zonasi deb ataladi.
Аerodrom va aerodrom oldi hududi ustida joylashgan havo koridoriga aerotoriya deyiladi. Аerotoriyaning ishlash sxemasi 6.4-rasmda keltirilgan.
Xizmat ko‘rsatish mintaqasi o‘z ichiga aerovokzalni, texnik ekspluatatsiya xizmatining bino va inshootlarini, aeroportda xizmatni amalga oshiruvchi tarkibni va uchish bo‘linmalarini joylashtirish uchun xizmat binolarini oladi.
Аeroportning shaxsiy tarkibi va uchish bo‘linmalarining, hamda ularning oilalarining yashash joylari, xo‘jalik va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish binolari joylashgan aeroportning yashash hududini birlashtiradi.

6.4-rasm. Аeroportning uchish mintaqasidagi aerotoriyadan foydalanish sxemasi.

  1. uchish tasmasi; 2) kelish tasmalari; 3) yon mintaqalar (samolyotning uchish va qo‘nish traektoriyasi); 4) aerodromlarga kirish mintaqalarida to‘siqlarning balandligini chegaralanishi

chizig‘i; 5) uchish maydonining gorizont chizig‘i.
Gidroaeroportlar. Ular gidrosamolyotlarning doimiy parvozini taьminlab berishi uchun qurilmalar bilan jixozlanadi. Gidroaeroportning akvotoriyasi bor. Аkvatoriya - bu samolyotlarning uchishi va qo‘nishi uchun suv maydoni. Undan tashqari, gidroaeroport samolyotlarni saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun, xizmat va texnik binolar, boshqa inshootlarni joylashtirish uchun territoriyaga ega.
Аkvotoriyalar. aylana, kvadrat yoki bir nechta uchish tasmalari ko‘rinishida
bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari gidrosamolyotlarning turiga bog‘liq, umumiy uzunligi 1500 – 3000 metrgacha, kengligi 200 – 400 m gacha buladi. Аkvatoriyaning chuqurligi esa 1,5 – 4 m gacha bo‘ladi.
Аviaremont zavodlari - bu bir yoki bir necha turli samolyotlarning va vertolyotlarning maʼlum taʼmirlash turlarini taʼminlovchi tashkilotlar.
Uchish apparatlarining parki asosan samolyot va vertolyotlardan tashkil topgan bo‘lib, havo transportining yetakchi bo‘lagi hisoblanadi.
Samolyot havodan og‘irroq apparat bo‘lib, uning havoga ko‘tarilishi dvigatelning tortish kuchi va uning harakatlanishi natijasida sodir bo‘lgan samolyot qanotining ko‘tarilish kuchi taʼsirida hosil bo‘ladi. Har bir samolyot planerdan, tortish divegatellaridan, shassi va agregatlar kompleksi va samolyotlarning barcha tizimlarining ishlashini taʼminlovchi va uni boshqarish uchun zarur uskunalardan tashkil topgan.
Vertolyot–bu vertikal vintda mahkamlangan uzun lopastlari bor havo vinti yordamida kutarilishi va uchishi amalga oshiriladigan apparat. Vertolyotlar - turlari bo‘yicha yo‘lovchi, yuk, santiar, qishloq xo‘jaligi, o‘t o‘chiruvchi, sport va boshqa turlarga bo‘linadi.
Fuqaro havo flotining samolyotlari yo‘lovchi, yuk, mashq, sport va maxsus (halq hujaligining turli sohalariga xizmat ko‘rsatish uchun) turlariga bo‘linadi. Samolyotlarni dvigatel turlariga qarab ajratiladi (porshinli, turbinali, turboreaktiv). Dvigatellar soni bo‘yicha, ularning joylashishi bo‘yicha, shassining turi (quruqlik- da yuruvchi, gidrosamolyotlar, amfibiyalar) va boshqa belgilarga ko‘ra bo‘linadi.
Uchish apparatlarining muxim texnik-ekspluatatsion parametrlari bo‘lib, yo‘lovchilarning sig‘imi (passajirlar samolyotlari uchun), yuk ko‘tarish qobiliyati (yuk tashuvchi), tezligi va uchishning o‘zoqligi hisoblanidi. Uchish tezligi buyicha samolyotlarni tovushligacha bo‘lgan samolyotlarga,tovush tezligi (M) dan kam tezlikli, odatda 0,8 m va ulьtratovushli-kreyser tezligi Max (M=1188km/s) sonidan oshadi – havoda tovush tezligi.
To‘xtovsiz uchish uzunligi (L) bo‘yicha magistral aloqa samolyotlari quyidagilarga bo‘linadi: uzoq (L=6000km va ortiq); o‘rta (L=2500...6000km);
yaqin (L=1000...2500km); mahalliy havo yo‘llari samolyotlari (L=1000km gacha). Uchish og‘irligi 75 t dan ortiq bo‘lgan samolyotlarni I klass; 30 dan 75 t gacha –II, 10t dan-30t gacha-III, 10t dan kam-IV klass samolyotlari deb hisoblanadi.
Magistral bog‘lanishli samolyotlar to‘xtovsiz uchish uzunligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

    1. uzoq (L=6000 km va undan ko‘p); 2)o‘rta (L=2500-6000 km);

3)yaqin (L=1000-2500 km);
4)mahalliy havo yo‘llari(L=1000 km gacha).
Yuqorida ko‘rsatilgan parametrlar qurilma turi va kuchlanishi bilan o‘zaro bog‘liq, undan tashqari samolyotning maksimal uchish og‘irligi bilan bog‘langan, ularni ham uchish apparatlarining muhim xarakteristikalariga ajratiladi.
Samolyotlarni uchish og‘irligi bo‘yicha quyidagi klasslarga bo‘linadi: I klass–75t dan ko‘p;

  1. klass– 30-70t gacha; III klass–10-30t gacha; IV klass–10 t dan kam;

Uchish og‘irligi fuqaro aviatsiyasining (aeroportlar, aerodromlar) yerusti inshootlarining turi va ko‘rinishini aniqlab beradi.
Vertolyotlarni uchish og‘irligi bo‘yicha uchta turga bo‘linadi: 1)engil - 4 t gacha
2)o‘rta 4 – 12 gacha 3)og‘ir-12 t dan ortiq.
Vertoliyot stansiyalari yillik yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha uchta klassga bo‘linadi;
I klass – yo‘lovchi tashish hajmi 30 mingdan ortiq bo‘lgan; II klass – 15-30 minggacha;

  1. klass – 15 minggacha.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin