Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 257,78 Kb.
səhifə1/12
tarix13.12.2023
ölçüsü257,78 Kb.
#175719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
jamilov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI



AVTOMOBIL YO‘LLARNI QIDIRUV VA LOYIHALASH” kafedrasi


Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish”


fanidan

KURS ISHI


Bajardi: _________________________________________________________
Tekshiruvchi: __________________________ Baho: ________
Tekshiruvchi: __________________________ Baho: ________
Kurs ishi rahbari: _______________________ Baho: ________


Toshkent-2023

KIRISH
Xalq xo‘jaligining rivojlanishi va yo'lovchilar ehtiyojlarining o'sib borishidagi talablarni qondirishda havo transportining xizmati kun sayin ortib bormoqda. Zamon talabiga moslanib samolyotlar saroyi zamonaviy, ko‘p qulayliklarga ega bo'lgan reaktiv laynerlar bilan to'ldirib borilmoqda, xavfsiz va muntazam uchishlar ta’minlanmoqda. Havo transporti xizmatidan talaygina vaqt tejalmoqda. Aviatsiyaning sifat va son jihatidan ortib borishi, yuk va yo'lovchilarni tashish sonining ortishi, samolyotlarning miqyoslari, q o‘nish tezliklarining ortishi va aviayo'lovchilarga qulayliklar yaratish aerodromni loyihalovchi, quruvchi va undan foydalanuvchi mutaxassislardan o‘sib borayotgan yangidan-yangi o'zgarishlarni va ularni hayotga qo'llashni talab qiladi. Yo'lovchilarni, yukning barcha turlarini muntazam qabul qilish va jo‘natib turish, havo transportlari ishini tashkil qilish va uchishdagi xizmatlarni ta’minlash aviatransport korxonalarini mujassamlashtirgan aeroport zimmasida bo'ladi. Aeroportda ko‘p sonli turli mutaxassislikdagi yuqori malakali ishchi-xodimlar xizmat qiladi. Aeroport o‘zining tarkibi jihatidan texnik-xizmat ko‘rsatuv maydoni, maxsuslashtirilgan inshootlar va aerodromga yondashgan qamrov maydonlardan tashkil topgan. Aerodrom — aeroportni tashkil qiluvchilarning asosiysi hisoblanadi. Aerodrom hozirgi davr tushunchasida maxsus tayyorlab olingan o'lchamli yer yuzasi bo‘lib, o ‘zida havo kemalarining ko‘tarilishi, qo‘nishi, boshqarilishi, saqlanishi va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha inshootlar majmuasi va jihozli qurilmalardan tashkil topgan. Zamonaviy aero dromlar mufassal turdagi sun’iy qoplamalarga ega. Turboreaktiv va turbovintli yuritgichlarga ega bo‘lgan samolyotlarning yaratilishi natijasida, aerodromlarni loyihalashda tub o'zgarishlar talab qilinib, ko‘tarilib-qo‘nish tasmalari uzunligi, boshqarish yo‘lkasi (BY), saqlash joylari maydoni, daladagi gruntli uchib-qo'nish maydonchalari ham ortib bormoqda. Maxsuslashtirilgan inshootlar tarkibiga parvozdagi harakatni boshqaruv (PHB) obyektlarining joylashuvi uchun, radioboshqaruv, qo'nish uchun, inshootlarni tozalashga, yonilg'i va surtish moylari uchun omborlarga ajratilgan joy o‘rni kiradi. Aerodromning qamrov maydonlari havo kemalarining fazoda kerakli holatni egallashi uchun ajratilgan yuzani tashkil qiladi. Aerodrom tepasidagi havo bo‘shlig‘iq ismi, aerodromning chegaraviy qamrov maydoni aerodrom tepasida parvoz qilish, samolyotlarni o‘z yo‘nalishiga chiqib olish, aerodromga yaqinlashib kelish va xavfsiz qo’nishni taminlovchi maydonchalar aerodromni tashkil qiladi.

Yüklə 257,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin