Aerodrom sinfini aniqlash Aeroportning asosiy elementi aerodrom hisoblanadi. Aerodrom havo kemalarining havfsiz uchishi, qo‘nishi, yugirib borishi, to‘xtab turishi va saqlanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Aerodromning asosiy elementi uchishqo‘nish tasmasi (UQT) bo‘lib, uning uzunligi shu aeroportda foydalaniladigan uchish-qo‘nish tasmalarining xavfsizligini ta’minlashi kerak.
Aerodrom sinfi SUQT sinfi bo‘yicha belgilanadai, u standart sharoitlarda SUQTning kerakli uzunnligi bo‘yicha aniqlanadi. (3-jadval) Ma’lum turdagi HK uchun UQTning kerakli uzunligi uning uchish-qo‘nish tavsifi hisoblanadi, u standart sharoitlarda uchish va qo‘nish sxemalari uchun HKlarining uchish sinovlarida aniqlanadi. Standart sharoitlar:
Juda quruq havo;
Havo harorati t=+15°C
Atmosfera bosimi 760 mm.sim.ustuni.
Havoning tinch holati – sokin
SUQTning yuzasi – gorizontal va quruq
SUQTning sinfiga ko‘ra aerodromlar 6 ta sinfga bo‘linadi va ular A, Б, В, Г, Д, Е harflari bilan belgilanadi.
SUQTning va gruntli UQTning uzunligi aerodrom sinfi bo‘yicha
quyidagicha bo‘ladi (3-jadval)
3-jadval