O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə61/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

SАNOАT TRАNSPORTI


Sanoat transporti korxonalarning texnologik ishlab chiqarish jarayonini va aloqa magistral yo‘llari bilan ularning o‘zaro aloqasini taʼminlash uchun xizmat qiladi. Uni ichki (sexchi va sexlararo) va tashqi transportga bo‘linadi. Tashqi transport korxonalarga xom-ashyo, yoqilg‘i va boshqa materiallarni yetkazish va tayyor mahsulotni olib ketish uchun mo‘ljallangan. Sanoat transportiga xarajatlarning mahsulotni ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarda xaqiqiy og‘irligi 10 dan 60% gacha tashkil qiladi.
Umumiy ishlatilmaydigan sanoat transporti korxona transportiga kiradi va, odatda, korxona infrastrukturasining qismi hisoblanadi, chunki texnologik ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi.
Sanoat transporti tarkibiga temiryo‘l, avtomobil, suv, uzluksiz va transportning maxsus turlari (konveyerlar, quvir liniyalar, kanat-osma, monorels yo‘llar va hokazolar) kiradi.
Sanoat transportining u yoki bu turining qo‘llanish sferasi avvalam bor yuklarning nomenkulaturasi bilan, yuk oqimining quvvati va tashishlarning uzoqligi bilan aniqlanadi. Shunday qilib ko‘mir, temirruda kontsentrati, qum,chaqiq tosh, qum-shag‘al aralashmasi va boshqa ommaviy tushiriladigan yuklar sanoat transportining har xil turlari bilan; xom ruda, aglomerat, mayda saralangan ruda – konveyer, kanat-osma va qisman pnevmotransport bilan olib o‘tilishi mumkin.
Temir yo‘l va avtomobil transporti turli yuklarni olib o‘tish uchun qo‘llaniladi (ular ishlab chiqarishning ichidagi hamma tashishlarning 80% ni bajaradi); pnevmotransportdan maishiy chiqindilarni, qum, shag‘al va boshqa sepiladigan yuklarni, gidravlik – sepiladigan yuklarni (tuproq, ko‘mir, mel, fosfogips va boshqalar) tashishda foydalaniladi; monorels osma transport bilan uzun o‘lchamli, tarali (idishli) yuklarni (bochkalarda, yao‘iklarda, poddonlarda) olib o‘tiladi.
Sanoat transporti bilan yuklarni tashishlarning xajmi umumiy foydalanish transportidagi bu ko‘rsatkichdan 4 barobar ortiq, lekin uning yukaylanuvi bir necha barobar kam, chunki tashishlarning o‘rtacha masofasi katta emas (tashishlarning
88% 1-5 km masofada bajariladi). Tashishlarning katta qismi past tezliklar bilan (5-10 km/s), konveyerning tezligi 1-5m/s amalga oshiriladi.
Sanoat transporti bilan tashishlarga xarajatlar magistralnikidan ko‘ra o‘rtacha yuqoriroq, biroq transportning maxsus turlari bilan ommaviy tushiriladigan yuklarning transportirovka narxi 2-3 barobar pastroq, mehnat ishlab chiqarilishi avtomobilnikiga nisbatan 3-5 barobar balandroq.
Sanoat transportining maxsus turlarining asosiy xususiyati bo‘lib, uning statsionarligi (baʼzan ko‘chma qurilmalar bo‘ladi), yukning ko‘rinishi bo‘yicha yanada tor mutaxassislik va oqimning bir tomonlamaligi hisoblanadi, shuning uchun korxona xududida sanoat transportining har xil turlarini kompleksda ishlatish maqsadga muvofiq.
Temir yo‘l transportiga sanoat transportining tashish bo‘yicha butun xajmining uchdan bir qismi, avtomobil transportiga esa yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi. Transportning uzluksiz turlari yuqori surʼatlar bilan rivojlanishiga qaramay, tashishlarda ularning o‘rni hali katta emas.
Konveyer transporti asosan yuklarni zavodichi va sex ichida ko‘chirish uchun, ochiq tog‘ konlarida, baʼzi hollarda tashqi transport ko‘rinishida qullaniladi. U katta ishlab chiqarilish, tabiiy va trassalarning nishabligi 320‰ gacha bo‘lgan boshqa to‘siqlarni bartaraf etish imkoniyati bilan va ko‘chirishlarning avtomatlashtirilishiga moslashtirilishi bilan tavsiflanadi.
Kanat-osma yo‘llar (9.1-rasm) har xil iqlim sharoitida uzluksiz ishlaydi, ularning trassalari katta ko‘tarilishga (45º gacha yoki 1000‰) ega, yuklash- tushirish va transport operatsiyalarini to‘liq avtomatlashtirish uchun moslashtirilgan. Kanat yo‘llarining tayanchlari orasidagi oraliqlar baʼzan 500 m dan oshishi mumkin.

9.1-rasm. Kanat-osma yo‘llari.
Quvir gidravlik va pnevmatik transporti qator sohalarda suyuq, changlanuvchi va bo‘lakli yuklarni o‘tkazish uchun ishlatiladi.
АVTOMOBIL transporti qora va rangli metallurgiya qurilishida keng qo‘llaniladi. Uning yordamida ko‘plab zavodichi va karyer tashishlari amalga oshiriladi, undan tashqari korxonalardan stansiyalarning yuk xovlilarigacha yoki pristanlargacha va talab qilingan hollarda yuklarning yetkazilishi lozim bo‘lgan punktlargacha. АVTOMOBIL transporti manevrliligi bilan ajralib turadi, yo‘llar uchun zavodning kichik xududi talab qilinadi, lekin sezilarli ekspluatatsion xarajatlarni talab qiladi va tashishlarning xajmi va uzoqligini texnik-iqtisodiy chegaralanishiga ega.
Sanoat temir yo‘l transporti nafaqat xo‘jaliklarning katta bo‘linganligi bilan, balki yana poyezdlarning kichik og‘irligi bilan, harakatlanishning kichik tezliklari bilan va kichik yuklanish bilan, yo‘lovchilar tashishning yo‘qligi bilan, boshqaruv- chi ko‘tarilishlarning katta qiyaligi bilan, qisqa o‘tishlar bilan tavsiflanadi.
Tashqi sanoat temir yo‘l transporti sxemalari yo‘llarning uzunligiga ko‘ra, umumiy tarmoq stansiyalariga tutashish sharoitlariga ko‘ra, sanoat stansiyalarining, yuklash va tushirish punktlari va boshqalarning miqdori va o‘zaro joylashishiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Ichki temiryo‘l transporti sxemalarini
harakat xarakteri bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

  • berk, ularda vagonlarni qaytarishli o‘tishlar bilan yetkaziladi va olib tashlanadi;

  • xalqa yo‘llar, ularda vagonlar xalqa bo‘ylab o‘tadi;

  • aralash, u o‘zi bilan ikkita yuqoridagi sxemalarning biriktirilishini tashkil etadi;

  • ikkitomonlama, tashqi tarmoqqa ikki tomondan ulanishi mo‘ljallangan.

Ikkita ulanishli umumiy tarmoqning vagonlarining qatnovini kamaytiradi.
Bunday sxemalar katta yukaylanmasida maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Magistral temir yo‘l ishining katta xajmi tog‘ruda, ko‘mir, metallurgik, o‘rmon va torfetishtiruvchi sanoat bilanbog‘langan.
Tog‘ ruda va ko‘mir sanoatida foydali qazilma boyliklarning qazib chiqarilishining ikki turi qo‘llaniladi – yerosti va karyerali (ochiq). Birinchi holatda qazilma boyliklarni va bo‘sh porodani kondan konveyerlar yoki boshqa vositalar bilan torizli elektrlashgan yo‘lga yetkaziladi, uning vagonetkasida qayta yuklanishli yoki katakli ko‘taruvchigacha transportirovka qilinadi. Tepalikka chiqqandan keyin vagonetkalarni kataklardan dumalatib chiqariladm va yuk tushuruvchi qurilmalarga yetkaziladi.
Qazib chiqarilishning karyerali usulida qazib chiqarilgan porodani va qazilma boyliklarni transportning har xil turlari bilan – temiryo‘l, avtomobil, konveyer, gidravlik va hokazo turliri bilan transportirovka qilinadi. Bo‘sh porodani otvallarga, foydali qazilma boyliklarni esa – maydalovchi va boyituvchi fabrikalarga temir yo‘llar bo‘ylab keyinchalik jo‘natish uchun qayta joylashtiriladi. Karyerlarda temir yo‘llarni sirtmoqli yoki spiralli sxema bo‘yicha yotqiziladi, qazib chiqarishning kichik xajmlarida esa – berk ko‘cha sxemasi bo‘yicha. Odatda, sirtmoqli sxema chuqur bo‘lmagan karyerlarda, spirallini – ularning sezilarli chuqurligida qo‘llaniladi. Qazib chiqarishning xajmiga ko‘ra olib chiqish yo‘llari
bir- yoki ikkiyo‘lli bo‘lishi mumkin.
Tog‘kon korxonalari, odatda, magistral yo‘llarning stansiyalariga kelish yo‘llarini tutashish mo‘ylabli (usovыe), chiziqli-berk va chiziqli-mo‘ylabli
sxemalariga ega. Yirik ko‘mir rayonlarida yanada murakkab sxemalarni ham qo‘llaniladi.
Shaxtalarda yoki boyitish fabrikalarida yuklangan vagonlar ko‘miryig‘uvchi stansiyaga olib chiqiladi va u yerda ularni tarkibiga tashkil qilinadi. Metallurgik zavodlar temiryo‘l kommunikatsiyalarining rivojlangan tizimiga ega, u asosiy ishlab chiqarish va tashqi transport bilan chambarchas bog‘liqligi bilan tavsiflanadi. Bu tizimda shaxsiy parkning vagonlarini va temiryo‘l tarmog‘idan keladigan va tarmoqqa jo‘natiladigan katta vagonoqimini ishlab chiqariladi. Maʼlumki, po‘latni eritish uchun ko‘mir (koks), ruda va boshqa xom-ashyo materiallari talab qilinadi.
Tutashish stansiyasidan ko‘mir vagonag‘darilgichga kelib tushadi. Tushirilgandan so‘ng u konveyer bilan koks batareyalarga yetkazib beriladi. Keyin shixta (ruda, koks, ohak va qo‘shimchalar aralashmasi) tayyorlanadi, uni katta domenopechlarga solinadi. Suyuq cho‘yanni marten yoki konverter pechlarga yoki chushkovoy cho‘yan olish uchun quyish sexiga o‘tkaziladi. Domen pechlaridan chiqqan shlaklarni suv basseynlariga granulyatsiyaga olib chiqiladi yoki shlakovata, shlakovaya pemza va hokazolarga qayta ishlab chiqariladi.
Marten sexidan suyuq po‘latni cho‘michlarda quyish maydonchasiga yetkaziladi. Bu yerda uni idishlarga quyiladi va kristallanish uchun ushlab turiladi. Undan tashqari sexlararo tashilishiga yo‘l qo‘ymaydigan po‘latning uzluksiz quyilishi qo‘llaniladi. Olingan po‘lat quymalarni prokat sexiga olib boriladi, u yerdan tayyor mahsulot oluvchiga jo‘natilishi uchun omborlarga kelib tushadi. Metallurgik zavod bilan umumiy majmuada boshqa qo‘shimcha zavodlar joylashishi mumkin. O‘rmon va torf sanoatida torizli temir yo‘llar ishlatiladi.
O‘rmon xo‘jaligida daraxtlar kesiladi, ularni yuqori deb nomlanuvchi omborga olib kelinadi va u yerda yog‘ochni qayta ishlanadi va tashishga tayyorlanadi, so‘ng torizli yo‘l vagonlariga ortiladi. Yog‘och tashuvchi temir yo‘l yuqori omborni magistral temir yo‘lda yoki suv yo‘lida joylashgan pastki ombor bilan bog‘laydi. Yog‘och tashuvchi yo‘llar uzoq muddat foydalaniladigan (magistrallar) va qisqa muddatli (shoxlar, mo‘ylablar). Shoxlar 5 yilgacha va undan ortiq xizmat qiladi va
yog‘ochlarni bir nechta yog‘och tayyorlovchi uchastkalardan yig‘ib, ularni magistralga olib kelishga mo‘ljallanggan. Mo‘ylab yo‘llar bo‘ylab yog‘ochlarni yog‘och tayyorlovchi uchastkalarining yuklash punktlaridan olib ketiladi. Ularning xizmat muddati – bir yilgacha.
Sanoat ishlab chiqarilishidagi ilmiy-texnik jadallik sanoat transportining, asosiy ishlab chiqarishning va magistral transportining texnik va texnologik parametrlari kelishuvining yangi talablarini qo‘ymoqda.
Sanoat transporti boshqaruv tizimining takomillashtirilishi murakkab va maxsus muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi zamonda bu transport bilan boshqarishning markazlashtirilgan tizimi mavjud emas, chunki maʼmuriy-xo‘jalik munosabatda har bir alohida transport tizimi o‘zi bilan mos korxonaning transport sexini tashkil etadi, printsipial ravishda shu korxonaning qo‘l ostidan chiqarib tashlanmaydi. Shu xususiyati tufayli sanoat transportini ham texnik, ham tashkiliy munosabatda osonlashtirish qiyin. Bundan kelib chiqadiki, hattoki turli korxonalarda va har xil sohalarda transportning bir tipdagi turlari ishining samaradorligi har xil.
Sanoat transportida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi yo‘qligi sababli sanoat temiryo‘l transportining ishlatilishining samaradorligini oshirish maqsadida, yirik sanoat joylarida –turli korxonalarning yuk egalariga xizmat ko‘rsatuvchi sanoat temiryo‘l transportining sohalararo korxonalari (STTK). Bozor iqtisodiyoti munosabatlari tufayli STTK mustaqil aktsioner korxona va firmalarga aylandi.
Аlohida muammoni avtomobil sanoat transportining keyingi takomillashtirilishi tashkil qiladi. Bu yerda asosiy vazifani avvalam bor, ochiq ishlanmalar uchun avtomobillar parkini kengaytirish, hamda moshinalarning texnik darajasi va yuk ko‘tarish xususiyatini oshirish tashkil etadi. Jodinodagi Beloruss zavodi allaqachon yuk ko‘tarish xususiyati 27, 40, 45, 65, 75 bo‘lgan, keyin esa 110-120 tonnali shunga mos dvigateli 950-1200 ot kuchili samosvallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, ular ko‘mir-metallurgik sanoatida, gidrouzellar, kanallar, sanoat majmualarining qurilishida katta ishni bajaradi. So‘nggi yillarda yuk ko‘tarish xususiyati 180tonnali BelАZlarning seriyali chiqarilishi boshlandi.
Hozircha ular bizning avtomobillar parkida eng og‘ir va eng baquvvat moshinalar. Ularning asosiy parametrlari: dizelь quvvati – 1691 kVt, konstruktsion tezligi – 50km/s, g‘ildiraklarning diametri – 3,5m va shinaning kengligi 1m dan ortiq – to‘la og‘irligi – 325 t bo‘lganida tuproqqa sezilarli bosimni ko‘rsatadi.
Belorus avtomobil zavodi mavjud baza modellari asosida yuk ko‘tarish xusu- siyati 400 t gacha bo‘lgan yanada yirik samosvalli poyezdlarni yaratishni mo‘ljalla-yapti. Lekin bu ham cheklanish bo‘lmaydi, chunki jahon amaliyoti “Titan” (Kana-da) deb nomlanuvchi samosvalga ega, u quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi: uzunligi 20,5m, kengligi 7,75m, yer ustidan kabinaning balandligi 4,5m, avtomo-bilning o‘zining og‘irligi 250 t, yuk ko‘tarish xususiyati 600t, dvigateli 3300 ot ku-chi. Yuk ko‘tarish xususiyati 1000 t gacha bo‘lgan samosvalning proekti mavjud.
АVTOMOBIL sanoat transportini takomillashtirish nafaqat parkning rivojlanishini, balki unga mos yo‘llar va boshqa elementlarni ham rivojlantirishni mo‘ljallaydi. Undan tashqari yuk operatsiyalarini maksimal mexanizatsiyasini hisobga olgan holda ommaviy yuklarni tashishni tashkil qilish ham ishlab chiqilishini talab qiladi.
Maxsus sanoat transporti rivojlanishining bosh yo‘nalishi bo‘lib, konveyer tizimining rivojlanishini hisoblash lozim, u yuqori mehnat ishlab chiqarilishi va transportirovkaga kam harajatliligi bilan tavsiflanadi. Yer ostidan o‘tkazilishida u ishlab chiqarish maydonlarini sezilarli darajada qisqartirilishiga yordam beradi.
Sanoat transportining maxsus turlari statsionar, ko‘chma va olib o‘tiladigan, magnit osilmada, havo yostiqchasida, to‘lqinli dvigatel bilan bo‘lishi mumkin.
Monorels osma yo‘llar keng qo‘llaniladi. Ularning konstruksiyasi oddiy va mustahkam, ular kichik ekspluatatsion xarajatlarni, lekin katta boshlang‘ich sarmoya kiritilishini talab qiladi. Bunday yo‘llar sexlarda kronshteyn va tortgichlarda yig‘iladi, ochiq uchastkalarda esa – naves ostida estakadalarda bo‘ladi.Transport jarayoni va qayta yuklash ishlari to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan.
Quvir gidravlik transportidan foydalanilganda qayta yuklash ishlari bo‘lmaydi va transport-texnologik jarayon uzluksiz bo‘ladi. Transportning bu turi ekologik
tozaligi bilan ajralib turadi, chunki chang paydo bo‘lmaydi va yuklar yo‘qolmaydi. U quvirni qisqa masofa bilan o‘tkazishga, hamma ishlarni butunlay avtomatlashtirishga, yerostidan o‘tishida esa ishlab chiqarish maydonlarini tejashga yordam beradi, biroq katta suv xarajatini talab qiladi va yukni isteʼmolchi uchun suvsizlantirish bo‘yicha qiyinchilik tug‘diradi.
Trubaning diametri 200-1200 mm bo‘lgan quvirli pnevmotransport konteyner va vagonetkalarni yuklash-tushirish statsionar punktlarida 10 dan 30-50 km gacha masofaga tashishga ishlatiladi. Tashishlarning xajmi 1mln.t. yiliga va tashish masofasi 25 km bo‘lganida, uning ishlab chiqarilishi konveyer va kanat-osmadan ko‘ra yuqoriroq. Yukning harakatlanishi uchun havo oqimida kompressor, havopuflagich va ventilyator yoki so‘ruvchi uskuna – vakuum-nasos va ventilyator (yuk tushirishda) ishlatiladi.
Kanat-osma transportini ishlatishda yukni vagonetkalarga joylashtiriladi. Transportning bu turining afzalligi uning xududning relьefiga bog‘liq emasligi, chunki u tayanchlarda quriladi, 50‰ gacha nishabliklarni yenga oladi, atmosfera sharoitlariga bog‘liqligi oz darajada va transportirovkaning butun jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan.
Liftlar yuklarning transportirovkasi uchun ishlatiladi, katta yo‘lovchilar oqimi- da, masalan, metroda eskalator o‘rniga (G‘arbiy Yevropa tajribasi), hamda korxo- nalarda, mehmonxonalarda.Sanoat transporti ikki yo‘nalishda rivojlanishi zarur:

  • birinchidan, korxonaning texnologik jarayoni sharoitlari va uning rivojlanish darajasi talablariga butunlay javob berish;

  • ikkinchidan, o‘zaro munosabatda bo‘lgan, umumiy foydalanish transportiga o‘zining texnik holati bo‘yicha mos tushish.

Sanoat transporti turlarining rivojlanishi tendentsiyalari asosan magistral transportining xuddi shunday turlarining rivojlanishi tendentsiyalari bilan mos tushadi. Shunday qilib, temir yo‘l sanoat transporti uchun rivojlanishning quyidagi yo‘nalishlari ahamiyatli: elektrlashtirilgan yo‘llarning qismini oshirish, transport vositalarining yuk ko‘tarish xususiyatini oshirish, vagonlarning maxsuslashtirilgan parkinig qismini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish va hokazo. Chet elning va o‘zimizning tajribamiz ko‘rsatganidek, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilishi transportirovkaning umumiy vaqtini 25% ga kamaytiradi, o‘tkazish xususiyatini 10-30% ga oshiradi, harakat tezligini esa 30-35% ga.
АVTOMOBIL sanoat transporti uchun kattayuk tashuvchi samosvallarni va turli konstruksiyadagi avtokarlarni ishlab chiqarish lozim, elektromobillarni yanada kengroq qo‘llash, hamda transport jarayonini keng ko‘lamda avtomatlashtirish, ayniqsa karyerli tashishlarda.
Uzluksiz harakat transportini rivojlantirish, uning liniyalari uzunligini orttirish, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini kiritish, hamda qayta yuklash ishlarining mexanizatsiyalash samaradorligini oshirish muhim yo‘nalish hisoblanadi va bu transport vositalarining aylanmasiga va transportning magistral turlarining ish ko‘rsatkichlariga taʼsir ko‘rsatadi.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin