O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


SHАXАR TRАNSPORTI Shaxar transporti turlari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə58/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

SHАXАR TRАNSPORTI

  1. Shaxar transporti turlari


Shaxarda harakat turli xil. Harakatni asosiy tarkibini piyodalar va transport oqimlari tashkil qiladi. Harakat havfsizligini taьminlash va shaxar qatnov maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida ularni shahar xududi oralig‘ida bo‘linadi va maxsus ajratilgan hududlarga yuboriladi: trotuarlar, ko‘chalarning qatnov qismlari, sunʼiy yer usti inshootlari (ko‘priklar, estakadalar) yoki yer osti inshootlariga (tonnellar).
Shaxar transportini vazifalari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: yo‘lovchi, yuk va maxsus. Shahar transportining (ShT) klassifikatsiyalangan sxemasi 8.1 rasmda ko‘rsatilgan.
Shaxar yo‘lovchi transporti (ShYT). Shaxar ichi va shaxar oldi mintaqasida yo‘lovchilarni turli maqsadlarda tashish uchun mo‘ljallangan: mehnat, ish, jamoa yoki madaniy-maishiy. Shaxar aholisining harakatlanish maqsadlarini aniqlovchi obʼektlarni (korxonalar, teatrlar, maishiy korxonalar va boshqa) transport yo‘nalishining markazlari deyiladi.

8.1-rasm. Shaxar transportining vazifalari bo‘yicha klassifikatsiyasi.
Transport vositalarining sig‘imiga qarab shaxar yo‘lovchi transportini quyidagilarga bo‘linadi:

  • indivudival yo‘lovchi transporti (IYT)- yengil avtomobillar, mototsikllar,

velosipedlar;

  • katta xajmli yoki shaxar yo‘lovchi transportlari–tramvay, trolleybus, avtobus, metropoliten, shaxar temir yo‘llari, daryo transportlari va boshqa.

Shaxar transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qulayligini va sifatini oshirish maqsadida nogironlar uchun alohida joylar ajratilgan (8.2-rasm). Individual yo‘lovchi transporti sig‘imi bo‘yicha 1 – 8 kishi, jamoat yo‘lovchi transportida esa sig‘imi bo‘yicha 18–20 dan 200–230 gacha va undan ortiq yo‘lovchilarni sig‘dirishi bilan harakterlanadi.
Harakatni tashkil qilish tizimi bo‘yicha shaxar yo‘lovchi transportini yo‘nalishli va yo‘nalishsizga bo‘linidi. Yo‘nalishli shahar yo‘lovchi transportining transport vositalarining harakatini belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil qilinadi. Bu yo‘nalishlar o‘tirish maydonchalari, pavilьonlar va yo‘lovchilar uchun yo‘nalish ko‘rsatkichlari bilan jihozlangan.

8.2-rasm. Shahar transportini nogironlarni o‘tirish va tushish uchun maxsus jixozlangan avtobus (SamАvto, O‘zbekiston)
Yo‘nalishsiz shaxar yo‘lovchi transportining transport vositalarining harakatini ko‘chalarning qatnov qismida erkin harakatlanish tizimi bo‘yicha maxsus yo‘l belgilari bilan jixozlangan va svetofor signalizatsiyasi bilan chegaralanish asosida tashkil qilinadi. Аsosan barcha jamoat yo‘lovchi transportlari belgilangan
yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanadilar, lekin induviduval yo‘lovchi transportlari esa erkin yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanadilar. Mashrut taksilari bundan mustasno, ular yo‘lovchilarning sig‘imi bo‘yicha individual yo‘lovchi transportiga yaqin, harakatlanishni tashkil qilish bo‘yicha esa – jamoat yo‘lovchi transportiga.
Yuk shahar transporti (YuShT). Sanoat, kommunal va maishiy yo‘nalishdagi shahar yuk tashishlarni amalga oshiradi. Shahar yuk harakatlanishida 2-25 t yuk ko‘taruvchi yuk avtomobillari ustunlik qiladi, undan tashqari (kam darajada) tramvay va trolleybuslar, temir yo‘l va suv transporti. YuShT, hamda ShYT harakatini tashkil qilish tizimi bo‘yicha yo‘nalishli va yo‘nalishsizlarga bo‘linadi. YuShT harakatlanishini tashkil etish yo‘nalishli tizimini doimy yuk oqimi yo‘nalishlarida qo‘llaniladi, yo‘nalishsizini esa–turli adreslarga vaqtinchalik buyurtmalar bo‘yicha yuk tashishni tashkil qilinadi.
YuShTning zamonaviy shaharlar umumiy shahar harakatidagi qismi nisbatan yuqori emas (ShYT harakatining1/3 qismi 2/3 ga qarshi). Biroq turli shaharlarda yuk harakatining qismi turlicha bo‘lishi mumkin. ShYT harakatida yengil avtotransport ustun turadi (harakatlanishning umumiy o‘lchamidan 95% gacha), uning asosiy qismini shaxsiy yengil avtomashinalar, oz miqdorini – taksamotorlar (taksi) va korxona transporti tashkil qiladi.UYTga harakatlanishning umumiy xajmidan 5% dan kami to‘g‘ri keladi.
Maxsus shahar transporti (MShT). Shahar obodonlashtirish transport vositalarini o‘z ichiga oladi (ShOT-ko‘cha suv sepuvchilari, axlat va qor tozalovchi mashinalar, yo‘l to‘shamalarini taʼmirlovchi maxsus mashinalar), tez tibbiy yordam va uy sharoitidagi yordam sanitar transportini (TYoT), savdo-sotiq tarmog‘i transportini (STT-“non”, “sut”, “mebelь”, “mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmati” va hokazo), o‘t o‘chirish avtotransportini (O‘O‘А), Ichki ishlar boshqarmasining ko‘cha harakatini tartibga solish bo‘limi avtotransportini – (KHTSB), tez texnik yordam avtotransportini (TYoА) va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Umumshahar harakatidagi transportning shu turlarining bo‘lagi ko‘pincha oz qismini tashkil etadi.
Yo‘nalishli ShYT uchun jadval bo‘yicha harakatlanish belgilangan, yaʼni sha-
har xududida va vaqtda reglamentlashtirilgan. ShYT va ShYuTning qolgan turlari uchun harakatlanish yo umuman vaqtda va shahar xududida reglamentlashtirilmay- di yoki harakatlanishning bunday reglamentli chegaralanishining maʼlum xajmi beriladi, lekin u yo‘nalishdagiga nisbatan ancha bo‘sh. Shuning uchun ShYT yo‘nalish harakatlanishini tashkil qilish printsiplari qolgan shahar transportining harakatlanishini tashkil qilishdan keskin farq qiladi. Birinchi holatda ular alohida har bir poyezdning harakatlanishini nazorat qilish usuli bilan amalga oshiriladi, ikkinchisida-transport oqimlarini tarkibi bo‘yicha yuk va yengil harakatlanuvchiga, chorrahada kutilayotgan harakatlanishni yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘riga, o‘ng tomonga va chap tomonga buriladigan harakatlanishni nazorat qilish uslubi bilan amalga oshiriladi. Katta bo‘lmagan harakatlanishda yuk va yengil harakatni ko‘pincha ajratilmaydi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin