O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


АVTOMOBIL yo‘llaridagi sunʼiy inshootlar



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə42/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

АVTOMOBIL yo‘llaridagi sunʼiy inshootlar


АVTOMOBIL yo‘llarida suv o‘tkazuvchi quvurlar, ko‘priklar, estakadalar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar, tirgak va himoya devorlari quriladi. Bu inshootlardan eng keng tarqalgani suv o‘tkazuvchi quvurlar va kichik ko‘priklardir. Kam tarqalgan novlar – suvni yo‘l poyi orqali to‘kib o‘tkazuvchi inshootdir.
Suv o‘tkazuvchi quvurlar (5.14-rasm) suvni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan oddiy suv o‘tkazish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Ular faqatgina yomg‘ir va qor erish davrida oqib keladigan suvga ko‘ra avtomobil yo‘llarini katta bo‘lmagan ariqlar, jarliklar, jarlar kesishmalarida quriladi; qatnov qismini suvini qochirish bundan mustasno va qoplama turini o‘zgartirishni talab qilmaydi. Suv o‘tkazuvchi quvurlar bir qancha yotqizilgan quvurlar qatoridan (odatda 4 tadan ko‘p emas) ko‘p tirqishli, 0,75 m dan kam bo‘lmagan tirqish bilan kesishgan aylana va to‘g‘ri burchakli bo‘ladi. Shuningdek, po‘lat qat-qat buramali qatlamlardan tayyorlangan suv o‘tkazuvchi quvurlardan foydalaniladi.
Dumaloq suv o‘tkazuvchi quvur quyidagi elementlardan tashkil topgan: poydevor, asosiy qismlar va ko‘tarma qiyaligini ushlab turuvchi va quvurga suvni bir tekis kirishi va undan chiqishini taʼminlovchi quvurning kallagi.

5.14-rasm. Suv o‘tkazuvchi quvur. 1-quvurning konus shaklidagi qismi; 2- bo‘laklar; 3-truba boshining portalli bloki; 4-monolit betonli nov; 5-qum-shag‘alli tayyorgarlik; 6-choqiqtoshli tayyorgarlik;7-poydevor bloki.
Temir beton buyumlarini ishlab chiqaradigan zavodlardan olib keltirilgan alohida kichik qismlarni bo‘laklar deb nomlanadi.
Ko‘priklar piyodalar o‘tishi uchun yo‘lli, temiryo‘lli, avtomobil yo‘lli bo‘ladi. Baʼzi xollarda ko‘priklarni avtomobillar va temir yo‘l transportini bir vaqtda o‘tkazish uchun har xil harakatga mo‘ljallangan ko‘priklar quriladi. Bunda ikki ko‘rinishdagi transport bir yoki turli sathlarda harakatni taʼminlaydi, piyodalar uchun esa yo‘lkalar quriladi. Xizmat sharoitiga bog‘liq xolda ko‘riklar to‘lindaryo ko‘prigi, orasi ochiq ko‘prik, qalqimli ko‘prik bo‘lishi mumkin.
Yuqoridan yuriladigan – qatnov qismi yuqoridan ustun yoki tiragichlar bilan ќismlarga bo‘lingan ko‘prik tuzilishi bo‘yicha joylashgan; pastdan yuriladigan - qatnov qismi pastdan ustun yoki tiragichlar bilan ќismlarga bo‘lingan ko‘prik tuzilishi bo‘yicha joylashgan; o‘rtada yuriladigan - qatnov qismi balandlik chegaralarida ustun yoki tiragichlar bilan ќismlarga bo‘lingan ko‘prik tuzilishi bo‘yicha joylashgan ko‘priklar mavjud (5.15-rasm).
Ko‘priklar bir va ko‘p oraliqli ko‘priklarga bo‘linadi. Biroraliqli ko‘priklarda oraliq tayanchlar bo‘lmaydi, ko‘poraliqli ko‘priklarda ular bir qancha bo‘ladi.
Tayanchlarning ichki chegaralari orasidagi masofalar yig‘indisi ko‘prik tirqishi deb ataladi. Ko‘prikning qurilish balandligi deb ko‘prikning yo‘l poyi yuzasidan oraliq qurilmalarining eng past qismlarigacha bo‘lgan masofaga etiladi.
Ko‘prikning asosiy konstruksiyalari quyidagilarga ajratiladi: to‘sinli, arkali,
romli, osma.


5.15-rasm. АVTOMOBIL yo‘llaridagi sunʼiy inshootlar: a-yuqoridan harakatladigan to‘sinli ko‘prik; b-ikki tomonda fermali ko‘prik (harakat pastda); v-arkali ko‘prik; g-arka-konsolli ko‘prik; d-romli ko‘prik; ye-osma ko‘prik; j-aralash tizimli ko‘prik (qattiq to‘sinli yaxlit arka); z-suv o‘tkazuvchi quvur; i-ko‘prikka o‘tish sxemasi; 1-to‘shama (ko‘prikka kirish); 2-oraliq qurilma; 3-tirgak; 4-tayanch; 5-ko‘prik; 6-suv oqimini yo‘naltiruvchi to‘g‘on; 7-doimiylik inshootlari.
To‘sinli ko‘priklarda oraliq qurilmani tayanchlarda yotgan to‘sin tashkil qiladi.
Аrkali ko‘priklarda egri chiziqli konstruksiyalarning arkasi tayanchlarga o‘zining oxirlari bilan tiraladi.
Romli ko‘priklarda oraliq qurilmalari asoslar bilan sharnirli payvandlangan ta- yanchlar bilan qattiq bog‘langan. Romli ko‘priklar konstruksiyalarida oraliq quril- malar ko‘prik konstruksiyasini yengillashtiruvchi tayanchlar bilan birga ishlaydi.
Osma ko‘priklarda oraliq qurilmalarni tayanchlarning baland ustunlariga mustahkamlangan egiluvchan zanjirga osiladi. Egiluvchan zanjirning oxiri maxsus ankerlar bilan berkitiladi. Osma ko‘priklar katta va kema yura oladigan daryolarda quriladi.
Sunʼiy inshootlarni temirbetondan, metalldan, beton va yog‘ochdan quriladi.
Bu materiallarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin.
Ko‘prik gabariti deb cheklangan ko‘ndalang ko‘rinish ataladi, uning ortidan ko‘prikning konstruksiyasi elementlari chiqishi mumkin emas (5.16-rasm).

5.16-rasm. АVTOMOBIL yo‘llaridagi ko‘prik gabaritlari: a-yuqoridan harakatlanadigan ko‘priklar uchun; b, v-ajratuvchi tasmasi mavjud va ajratish tasmasi bo‘lmagan estakadalar va yo‘lo‘tkazgichlar tagidan va tagidan harakatlanishga mo‘ljallangan ko‘priklar uchun; g-yangi loyiha bo‘yicha; G- ko‘prik gabariti (kengligi); T-yo‘lka kengligi; S-ajratuvchi tasma kengligi; N-balandlik bo‘yicha ko‘prik gabariti.
Ko‘prik gabariti G harfi va ko‘prik chegarasidagiqatnov qismi kengligiga mos son bilan metrlarda belgilanadi. Аjratuvchi tasma mavjud bo‘lgan I toifali yo‘llarda gabarit kattaligiga S harfi bilan belgilanuvchi bu tasmaning kengligini qo‘shiladi.
Ko‘priklarda yo‘lkalarni 1 m dan kam bo‘lmagan kenglikda piyodalar haraka- tiga bog‘liq xolda quriladi. Аgar piyodalar harakati bo‘lmasa, yo‘lkalar o‘rniga qatnov qismining har tomonidan kengligi 0,25 m dan himoya tasmasi quriladi.
Ko‘prik va suv o‘tkazuvchi quvurlar hisobi uchun transport vositalari kolonnasidan tushayotgan vaqtinchalik vertikal yuklar N-30 va NK-80 g‘ildirakli
yuk ko‘rinishida, yog‘och ko‘priklar uchun esa N-10 va N-60 qabul qilinadi.
АVTOMOBIL yo‘llarining suv va boshqa to‘siqlar bilan kesishishidagi inshootlar kompleksi ko‘prikli o‘tish deb ataladi.
Ko‘prikli o‘tishga ko‘prik, yo‘lkalar, suv o‘tkazmaydigan ko‘tarmalar kiradi. Ko‘prikli o‘tish daryo vodiysining ko‘tarilgan qismida ehtimoliy suv toshishi umumiy kenglik chegaralarida - qayirlarga erigan suvlarning oqib ketishi vaqtida yoki juda kuchli jalalarda joylashtiriladi.
Yil davomida suvlarni oqib ketishi yuzaga keladigan vodiyning eng chuqur qismi daryo o‘zani deb ataladi.
Suv oqimlaridan o‘tishlarni sunʼiy inshootlar turi bo‘yicha tavsiflanadi. Suv oqimini kesib chiqish uchun ko‘prik, tonnel, parom qo‘llaniladi.
Tog‘li xududlarda chuqurligi 20... 25 m dan ko‘p bo‘lgan dara yoki jarlik kesishmalari uchun nafaqat suv o‘tkazish uchun xizmat qiladigan, balki qurish juda qiyin yoki umuman qurib bo‘lmaydigan ko‘tarma o‘rnini bosuvchi viaduklar quriladi.
Ko‘cha, temir yoki avtomobil yo‘llari kesishmalari uchun yo‘l o‘tkazgichlar barpo etiladi. Yo‘lni maʼlum sathda ko‘tarishga va uning tagida harakatlar yoki boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan inshootlar uchun qurilgan uzun yo‘l o‘tkazgichlar estakadalar deb ataladi.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin