O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Rossiyadagi avtomobil yo‘llarida xavfsiz harakatlanish xolatlari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə50/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Rossiyadagi avtomobil yo‘llarida xavfsiz harakatlanish xolatlari


2000 yilda Rossiya yo‘llarida YTH da 29594 kishi xalok bo‘lgan va 179401 kishi jarohatlangan. Oxirgi 10 yil uchun minimal xalok bo‘lganlar soni 1997 yilda ro‘yhatga olingan edi. 1998 yil mobaynida esa YTH larning o‘ta og‘ir oqibatlari bilan (YTH da 5 va undan ko‘p xalok bo‘lganlar yoki 10 va undan ko‘p jarohatlanganlar) 12,4 % tashkil qilgan.
Oxirgi statistik maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiyaning aholisi soni 148,3 mln. kishi. 2-jahon urushi tugashi bilan Rossiyaning avtomobil harakati transport tarmoqlaridan tezroq o‘sishni boshladi. Oxirgi 20 yil ichida avtomobillar soni 5 martaga oshdi (ayniqsa, oxirgi 3 yilda). O‘sha davrda qattiq to‘shamali avtomobil yo‘lining uzunligi 2 martaga oshgandi. Rossiyada ro‘yhatdan o‘tgan avtomobillarning umumiy soni 31,6 mln dona. Bundan 70% shaxsiy avtotransport. Baʼzi yo‘llarda harakat jadalligining 1,3-3,0 marta meʼyordan oshgan bo‘lib, tegishli meʼyordan cheklangan, harakat tezligi esa 35-40 km/s gacha pasayib ketgan. YTH esa uzluksiz ko‘payib bormoqda. Har kuni mamlakatdagi YTH soni 450 dan oshib, bundan 80 tasi xalok bo‘lganlar, 500 lar atrofida jarohat olganlar. 60% atrofidagi xalok bo‘lganlar bu 16-40 yoshgacha bo‘lgan odamlardir. YTH ga 7-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tushishi o‘sib bormoqda. Har yili 3000 dan ortiq bolalar nogiron bo‘lib qolmoqda. 2000 yilda YTH da 21390 bola (16 yoshdagi bolalar) jarohat olgan. Ulardan 1521 tasi xalok bo‘lgan.
Rossiyadagi YTH da xalok bo‘lganlar soni, Yevropa davlatlariga qaraganda 5- 10 barobar ko‘p.
70% dan ortiq YTH lar shaharlar va aholi yashash joylariga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi YTH ning og‘irligi shahar chetidagi avtomobil yo‘llarining YTH larga qaraganda 2 barobar past. Eng katta og‘ir YTH (YTH ishtirokchilarining 100 tasidan 20 tasi xalok bo‘lgan) magistral federal avtomobil yo‘lida ro‘yhatga olingan edi.
Rossiya yo‘llarida KTO pozitsiyasi bilan qatnashgan YTX ning qachon va qaerda sodir bo‘lganligi analiz natijalari quyida keltirilgan.
Yo‘ldan foydalanuvchilarni YTH da qatnashishi

  • 74,3% barcha YTH lar xaydovchining aybi bilan sodir bo‘ladi, YTH da xalok bo‘lganlarning 30% dan ko‘pi xaydovchilar xisoblanadi;

  • Umuman olganda 37,6% YTH da barcha jarohatlanishlar 27 dan 41 yoshgacha bo‘lgan insonlarda, taxminan 8% –7-16 yoshli insonlar bilan sodir bo‘ladi. Аvtomobillarning qatnashishi

  • YTH ga uchragan avtomobillarning umumiysidan 63% i shahsiy avtomobillar xisoblanadi, 11%–avtobuslar, 39% avtomobillarni piyodalar ustiga xaydash xollari.

Аtrof muhitning va yo‘l sharoitlarini taʼsiri

  • Barcha YTH dan 22,7% ini noqulay yo‘l sharoitlari keltirib chiqargan;

  • Barcha 73% YTH lar faqatgina shaharda va aholi yashash punktlarida, barcha 24,1% YTH lar idoraviy yo‘l tarmoqlarida (shu jumladan, shaharlar va aholi yashash joylarida) sodir bo‘lgan;

  • YTH da taxminan 54,3% xalok bo‘lganlar shahar tashqarisida sodir bo‘lgan;

  • hisobga olingan YTH ning umumiy 53%dan, 54,3%- o‘lganlar va 54,2%- jarohatlanganlar, bu iyundan sentyabrgacha bo‘lgan davrda yuz bergan.

Hodisaning og‘irlik darajasi (100 jarohatda o‘lim soni) quyidagi tendentsiyalarga ega:

  • Oxirgi 2 yilda YTH lari o‘sdi va 2000 yilda darajasi 15 ga yetdi;

Shaharga qaraganda shahardan tashqari sharoitda YTH ning og‘irlik darachasi
2 marta yuqori. 1999 yilning statistik maʼlumotlariga ko‘ra, YTH ning asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi:

  • haydovchi (78,5%) va yo‘lovchi (23,9%) tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish;

  • noqulay yo‘l sharoitlari (22,4%);

  • nosoz avtomobil (2,5%).

Аlkogolь taʼsirida bo‘lgan haydovchilarning avtomobil boshqarishi-22,1%, tezlikni oshirish natijasida 18,9% va qarama-qarshi harakatlanishda 15,9% YTH sodir bo‘ladi. Yo‘lovchilar ishtirokida sodir bo‘ladigan YTH sabablari quyidagilar:

  • yo‘lni keesib o‘tish mumkin bo‘lmagan joydan o‘tish – 60,5%;

  • yo‘l harakatini boshqarish signallariga ahamiyat bermaslik – 5,1%;

  • to‘siq ortidan kutilmaganda qatnov qismiga kirib kelish – 14,9%;

  • trotuar bo‘la turib, qatnov qismida harakatlanish – 4,1%;

  • qatnov qismida 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kattalarsiz paydo bo‘lishi – 1,9%;

  • qatnov qismida o‘ynash – 1%;

  • piyodalarning alkogolь taʼsirida yo‘lga chiqishi – 23,0%. Yo‘lning noxush xolatlari quyidagilar:

  • yo‘l qoplamasining sirpanchiqligi – 70% xollarda;

  • yo‘l qoplamasining noravonligi – 5-8%;

  • yo‘l yoqasining mustahkamlanmaganligi – 6% YTH.

YTH hisobini yangi formasini ishlab chiqish statistik maʼlumotlarni ishonchliligini oshirishga ko‘maklashadi.
Umuman olganda, mamlakat yo‘llarida avtoxalokatlar o‘sishining asosiy sabablari deb quyidagilarni keltirish mumkin:

  • o‘tish davrida iqtisodiy muvozanatsizlik;

  • moddiy taʼminotsiz qabul qilingan xavfiz harakatni oshiruvchi federal va regional dasturlar, dasturiy tadbirlar;

  • boshqaruv apparatida kadrlar yetishmasligi;

  • yo‘l harakati tashkiloti bo‘yicha yo‘lni ekspluatatsiyasi uchun moddiy taʼminot oxirigacha amalga oshirilmasligi;

  • yo‘llarda aloqaning yo‘qligi.

Turli mamlakatlarda yo‘l harakati qoidalari talablari.
5.10-jadval




Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin