O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə52/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Tabiiy ofatlarni oldini olish


Yo‘l tarmoqlari, avtomagistrallar, shahar xalqa yo‘llari va boshqa yo‘llarining havfsizligini va ishonchliligini taʼminlash uchun ularni yuqori standartlarga muvofiq tabiiy ofatlarga dosh beradigan, shuningdek, zilzila, to‘fon va qor ko‘chkilariga qarshi turg‘un qilib quriladi. Yo‘llar tabiiy ofatlarda muhim infrastruktura xisoblanadi, chunki qutqaruv va qayta tiklash bo‘yicha barcha tadbirlar avtomobil yo‘llari yordamida amalga oshiriladi.

Zilzila


Yaponiyaning yer maydoni butun dunyoning yer maydonidan 0,25 % ini tashkil etishiga qaramasdan, 23 % atrofidagi yirik yer silkinishlari (6 yoki undan yuqori magnitudali) sodir bo‘lish ehtimoli bilan Yaponiya eng seysmikfaol davlatlardan biri hisoblanadi.

5.27-rasm. Oxirgi ulkan sunami bilan kuchli zilzila 2011 yil 11 martda yuz bergan edi va avtomobil yo‘llariga katta zarar yetkazdi (6 milliy avtomagistralь Xaro-No-Mati, Fukusima prefekturasi)

Kuchli yomg‘irlar


Yaponiya boshqa davlatlar bilan solishtirilganda, asosan yomg‘ir va to‘fonlar vaqtida 2 barobar ko‘p yog‘ingarchilik yog‘adigan davlat. Oxirgi 10 yillik davomida lokal jala yomg‘irlar miqdori keskin darajada o‘sdi, shu sababli toshqinlar xavfi oshdi. Yumshoq tuproq to‘fonlar vaqtida oson buziladi va ko‘chki yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Kuchli qor yog‘ishi


Yaponiya dengizi Yaponiya va Osiyo kontinenti o‘rtasida joylashgani uchun, Yaponiya qish vaqtida, asosan dengiz bilan chegaradosh xududlarda kontinentdan kuchli shamollar olib keladigan qor bo‘ronlarini qabul qiladi. Umumiy aholining 5 dan 1 qismi yashaydigan, aholining zichligi 105/km2 gacha bo‘lgan xududda taxminan 60 % yerlar sovuq iqlim va kuchli qor taʼsirida bo‘ladi, bu ko‘rsatkich boshqa shimoliy davlatlar ko‘rsatkichidan sezilarli darajada oshadi.



5.28-rasm. Chugoku va Shimoliy Kyusyu regionlarida kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan sellar, 2009 yil iyul oyi. (Milliy avtomagistral № 262, Xofu shahri, Yamaguchi Prefekturasi)

5.29-rasm. Kanto regionida rekord darajadagi qor yog‘ishi: 20-marshrutda qorni tozalash uchun o‘z-o‘zini himoya qiluvchi qurollangan kuchlar olingan, 2014 yil fevralь oyi

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin