O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Dunyo avtomobil yo‘llarida avariya xolatlari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə49/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Dunyo avtomobil yo‘llarida avariya xolatlari


Dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb ijtimoiy muammolardan biri avtomobil yo‘llarida YTH natijasida xalok bo‘lganlar va jarohatlanganlar sonining
doimiy oshishida avariya darajasini kamaytirish muammosi xisoblanadi. Barcha insoniyat uchun yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash global muammoga aylanib bormoqda.
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyatining topshirig‘iga ko‘ra tayyorlangan dunyoda jarohatlanish darajasi bo‘yicha yillik xisobotda YTH muammosi bu “... jarohatlanish, insonlar hayotiga xavf soluvchi va xalok bo‘lishiga olib keluvchi, mamlakatni rivojlanishini ushlab turuvchi va millionlab insonlarga katta xafv olib keladigan, doimo kuchayib borayotgan global muammo” deb ko‘rsatilgan. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyatining kundalik travmatizmning bunday ko‘rinishini, yaʼni har kuni yer yuzida 2700 insonning halok bo‘lishini oldini olish bo‘yicha aktiv harakatlanishga chorlamoqda.
Xavfsiz harakat bu aholining sog‘ligi muammosi xamdir. Jahon Banki va JSST topshirig‘iga ko‘ra, АQShning Garvard Universitetining jarohatlanishning global ahamiyati bo‘yicha oxirgi tadqiqotlarida taʼkidlanishicha, 15-44 yoshgacha bo‘lgan aholining orasida yo‘l-transport hodisalari erkaklar orasidagi o‘limning asosiy sababi va ayollar ichida beshdan bir o‘lim sababi yo‘l-transport hodisalariga to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari, bu tadqiqotlar 2020 yilga kelib YTX lar dunyo bo‘yicha yurak kasalliklari va depressiya sababli o‘lish darajasidan keyin uchinchi o‘rinni egallashini ko‘rsatdi.
Dunyoda ushbu muammoning zamonaviy kattaligi quyidagicha: dunyoda yiliga YTH da xalok bo‘lganlarning soni 1 171 000 kishini tashkil qiladi, jarohat olganlar soni esa yiliga 10-15 mln. Yiliga dunyo bo‘yicha 163 000 dan ortiq bolalar halok bo‘ladi va 1,5 mln.dan ortiq bolalar jarohatlanadi va majruh bo‘lib qoladi. Bu bolalarning barchasi 15 yoshgacha bo‘lganlardir.
Rivojlangan davlatlarning avtomobillari parki dunyo bo‘yicha avtomobillar parkidan 32 % ni tashkil qilsa xam, bu davlatlarning yo‘llarida 75 % YTH sodir bo‘ladi. Osiyo-Tinch okeani regionida oxirgi 10 yilda 2 mln. kishi xalok bo‘ldi va 17 mln. kishi jaroxatlandi yoki majrux bo‘lib qoldi. Lotin Аmerikasi va Karib ko‘rfazi davlatlarida bu davrda 1 mln kishi xalok bo‘ldi va 10 mln kishi jaroxatlangan.
YTH ga ko‘ra, xalok bo‘lganlarning soni jahon regionlari bo‘yicha: Lotin Аmerikasi va Karib ko‘rfazida–12%, Osiyo-Tinch okeani regioni davlatlarida– 42%, O‘rta sharq davlatlarida–2%, Аfrika davlatlarida–8%, Yevrosoyuz davlatlarida–25%, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida–11%.
Bu muammo o‘z navbatida iqtisodiy taʼsirini ham ko‘rsatadi. YTH iqtisodiy o‘sish va jamiyat rivojlanishini ham sustlashtiradi.
Milliy darajada yalpi milliy mahsulotning 1-3% gacha iqtisodiy yo‘qotishga tengdir. Jahon Bankining aytishicha YTH ning global iqtisodiy yo‘qotishi dunyoda yiliga 500 mlrd amerika dollarini tashkil qiladi. faqatgina rivojlangan davlatlarning o‘zidagina YTH dan har yilgi yo‘qotish 100 mlrd dollarni tashkil etadi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin