O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Xalqaro yo‘llar klassifikatsiyasi



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə47/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Xalqaro yo‘llar klassifikatsiyasi


Xalqaro yo‘llar quyidagi toifalarga bo‘linadi:
  1. Аvtomagistrallar


“Аvtomagistral” so‘zi transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan, maxsus qurilgan, yo‘lning chetki muassasalariga xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘l maʼnosini bildiradi:
Vaqtinchalik qatnov qismini ikki tomonlama harakatlanishi uchun, bir biridan uzuq chiziqlar bilan ajratilgan, harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan yoki maxsus holatlarda boshqa vositalar bilan;

  1. yo‘llar, temir yo‘l yoki tramvay yo‘llari va piyodalar yo‘lakchasi yo‘llari bilan bir sathda kesishmaydi;

  2. avtomagistral sifatida maxsus belgilangan.
  1. Tezkor yo‘llar


Tezkor yo‘llar o‘z ichiga avtotransport xarakati uchun belgilangan, faqatgina chorraha orqali chiqadigan yo‘llarni o‘z ichiga oladi va

  1. to‘xtash va to‘xtab turish taʼqiqlangan qatnov qismida (qatnov qismlarida);

  2. tramvay yo‘li yoki trotuar bilan, hamda har qanday temir yo‘llar bilan bir sathda kesishmaydi.
  1. Oddiy turdagi yo‘llar


Oddiy turdagi yo‘llar o‘z ichiga barcha turdagi transport vositalari xarakatlanishi mumkin bo‘lgan bitta yoki ikkita qatnov qismiga ega bo‘lgan yo‘llarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro avtoyo‘llar asosan avtomagistrallar yoki tezkor yo‘llarni o‘z ichiga olishi shart.

Geometrik xarakteristikalar


1. Umumiy xolatlar
Geometrik tavsifni tanlashdan maqsad, bu yo‘lni xavfsizligini, transport vositalarini to‘xtovsiz harakatlanishini, kam tirbandlikni kamaytirish, xaydovchilarning umumiy harakatini taʼminlash uchun kerakdir.
Аsosiy loyihalash meʼyorlari bir vaqtning o‘zida qurilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan yo‘llarga bir xil bo‘ladi. Biroq oxirgi vaziyatda cheklangan faktorlarni hisobga olish va mahalliy xususiyatni va marshrutning umumiy butunligini tanlash maqsadida qo‘llanilayotgan asosiy meʼyorlarga mos kelishi shart. Bu bir qancha maʼlum parametrlarni bajarmaslik imkonini beradi, o‘z o‘rnida bular trassaning xususiyatlarini va xavfsizligini oshirish maqsadida xaydovchining tomonidan yo‘lni qabul qilishini (avtoyo‘llarni “o‘qiy bilish”) oshirishga yordam beradi.
Yo‘lni bosqichma-bosqich qurishga muhim eʼtibor berish kerak, chunki harakat butunligi har bir bosqichda saqlanilishi kerak (o‘tishlar muhimligini unutmagan xolatda).
Аlohida qatnov qismi bilan yo‘l yoki avtomagistralni bosqich bo‘yicha qurish vaziyatlarida birinchi bosqichda ikki tomonlama harakatlanish uchun qurilish faqatgina bir qatnov qismida olib boriladi, ushbu birinchi bosqichda qatnov qismi bo‘yicha ikki tomonlama yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish aynan ikki yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish deb qabul qilinishi va yo‘lning o‘zi shunday harakatlanish uchun ishlatilishini uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish lozim; bu har bir yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan transport vositalarining trassaning katta qismida quvib o‘tish joylarida ko‘rishni taʼminlaydi; shuningdek, qurilish davrida to‘liq ko‘rinishda qad ko‘tarishi lozim bo‘lgan qurilish obʼektlarini imkon qadar
maskirovka qilish.
Qatnov qismining hisoblangan ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari yo‘lning toifasini tanlashga bog‘liq, u esa o‘z navbatida, uning vazifalariga, xududning sharoitlariga (relьefiga, atrofning qurilganligiga va boshqa) va umumiy texnik-iqtisodiy tomonlarga bog‘liq. Toifani tanlash quyidagilarni taxmin qiladi:

  • yo‘l chetidagi obʼektlar xarakteristikalarining ichki tuzilishiga muvofiq bo‘lishi (o‘xshashligi);

  • yo‘lni yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan qabul qilinishini muvofiq bo‘lishi.

Ushbu tanlov qurilayotgan yo‘nalishni (yoki hududni) jihozlashga umumiy yondoshuvni belgilashni taqozo qiladi va loyihadagi barcha elementlarni yakuniy o‘rnatishga muvofiq (geometrik xarakteristikalar, belgilar, qurilmalar va tutashma- lar) bo‘ladi. Аvtoyo‘lning har bir toifasining o‘ziga xos belgilangan tezligi mavjuddir.
Аlohida transport vositalarining belgilangan tezlikda xavfsiz harakatlanishiga yo‘l qo‘yuvchi geometrik xaraktaristikalarni aniqlash maqsadida yo‘llarni yangi- lash yoki qurishda tanlanadigan tezlikni hisoblangan tezlik deb qabul qilinadi.
Xalqaro «E» tarmog‘i parametrlari bilan ShNK 2.05.02-07 parametrlarini solishtirish 5.9-jadvalda keltirilgan.
«E» xalqaro tarmog‘i parametrlarini ShNK 2.05.02-07 parametrlari bilan solishtirish.
5.9-jadval






Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin