O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə55/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

7. QUVUR TRАNSPORTI


Bu quvur orqali o‘zoq masofaga suyuq, gazsimon va qattiq maxsulotlarni yetkazib beradigan transport. Bizning mamlakatimizda har yili o‘nlab, yuzlab, hattoki minglab kilometr yangi quvurlar qurilmoqda. Har bir shunday quvur nisbatan oddiy qurilgan. Yerga ko‘pincha kerakli diametrdagi metall quvurlar yotqiziladi, ularni yaxlit bir qator qilib payvandlanadi, maʼlum masofada nasos stansiyalari quriladi, ular quvurda kerakli bosimni ushlab turadi, А punktidan V punktga gazni, suvni yoki neftni “haydaydi”.
Quvurlar - transportning eng arzon turi hisoblanadi. 1 tonna neftni quvir orqali transportirovka qilish xarajatlari avtomobil va temiryo‘l transporti orqali tashishga qaraganda bir necha barobar kam. Shuning uchun ham quvurlar hozirgi kunda daryolar va botqoqliklarni, cho‘llarni, tog‘ yonbag‘rlarini kesib o‘tmoqda, dengiz tubiga joylashmoqda, hech qachon yo‘l o‘tmagan va bo‘lmaydigan joylarda faqatgini quvur transportidan foydalanish samarali hisoblanidi.
Bu inshootlarning eng qimmat “detallari” – bu quvurlar hisoblanadi. Ularga qurilish uchun ketadigan xarajatlarning yarmi sarf qilinadi. Quvirlarning kesishish maydoni diametr kvadratiga proportsional tarzda oshib borishi natijasida, trubani tayyorlash uchun metallning sarf harajatlari esa tug‘ri proportsional ravishda bo‘ladi, shuning uchun quvirlarni katta diametrli trubalardan qurish unumliroqdir. Shu sababli oxirgi yillarda zavodlarda trubalarni po‘lat listlardan qayiltirish va payvandlash yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, ularning diametri 1m va undan ortiq bo‘ldi.
Texnik baza quyidagilardan tashkil topadi:

  • quvurning o‘zi, u elektrdan himoyalanish jixozlari bilan himoyalangan va payvandlangan quvurlardan tashkil topgan yaxlit magistraldir (rasm 7.1). Magistralning bir qismining ko‘rinishi ni daryolardan, ko‘llardan, ko‘rfazlardan, botqoqliklardan, avtomagistrallardan, temir yo‘llardan va boshqalardan yerusti va yerosti o‘tish yo‘llari tashkil qiladi. Quvurlarni qurish uchun sanoat 520,720,820,1020,1220 va 1420 mm li trubalarni chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

  • suyuq va gazsimon maxsulotlarni quvur orqali o‘tkazganda bosh va oraliq stansiyalar hisoblangan kompressorli va qayta ishlovchi stansiyalar. Stansiyaning umumiy ishlab chiqarilishi - bir sutkada o‘tkazilayotgan gazning

70 mln. kub. m.

  • liniyadagi tugunlar – bu parallel yoki kesishgan magistirallarni tutashtirish yoki ajratish uchun va taʼmirlash davrida liniyalarning alohida uchastkalarini to‘sish uchun qurilmalar;

  • elektr bilan taьminlovchi liniyalar, agar kuchlanishli agregatlar (nasoslar, kompressorlar) elektr bilan taʼminlangan bo‘lsa.

  • tizimning normal ishlashini ta`minlovchi kerakli maьlumotlarni yetkazuvchi aloqa liniyalari.

Neft quvurlarining texnik jihozlanishi majmuasiga neftni suvsizlantirish va degazatsiya qilinishi uchun jihozlar va inshootlar, cho‘ziluvchan sortli neft mahsulotlarining isitilishi, maxsus idishlar va boshqalar kiradi. Quvur magistrallarning samaraliligi, ularga metallning ko‘p sarflanishiga qaramay, isteʼmolchiga mahsulotni qisqa yo‘l (transportnng boshqa turlariga nisbatan) bilan yetkazish imkoniyati tufayli, o‘tkazishning yuqori imkoniyatlari bilan, o‘tkazish jarayoning avtomatlashtirilganligi bilan, mavsumga va ob-havo sharoitlaridan qatʼiy nazar, qurilishning kichik muddatliligiga qaramay, transport qilinayotgan mahsulotning minimal sarf harajatlariga bilan aniqlanadi.
Hozirgi kunlarda yoqilg‘ining 2/3 qismi quvir orqali transportirovka qilinadi.
Quvurlardan foydalanishning qulay tomonlaridan biri bo‘lib, ularning qattiq materiallarni pulьpoo‘tkazgichlardan gidrotransportirovka qilish.
1960 – 1964 yillarda dunyodagi eng uzun neft quvuri “Drujba” qurilgan bo‘lib, bu neft quvurining uzunligi 5,1 ming km va diametri 1020 mm li trubalardan tashkil topgan bo‘lib, hozirgi vaqtda bu tizimning umumiy uzunligi 10 ming km dan oshadi.

7.1-rasm. Chiziqli magistralning yerusti quvurining qurilishi


7.2-rasm: Stavropol-Moskva gaz quvurining Shekinskaya kompressor stansiyasida porshenli gazomotor kompressorlar zalida 10 ta gazomotor gazhaydovchi 10 GK turidagi agregatlar o‘rnatildi. Har bir agregatning quvvati 736 kVt ga teng.
Quvur transporti yuklarni transportirovkasi bo‘yicha eng arzon narxiga ega. Quvurlar xalq ho‘jaligida qo‘llanilishi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Davlat (xalqaro) axamiyatidagi magistral quvurlar.

  1. Shahar kommunal-tarmoqli.

  2. Zavod ichida transportirovka qilinadigan texnik quvurlar. Quvurlarning asosiy hisob parametrlari quyidagilar:

  1. quvirning diametri;

  2. transportirovka qilinadigan materiallarning ishchi temperaturasi;

  3. shartli bosim.

Quvurning nomini (gaz, neft, moy, benzin, kondensat va boshqalar) transportirovka qilinayotgan material aniqlab beradi.
Quvurlarni ishchi bosimiga qarab magistral quvurlarni sinflarga bo‘linadi:

  • normativ bosimiga ko‘ra:

Isinf – 2,5 MPa < Rn < 10 MPa IIsinf – 1,2 MPa < Rn < 2,5 MPa

  • shartli diametr bo‘yicha:

Isinf – 1000 mm < Du< 1200 mm IIsinf – 500 mm < Du< 1000 mm IIIsinf– 300 mm < Du< 500 mm IVsinf– Du< 300 mm.
Аgar transportirovka qilinayotgan materialning temperaturasi 50°S gacha bo‘lsa, quvurlar sovuq hisoblanadi, agar materialning temperaturasi 50° S dan oshsa, issiq quvur deyiladi.
Magistiral quvurlar – transport qilinayotgan material bilan bajariladigan operatsiyalar uchun mo‘ljallangan bir qator obʼektlar qarashli bo‘lgan liniya ko‘rinishidagi inshoot.
Zamonoviy quvur transportining texnik bazasi: quvirning o‘zini, o‘tkazadigan va kompressor stansiyalarni, yer osti omborlarini, energiya taʼminoti liniyalarini, aloqa liniyalarini, remont-ekspluatatsiya xizmati obektlarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Magistral quvurlarning yer yuzasiga nisbatan joylashishi bo‘yicha yotqizishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: yer osti, yarim yer osti, yer bilan bir tekislikda va yer usti (7.3-rasm).
Shaxar kommunal tarmoqli quvirlaridan shahar aholisining va ishlab chiqarish korxonalarining talablarini qondirish uchun foydalaniladi. Shahar gaz quvurlariga past bosimli quvirlar (Rr < 0,005 MPa), o‘rta bosimli (Rr - 0,005÷0,003 MPa),
yuqori bosimli (Rr > 0,3 MPa) quvurlar kiradi.
Texnologik quvurlar deb – jihozlarning ekspluatatsiyasi va texnologik jarayonlarini taьminlovchi ishlab chiqarish korxonalari quvurlari bo‘ylab xomashyo, yarim xomashyo, tayyor mahsulot, bug‘, suv, yoqilg‘i va boshqa materiallarni transportirovka qiladigan quvurlarga aytiladi.
Pnevmotransport tizimining boshqa transport vositalariga nisbatan ustunliklari: yuklarni yetkazishdagi katta tezlik; texnologik jarayonlarning doimiyligi; mehnatning to‘la avtomatlashtirilganligi va uning yuqori ish unumdorligi; yuklarning yo‘qotilmasligi.
Pnevmoquvurlar yer ostida, estakadalarda, ko‘l va daryolarning tublaridan, botqoqliklarda va tog‘larda o‘tqazilgan bo‘lishi mumkin. Ular to‘kiluvchan yuklarni, qurilish materiallarini, foydali qazilmalarni, mayda sunʼiy yuklarni transportirovka qilish uchun mo‘ljallangan.

7.3-rasm. Quvurlarni yotqizish sxemasi:

    1. yer osti; b) yarim yer osti; v) yer bilan bir tekislikda; g) yer usti.

Pnevmotransportning ishi quyidagi asosiy elementlardan iborat: yuklash va tushirish stansiyalari, transport quvurlari, harakat tarkibi, havo haydovchi stansiyalar, texnik xizmat ko‘rsatish uchastkalari, avtomatika va aloqa vositalari.
Bosimni kamaytirish trassa yonida joylashtirilgan havo haydovchi stansiyalar orqali taʼminlanadi. Bosimdagi farq sezilarli emas –ko‘tarish burchagi 30 gacha 6

  • 10 atmosferadan ko‘p bo‘lmaydi. Masalan, bunday bosimga 6-12 ta konteynerli, qurilish toshlari bilan to‘ldirilgan 60 km/soat tezlik bilan harakat qilayotgan

poyezd erishadi. Har bir konteyner 4,5 t yuk ko‘taradi.
Pnevmotransport tizimi – programma orqali boshqariladi.
Kerakli manzillarga yuklarni yetkazish uchun pnevmotizimlar bo‘linishlarga ega.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin