O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Inshootlarning hususiyatlari va quvurlarning ekspluatatsiyasi



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə56/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Inshootlarning hususiyatlari va quvurlarning ekspluatatsiyasi.


Uzoq masofalarga cho‘zilgan quvirlarda har 80 – 150 km da oraliq tortish va kompressor stansiyalari quriladi. Masalan, “Drujba” neft quvirida quvvati 7000 m3/soat bo‘lgan tortish stansiyalari har 80 – 100 km da o‘rnatilgan va maxsus elektruzatish liniyalari bilan jixozlangan qurilmalardan elektrenergiya bilan quvvatlanadi. Tortish agregatlari sifatida porshenli yoki markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi.
Birinchi magistral gaz quvurlarida ishchi bosim 12-25 atm. (1,2 – 2,5 MPa). Keyinchalik esa bu bosim bir necha barobar ko‘tarildi. Xozir bu quvurlar 50 – 60 atmosferaga yaqin bosimda ishlaydi. Neftning quvur ichidagi tezligi odatda 1 – 1,5 m/s ga yetadi.
Haraakatga qarshilikning tasiri natijasida quvirlardagi bosim tez tushib ketadi.
Quvurdagi naporning yo‘qotilishi N quyidagi formula orqali topiladi:
N = kLv2 /.2gd, (7.1)
bu yerda: k – ishqalanish koeffitsenti; L – quvir uzunligi; v – quvirdagi yukning xarakat tezligi m/s; g –og‘irlik kuchining tezlashishi, m/s2; d – quvir diametri,m.
Trassada va gaz o‘tkazgich magistralning oxirida joylashtiriladigan ajratuvchi stansiyalar ularga kelayotgan gaz bosimini kamaytiradi va istemolchilarga ajratuvchi tarmoqqa uzatiladi.
Trassaning yuqori joylaridagi quvurlar maxsus qurilmalarga – bu yerda yig‘ilayotgan havoni vaqtinchalik chiqarish uchun vantuzlarga ega. Trassa kesimining quyi joylarida qum va loydan quvurni tozalash uchun tushiruvchi yog‘ingarchilik uchun mo‘ljallangan quduqlar joylashgan. Quvurlarning ekspluatatsiyasi uzluksiz, mustahkam va yil fasli, iqlim sharoitlariga bog‘liq emas. Quvur kanallarining yuqori germetikligi undan o‘tayotgan neft maxsulotining
boshqa transport vositalari, yaʼni temir yo‘l va suv transportiga qaraganda maxsulot yo‘qolishini 1,5 – 2,5 barobar qisqartiradi.
Quvur transportining asosiy texnik-iqtisodiy xususiyatlariga va ustun taraflariga quyidagilar kiradi:

  • quvurlarni har tomonga yotqizilishi imkoniyati;

  • tortish o‘lchamlarining ommaviyligi; transportirovkaning eng past narxi (agar transportda tashishlarni 100% deb qabul qilsak, unda quvur transportida u 30% ni tashkil qiladi, temir yo‘l transportida-80%, avtomobil transportida-1600%);

  • to‘liq germitizatsiya - bu yuklarning mutloq sifatini va miqdorini saqlaydi.

  • quyish, to‘kish va tortish bo‘yicha operatsiyalarni to‘la avtomatlashtirish;

  • kam miqdorli boshlang‘ich sarmoya kiritish;

  • iqlim ob – havo omillariga bog‘liq emasligi, hamda mos izolyatsiya qilinishida atrof muhitga zarar yetkazilishini bartaraf qilish va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning oz miqdori;

Quvur transportiga yoqilg‘ini sarflash temir yo‘l transportiga qaraganda 7–12 baravar kam. Аsosiy kamchiligi esa yuk turlari bo‘yicha tor mutaxassislik. Yuklash va tushirish operatsiyalari yo‘qligi uchun tortishning uzoqligi transportirovkaning narxiga sezilarli taʼsir qilmaydi. Quvurlarning tejamliligining asosiy faktori – transport qilinayotgan yuklarning ommaviyligi, yuk oqimini jamlash imkoniyati. Zamonaviy gaz quvurlari faqat bitta liniya bo‘yicha yiliga 30 – 40 mlrd m3 gaz, neft quvurlari esa 100 mln. t dan ortiq neftni transportirovka qilishi mumkin
Neftь mahsulotlaridan va tabiiy gazdan tashqari quvurlar bo‘ylab kimiyoviy, neftkimyoviy, tuz, ko‘mir, qurilish materiallari va ishlab chiqarishning boshqa soxalari materiallarini transportirovka qilinadi.
1977 yilda 150 km uzunlikdagi Sterlitamak – Ufa rassol (tuz) o‘tkazgich qurilgan, bu quvur orqali har yili 600000 m3 osh tuzining qorishmasini Baskunchak konidan transportirovka qilinadi.
Quvur orqali o‘tadigan suyuqliklarning (neft, kerosin, benzin, mazut)
tortishning ikki turi mavjud. Ularni rezina yoki platmassa sharlar bilan (ketma-ket tortish) ajratish mumkin yoki quvurlarda joylashtirilgan turli plastmassa
shlangalardan transportirovka qilsa bo‘ladi.
Hozirgi kunda neft va gaz mamlakat xalq xo‘jaligining yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining asosiy qismini ta`minlaydi, bunda gazning 85% elektr energiyasi ishlab chiqarishiga va ishlab chiqarishning energetik ehtiyojlariga ishlatiladi. Bularning barchasi yoqilg‘ining progressiv turlarini olish bilan bir qatorda ularning transporti, ayniqsa quvur transporti rivojlangan.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin