O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə64/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Plyuslar va minuslar


Dirijabllar – bu boshqariladigan o‘zi harakatlanadigan aerostat. Oddiy faqat shamol yo‘nalishi bo‘ylab va kerakli yo‘nalishdagi shamolni tutish uchun faqatgina balandlikda manevr qila oladigan “uchadigan havo shariga” nisbatan, dirijabl uchuvchi tomonidan tanlangan yo‘nalishda atrofdagi havo massalariga nisbatan harakatlana oladi. Bu maqsadda uchish apparati bir yoki bir nechta dvigatellar, stabilizatorlar va rullar bilan jihozlangan, undan tashqari aerodinamik (“sigarasimon”) formaga ega. O‘z vaqtida dirijabllarni dunyoni larzaga solgan halokatlar ketma-ketligi “o‘ldirgan” emas, balki XX asrning birinchi yarmida jadal surʼatlar bilan rivojlanayotgan aviatsiyadir. Dirijabl sekin harakatlanadi – hattoki porshen dvigatelli samolyot ham undan tezroq uchadi. Turbovintli va reaktiv mashinalar xaqida gapirmasa ham bo‘ladi. Dirijabllarni samolyot tezligigacha yetkazishga korpusning parusliligi xalaqit beradi – havo qarshiligi juda katta. Lekin vaqt-vaqti bilan havo keskin zaryadsizlangan, demak, uning qarshiligi ham ancha kam bo‘ladigan balandliklarga ko‘tariladigan yuqori tezlikdagi dirijabllarning loyihalari xaqida so‘z ochishmoqda. Bu tezlikni soatiga bir necha yuz kilometrga yetkazishga yordam beradi. Аviatsiyaga tezlikda yutqazsa ham, shunga qaramay, boshqariladigan aerostatlar dirijablsozlikning tiklanishiga sabab
bo‘luvchi bir qator muhim afzalliklarga ega. Birinchidan, aerostatni havoga ko‘taruvchi kuch (maktabdan hammaga Аrximed kuchi deb nomlanuvchi kuch), apparatning tezligiga, demak dvigatelning quvvatiga bog‘liq bo‘lgan qanotning ko‘tarish kuchiga nisbatan umuman tekin va energiyaning sarflanishini talab qilmaydi. Dirijablga esa dvigatellar asosan gorizontal tekislikda joy o‘zgartirishga va manevrni amalga oshirish uchun lozim. Shuning uchun bunday turdagi uchish apparatlari foydali yuklanishning teng kattaligidagi samolyotga talab qilingan quvvatdan ko‘ra kamroq quvvatli motorlar bilan ishlaydi. Bundan kelib chiqadiki, bu endi ikkinchisi, dirijabllar qanotli aviatsiyaga nisbatan yuqori darajada ekologik toza, bu esa bizning davRimizda juda muhim. Dirijabllarning uchinchi afzalligi – bu ularning cheksiz yuk ko‘tarish xususiyati. Juda katta yuk ko‘taruvchi samolyot va vertolyotlarni yaratish konstruktsion materiallarning mustahkamlik xarakteristikalari bo‘yicha cheklanishlarga ega. Dirijabllar uchun esa bunday cheklanishlar yo‘q va masalan, 1000 t foydali yuklanishli havo kemasi – umuman fantastika emas. Bu yerga uzoq vaqt havoda bo‘la olish xususiyatini, uzun uchish- qo‘nish tasmali aerodromlarga ehtiyojning yo‘qligini va parvozlarning katta xavfsizligini qo‘shsak – va bizda sekin uchishligining o‘rnini bosa oladigan afzalliklarning katta ro‘yxati paydo bo‘ladi. Umuman olganda, sekin uchishliligini ham havo kemalarining afzalliklariga qo‘shish mumkin.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin