O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə66/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Og‘irroq va yuqoriroq


Hamyurt dirijablsozlar ishlaydigan yana bir yo‘nalish bu – og‘ir yuk-yo‘lovchi dirijabllar yaratishdir. Dirijabllar uchun yuk ko‘tarish bo‘yicha cheklovlar yo‘q, shuning uchun havoda istalgan juda og‘ir kichik hajmli yuklarni tashish imkoniyatiga ega haqiqiy “havo barjalari” yaratish istiqbolli hisoblanadi. Qobiq chiziqli hajmlarining o‘zgarishi bilan dirijablning yuk ko‘tarishi kubli proportsiya bilan ortadi va bu bilan muammo ancha yengillashadi. Misol uchun, qobiq uzunligi
54 m bo‘lgan АU-30 bortga 1,5 tonnagacha foydali yukni olishi mumkin.
«Rosaerosistemalar» injenerlari tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi avlod dirijabllari 30 m ga ortiq qobiq uzunligi evaziga 16 tonna foydali yuklamani oladi! Kompaniya guruhlari istiqbolli rejalarida – 60 va 200 tonna foydali yuklamali dirijabllar qurish. Dirijablsozlikning aynan ana shu qismida kichik inqilob yuzaga kelishi kerak. Ko‘p o‘n yillar davomida birinchi marta havoga dag‘al sxema asosida ishlangan dirijabl ko‘tariladi. Ko‘taruvchi gaz ustidan aerodinamik qobiq bilan o‘ralgan, karkasga mahkam o‘rnatilgan yumshoq ballonlarga joylanadi. Dag‘al karkas dirijablning xavfsizligini taʼminlaydi, chunki geliy sizib chiqqan
taqdirda ham uskuna aerodinamik shaklini yo‘qotmaydi.
«Rosaerosistemalar» kompaniya guruhlari tomonidan ITTK olib borilgan yana bir qiziq proekt bu – geostatsionar stratosferali dirijabl “Burgut”. G‘oyaning asosini atmosfera xossalari tashkil qiladi. Gap shundaki, 20-22 km balandlikda shamol bosimi nisbatan kichik va shamol faqat bir yo‘nalishda harakatlanadi – Yer aylanishiga qarama-qarshi. Bunday vaziyatlarda dvigatellar tyagasi yordamida uskunani sayyora sathiga nisbatan bir nuqtaga yo‘naltirib qo‘yish juda oson. Stratosfera geostatsionari hozirda geostatsionar yo‘ldoshlardan foydalaniladigan deyarli barcha sohalarda (aloqa, tele- va radiodasturlarni uzatish va h.k.) ishlatish mumkin. Bunda, tabiiyki, “Burgut” dirijabli istalgan kosmik uskunadan arzon. Bundan tashqari, aloqa yo‘ldoshi buzilib qolsa, u yaroqsiz holga keladi. “Burgut”ni esa har qanday nosozliklarda zaruriy taʼmirlash ishlari va kesimaktika uchun yerga tushirish mumkin. Va nihoyat, “Burgut” – ekologik toza uskuna. Dirijabl dvigatellar va retranslovchi uskuna uchun energiyani qobiqning ustki qismiga joylashtirilgan quyosh batareyalaridan oladi. Tunda esa kun davomida energiya to‘plagan akkumulyatorlardan quvvat oladi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin