O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə68/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Gigantlar halokati


Ko‘p sonli qurbonlar bo‘lgan havo halokatlari tarixi dirijabllar davridan boshlangan. R101 Britaniya dirijabli o‘zining birinchi parvozini 1930 yil 5 oktyabrda amalga oshirdi. Uning bortida havo aloqalari vaziri Kristofer Byordvell lord Tompson boshchiligida davlat vakillari bo‘lgan. Startdan bir necha soatdan so‘ng R101 xavfli balandlikkacha pastlab, tepalikka urilgan va yonib ketgan. Falokat sababi loyihalashdagi xatolar bo‘lgan. 54 nafar yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolaridan 48 nafari, jumladan vazir ham, qurbon bo‘lganlar ichida qayd etilgan. 73 nafar amerikalik harbiy dengizchilar to‘fonga uchragan «Аkron» dirijablida Nyu-Djersi shtati sohili yaqinidagi dengizga qulab o‘limni qarshiladi. Bu 1933 yil 3 aprelda sodir bo‘lgan edi. Odamlarni qulashdagi urilish emas, balki muzdek suv halok qildi: dirijablda bir dona ham qutqaruv qayig‘i yo‘q edi, atigi bir nechta probkali jilet bo‘lgan, xolos. 1937 yil 6 mayda sodir bo‘lgan mashhur
«Gindenburg» halokati qurbonlar soni bilan yuqoridagi ikki holatdan ortda qoladi. Halokatga uchragan uchchala dirijabllarning barchasi tez portlaydigan modda
vodorod bilan to‘ldirilgan. Hozirgi kundagi geliyli dirijabllar nisbatan xavfsiz hisoblanadi.

Reaktiv dvigatelli poyezdlar


Аynan rels ko‘tarmasi temir yo‘l poyezdlari tezligining oshishiga to‘sqinlik qiladi. Yuqori tezlikda harakatlanganda g‘ildirak relsga shunchalik katta dinamik taʼsirlar vujudga keladiki, rels ko‘tarmasi bardosh berolmaydi. Shuning uchun temir yo‘l transportining asosiy muammosi o‘ta og‘ir relslarga o‘tish edi. Moskva va Leningrad orasidagi yo‘lga o‘ta og‘ir relslar yotqizilgandan keyin poyezdlar harakati tezligi bo‘yicha davlat rekordi o‘rnatildi – 200 km/soat.
Biroq istiqbolda og‘ir relslar ham muammoning yechimi bo‘lmaydi. Tezliklar oshadi, g‘ildirakning relsga dinamik taʼsiri ortadi, va xatto o‘ta og‘ir relslar ham mustahkam hisoblanmay qoladi. Bundan tashqari, yuqori tezlikda g‘ildirakning relsga nisbatan chap berishi ro‘y beradi. «G‘ildirak-rels» tizimi tortish kuchlanishini qoniqarli yetkazish xususiyatini yo‘qotadi.

10.3-rasm. Reaktiv dvigatelli poyezd.
1967 yili Yaponiyada Tokaydo yo‘nalishida harakatlana boshlagan 12 vagondan iborat superekspress uchun maksimal mumkin bo‘lgan tezlik tadqiqotlari olib borildi. Bu tezlik 370 km/soat ni tashkil etdi. G‘ildirakka bundan ortiq qo‘yilgan kuch tezlikni oshirmaydi, balki g‘ildirakning relsga nisbatan toyishini vujudga keltiradi.
Poyezdning tomiga o‘rnatilgan reaktiv dvigatelini qo‘llash yo‘li bilan
g‘ildirakni tortish kuchlanishini uzatishdan ozod qilish g‘oyasi tug‘ildi (10.3.rasm).
U holda g‘ildiraklar relslar bo‘ylab yuguruvchi g‘o‘la vazifasini bajaradi.
Bunday poyezdni rivojlanish mezonlari bo‘yicha istiqbolini baholaymiz. Poyezddan 300 km/soat gacha tezlikda foydalanish ko‘zda tutilgan edi. Temir yo‘lda bunday tezlik – jiddiy muvaffaqiyat va bu poyezdning oddiy temir yo‘l poyezdariga nisbatan tezlik mezonlari ancha yaxshi. Reaktiv dvigatelli poyezd mavjud bo‘lgan temir yo‘llar uchun loyihalashtirilgan edi. Yangi yo‘llar qurilishiga katta xarajatlar ketishini hisobga olsak, u iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib ko‘rinadi.
Lekin mavjud temir yo‘llardan tezligi ancha past bo‘lgan oddiy yo‘lovchi va yuk poyezdlari yuradi. Reaktiv va boshqa oddiy poyezdlar tezliklari o‘rtasidagi farq yangi konstruksiyali bitta poyezd o‘nlab boshqa poyezdlarni jadvaldan chiqarib yuboradi, natijada ular razʼezdlarda uning o‘tib ketishini kutib turishga majbur bo‘ladi. Natijada iqtisodiy jihatdan reaktiv poyezdlar samarasiz ekanligini ko‘rish mumkin.
Bunday poyezdni xavfsizlik mezoni bo‘yicha baholashda 300 km/soat tezlik bilan qarama-qarshi kelayotgan ikki poyezdning uchrashuv paytida vujudga keladigan dinamik zarbani hisobga olish darkor. Boshqa muammolar ham tug‘iladi. Аmmo, birgina iqtisodiy mezonga tug‘ri kelmasligining o‘zi ham, bunday poyezdlar istiqbolli emasligiga yetarli.
Reaktiv dvigatelli poyezdni taraqqiyot mezoni bo‘yicha baholash shuni ko‘rsatadiki, u haqida juda ko‘p yozilgani uchun yangi transport turi hisoblanmaydi.
Insoniyatning buyuk kashfiyoti – g‘ildirak – tezlik oshishi uchun to‘siq bo‘ldi. G‘ildirdakdan voz kechish va uni havo yostig‘i bilan almashtirish g‘oyasi tug‘ildi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin