O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə69/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Monorelsli yo‘l


Temir yo‘llar oilasida monorelsli yo‘l – o‘ziga xos: bunday yo‘llarda vagonlar bitta rels bo‘ylab harakatlanadi (10.4-rasm). “Mono” “bir”, “yagona” maʼnolarini anglatadi. Va bu bitta rels yerga yotqizilmagan, balki baland tirgaklarga mustahkamlangan. Vagonlar go‘yoki yer ustida suzadi. Ularga piyodalar, avtomobillar xalal bermaydi, ularning yo‘lini boshqa yo‘llar kesib o‘tmaydi,
shuningdek ular odatiy yo‘llarga qaraganda sezilarli darajada tez harakatlanishi mumkin. Bu tezyurar yo‘l kelajakka taalluqlidir.

10.4-rasm. Yaponiyaning Tokio shahridagi monorelsli yo‘l
Ustunlarga o‘rnatilib, ot yordamida tortilgan ilk monorelsli yo‘l 1820 yilda Moskva viloyatidagi Mechkov qishlog‘ida yog‘ochlarni tashish uchun qurilgan. Rossiyada bu hodisa haqida maʼlumotlar keng yoyilmadi, bir yildan keyin esa Аngliyada monorelsli yo‘lga patent olindi. Ilk yo‘lovchi monorelsli yo‘l Germaniyada 1901 yilda paydo bo‘ldi.

10.5-rasm. Osma turga oid monorelsli transport tizimi
10.5-rasmda osma turga oid monorelsli transport tizimi tasvirlangan bo‘lib, u tik ustunga (2) qattiq mustahkamlangan transport to‘sini (1) va transport vositasidan (3) tarkib topgan. Transport to‘sini (1) unga mustahkamlangan yopiq
bo‘lmagan quti ko‘rinishidagi himoya vositasi bilan jihozlangan. Ko‘tarib turuvchi va turg‘unlashtiruvchi bir juft g‘ildirak osmasi (5) qutini qamrab oluvchi rama konstruksiyasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ikkita turg‘unlashtiruvchi tugun juftiga ega. Bunda ko‘tarib turuvchi g‘ildirak jufti (6 va 7) quti ichiga joylashtirilgan. Turg‘unlashtiruvchi juftlardan (8 va 9) birining g‘ildiragi transport to‘sini bilan, boshqa turg‘unlashtiruvchi juftlar (10 va 11) g‘ildiragi esa quti yon sirtidagi tashqi to‘sin bilan harakatlanadi. Osmadagi ko‘tarib turuvchi juftlik (6 va 7) turg‘unlashtiruvchi juftlik orasiga joylashtirilgan.
Zamonaviy monorelsli yo‘l — estakadaga ko‘tarilgan temir-beton yoki metall to‘sin (rels) va pnevmatik shinali kajavalardagi harakat tarkibi (vagonlar). Tashuvchi to‘sin va osma tizimga yuqoridan joylashtirilgan vagonlari pastki tayanch nuqtasiga ega bo‘lgan osma yo‘llar (10.5-rasm) osma tizimlardan (10.6- rasm) vagonlari to‘sinlarga ilingan aravalarga osib qo‘yilishi bilan farqlanadi. Аytib o‘tilgan turlardan har birining o‘z afzalligi va kamchiliklari mavjud.

10.6-rasm. Osma yo‘llar, Germaniya
Monorelsli yo‘llar vagonlar barqarorligini taʼminlash uchun harakatlanuvchi qismlarning murakkabroq tizimlarini talab qiladi. Yomon ob-havo sharoitlarida monorels (to‘sin) muz yoki qor bilan qoplanadi va tizim ishdan chiqadi yoki uni tozalash bo‘yicha ko‘p xarajatlar talab qiladi. Biroq ushbu yo‘l pastroq balandlikdagi tirgaklar estakadasini (2-3 m) talab qiladi va o‘z-o‘zidan qurilish uchun kamroq sarflanishini taqozo etadi. Osma tizimlarda esa baland tirgaklar (4-5 m) talab qilinadi, biroq vagonlarning harakatlanuvchi qismlari sezilarli darajada
sodda ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Qiymatining birmuncha balandligi va foydalanishdagi ayrim noqulayliklar (yo‘lovchilarni estakadaga olib chiqish va ularni tushirib qo‘yish, yo‘llar va harakat tarkiblariga xizmat ko‘rsatishdagi murakkabliklar) sababli monorelsli yo‘llar hozircha kundalik amaliyotda keng qo‘llanilayotgani yo‘q.
Temir yo‘llarning mazkur turi istisno tariqasida zamonaviy shaharlarga qo‘l keladi. U o‘zining ixcham qurilish o‘rni, ko‘p odam tashishi va transport tirbandliklarining oldini olish kabi ustunliklarga ega. Yaponiyada 1955 yilda tadqiqot guruhi tashkil etilib, unga monorelsli yo‘llar uchun ovoz tezligida harakatlanuvchi ekspress yaratish vazifasi yuklatilgan edi.
Qizig‘i shundaki, guruhga professor Kenoyya Odzava — taniqli samolyotlar konstruktori rahbarlik qilgan. 1970 yilda xuddi shunday ekspress nusxasi tajriba jonivorlari bilan sinov safarini amalga oshirdi. Ular yaxshigina sayohat qildi. Yaponiya amaliy ishlarda ham boshqa mamlakatlardan o‘zib ketdi. 70-yillar boshlarida shahar atrofi va shahar yo‘nalishlarida monorelsli yo‘llar qurildi. 1987 yilda 50 kilometrli tezyurar monorelsli yo‘l Osakani aeroport bilan bog‘ladi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin