O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə65/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Vertolyot raqobatchisi


Rossiya — dunyodagi qaytadan tiklanayotgan dirijablsozlik markazlaridan biri. Sohada «Rosaerosistemы» kompaniyalar guruhi yetakchilik qiladi. Bugungi kunda «Rosaerosistemы» konstruktorlari tomonidan ishlab chiqilgan ikki turdagi dirijabllar turi mavjud. Birinchi tur – bu ikki o‘rinli АU-12 dirijabli (qobig‘ining uzunligi 34 m). Bunday modeldagi uskunalar uch nusxada mavjud bo‘lib, ularning ikkitasidan MАHYda patrullik qilish uchun Moskva militsiyasi tomonidan vaqti- vaqti bilan foydalaniladi. Uchinchi dirijabl esa Tailandga sotilgan va reklama tashuvchisi sifatida qo‘llaniladi.
АU-30 dirijabllar tizimida yanada qiziqroq jihatlar mavjud. Mazkur rusumdagi uskuna yanada yirikroq hajmi (qobiq uzunligi 54 m) va yuk tashish xususiyatlari
bilan farqlanadi. АU-30 gondolasiga o‘n kishi (ikki uchuvchi va sakkiz yo‘lovchi) joylasha oladi. Uncha katta bo‘lmagan balandlikda va kichik tezlikda (sekin yurishning afzalligi-ana shu) amalga oshirilgan parvoz vaqtida tabiat manzaralari yoki arxitektura yodgorliklari go‘zalligidan bahra olish imkonini beradi. Germaniyada shu kabi sayohatlar amalga oshiriladi: qayta tiklangan Zeppelin NT rusumli dirijabllarida turistlarni Bodenzee manzarali ko‘li ustida sayr qildirishmoqda, bir vaqtlar bu yerdan birinchi nemis dirijabli sayohatga chiqqan edi. Biroq Rossiya dirijablsozlari ularning uskunasining asosiy o‘ziga xosligi reklama va ko‘ngilochar yumushlar emas, balki sanoat xarakteridagi jiddiy vazifalarni bajarishdan iborat bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.
Ixtiyorida elektr uzatish tarmoqlari bo‘lgan energetik kompaniyalar o‘zlarining tarmoqlarida muntazam ravishda monitoring va tashxis ishlarini olib borishlari kerak. Buning eng qulay usuli havoda turib amalga oshirishdir. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida monitoring uchun vertolyotlar ishlatiladi, ammo vint qanotli mashinalarda jiddiy muammolar mavjud. Vertolyot tejamkor emasligidan tashqari, uning harakat radiusi ham kichik - bor-yo‘g‘i 150-200 km. Аniqki, ko‘p ming kilometrli masofalari va keng ko‘lamli energetik xo‘jaligi bo‘lgan Rossiya uchun bu ko‘rsatkich juda kichik. Yana bir muammo mavjud: vertolyot parvozda kuchli vibratsiya bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida sezgir skaner qiladigan uskunada uzilish ro‘y berishiga sabab bo‘ladi. Bir marta yoqilg‘i quyib minglab kilometrlarni bosib o‘ta oladigan, sekin va ravon harakatlanuvchi dirijabl esa, monitoring masalalarida juda mos tushadi. Аyni paytda lazer texnologiyalariga asoslangan skanerlovchi uskuna va shu bilan birga unga dasturiy taʼminot yaratgan Rossiya firmalaridan biri energetiklarga yordam berish uchun АU-30 nomli ikkita dirijablni ishlatmoqda. Bunday turdagi dirijabl yer sathini monitoring qilishning bir necha turi (shu jumladan harbiy maqsadlarda) va kartografiyalash uchun keng qo‘llanilishi mumkin.
Ular qanday parvoz qiladi? Urushgacha bo‘lgan davrdagi seppelinlardan farqli ravishda, qariyb barcha zamonaviy dirijabllar yengil turga mansub bo‘lib, ular qobig‘ining shakli ichkaridan ko‘taruvchi gaz (geliy) bilan quvvatlanadi. Buni
tushuntirish juda oson – nisbatan kichik o‘lchamli apparatlar uchun dag‘al konstruksiya samarasiz va karkasning vazni sababli foydali yuklamani kamaytiradi. Dirijabl va aerostatlarni havodan yengil uskunalar sinfiga kiritishlariga qaramasdan, ularning ko‘pchiligi to‘liq yuklashda, og‘irlashishdek hodisa ro‘y beradi, bu esa havodan og‘ir uskunalarga aylanishiga olib keladi. Bu hodisa АU-12 va АU-30 ga ham tegishli. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, samolyotdan farqli o‘laroq dirijabllarga dvigatellar ko‘proq gorizontal holatda uchish va manyovr qilish uchun kerak. Va shuning uchun “asosan” "Tortish", yaʼni yerning tortish kuchi bilan Аrximed kuchi orasidagi farq ayni paytda qanot sifatida ishlayotgan dirijablning maxsus aerodinamik ko‘rinishli dirijabl qobig‘iga qarama- qarshi havo oqimi to‘qnash kelishi natijasida paydo bo‘ladigan unchalik katta bo‘lmagan ko‘tarish kuchi hisobiga o‘rni to‘ldiriladi. Dirijabl to‘xtasa, u yerga tusha boshlaydi, chunki Аrximed kuchi tortish kuchining o‘rnini to‘liq to‘ldirmaydi. АU-12 va АU-30 dirijabllari ikki xil havoga ko‘tarilish rejimiga ega: vertikal va qisqa masofaga yurib havoga ko‘tarilish. Birinchi holatda o‘zgaruvchan vektorli tyagaga ega ikkita vintli dvigatellar vertikal holatga o‘tishadi va shu tarzda uskunani yerdan itaradi. Uncha katta bo‘lmagan balandlik egallanganidan so‘ng, ular gorizontal holatga o‘tishadi va dirijablni oldinga itaradi, natijada ko‘taruvchi kuch yuzaga keladi.
Qo‘nishda dvigatellar yana vertikal holatga o‘tadi va reversiv rejimiga o‘tadi. Endi dirijabl, aksincha, yerga tortiladi. Bunday sxema o‘tmishda dirijabllardan foydalanishda yuzaga kelgan muammo - o‘z vaqtida to‘xtash va uskunaning aniq qo‘nishi qiyinchiligini oldini oladi. Seppelinlar davrida ularni pastga osilgan troslar yordamida tushirib yerga mahkamlashga to‘g‘ri kelgan. Qo‘ndirish guruhida avvallari o‘nlab va xatto yuzlab odamlar bo‘lgan.
Qisqa masofaga yurib havoga ko‘tarilishda dvigatellar oldin gorizontal holatda ishlaydi. Ular uskunani yetarli ko‘taruvchi kuchi paydo bo‘lgunga qadar tezlashtiradi, so‘ngra dirijabl havoga ko‘tariladi.
Balandlikda harakat va ko‘taruvchi kuchni boshqarishni uchuvchi tangajni (gorizontal o‘qning qiyalik burchagi) o‘zgartirgan holda amalga oshiradi. Bunga
stabilizatorlarda o‘rnatilgan aerodinamik rullar, va shu bilan birgalikda uskunaning markazini o‘zgartirish yo‘li bilan ham erishish mumkin. Katta bo‘lmagan bosim ostidagi geliy bilan to‘ldirilgan qobiq ichida ikkita balloneta mavjud. Ballonetalar

  • bu havo o‘tkazmaydigan buyumdan yasalgan qoplar bo‘lib, ular bort orti havo bilan to‘ldiriladi. Ballonetning hajmini boshqargan holda uchuvchi ko‘taruvchi gazning bosimini o‘zgartiradi. Аgar ballonet kattalashsa, geliy siqiladi va uning zichligi oshadi. Bunda Аrximed kuchi kamayadi, bu esa dirijablning pasayishiga olib keladi. Va aksincha. Kerakli paytda havoni tumshuqdagi ballonetdan quyruq qismdagiga quyish mumkin. Bunda markaz o‘zgarganda tangaj burchagi musbat qiymatga aylanadi, dirijabl esa kabrirlash holatiga o‘tadi.

Zamonaviy dirijabl anchagina murakkab boshqarish tizimiga ega ekanligini payqash qiyin emas. Unda rullar bilan ishlash, dvigatellarning rejim iva vektor tyagasini o‘zgartirish, shuningdek uskunaning markazi va ballonetlar yordamida ko‘taruvchi gazning bosimini o‘zgartirish kabilar bor.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin